• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Maydondagi millionlar: dunyoning ayni vaqtdagi eng qimmat futbolchilari

    Transfer bozori hech qachon barqaror bo‘lmagan. O‘yinchilarning transfer qiymati tez-tez o‘zgarib turadi. Bu futbolchining muvaffaqiyati, uning jamoadagi roli, qo‘lga kiritgan yutuqlari va ko‘plab boshqa faktorlarga bog‘liq. O‘z navbatida Transfermarkt portali ham muntazam ravishda o‘yinchilarning narxlarini yangilab turadi. Quyida dunyoning eng qimmat (transfer narxi 100 million yevro va undan yuqori) o‘yinchilari haqida hikoya qilinadi.

    Kevin de BryuyneKlubi: “Manchester Siti”Yoshi: 30 daTransfer qiymati: 100 million yevro

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Kevin de Bryuyne doimiy ravishda yuqori saviyani saqlab turibdi. 2018-yilning mayidan 2020-yilning apreligacha futbolchining transfer qiymati 150 million yevroni tashkil qilgan. Bu uning faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkich edi. Hozirgacha belgiyalik futbolchining narxi 50 million yevroga arzonladi, ammo u shunga qaramay yuqori o‘rinlarda bormoqda. May oyidan beri yarim himoyachining hozirgi narxi o‘zgarmay turibdi. Ayni damda u dunyoning va “Manchester Siti”ning eng qimmat futbolchilaridan biri hisoblanadi. Qolaversa, Kevin Premyer Liganing ham eng qimmat besh futbolchisidan biridir. Belgiyalikning ko‘rsatayotgan o‘yini esa uni yana ma’lum muddat ushbu reytingda qoladi deb aytishga asos bo‘la oladi.

    NeymarKlubi: “PSJ”Yoshi: 29 daTransfer qiymati: 100 million yevro

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    So‘nggi paytlarda Neymarning ham transfer narxi sekin-astalik bilan pasayib bormoqda. 2017-yilning oktabridan 2019-yilning dekabrigacha braziliyalik futbolchi 180 million yevroga baholangan edi. Bu uning faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan. O‘shandan beri futbolchi muntazam ravishda, lekin sekinlik bilan narxini “yo‘qotmoqda”. May oyidan keyin esa “PSJ” vingeri yana 10 millionga arzonlashdi, ammo bu uning yuqori pog‘onada qolishiga to‘sqinlik qilmayapti. Ayni damda Neymar eng qimmat braziliyalik futbolchi bo‘lib turibdi. “PSJ” va Liga 1 da Kilian Mbappedan keyingi o‘rinda bormoqda. Vatandoshlari reytingida u eng yaqin ta’qibchisi Markinyosdan sezilarli darajada oldinda, himoyachi 75 million yevroga baholangan.

    Muhammad SalohKlubi: “Liverpul”Yoshi: 29 daTransfer qiymati: 100 million yevro

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Saloh bu ro‘yxatga 10 million yevroga arzonlagan holda kirdi. Ammo keyingi reytingda misrlikning ko‘rsatkichi hozir ko‘rsatayotgan o‘yinidan kelib chiqib, yaxshilanish ehtimoli juda yuqori. Ehtimol, “qizillar” vingeri 2018-yilning mayidan 2020-yilning apreligacha bo‘lgan muddatdagi narxiga ham qaytishi mumkin. O‘shanda futbolchi 150 million yevroga baholangan va bu uning faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkich edi. Ammo hozir ham u eng qimmat misrlik futbolchi, “Liverpul”ning eng qimmat o‘yinchisi, shuningdek, APLning eng qimmat futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, Muhammad Saloh Neymar bilan birga 1992-yilda tug‘ilgan eng qimmat futbolchilar reytingini ham boshqarmoqda.

    Romelu LukakuKlubi: “Chelsi”Yoshi: 28 daTransfer qiymati: 100 million yevro

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Inter”ni tark etgach, Lukaku 10 million yevroga qimmatladi. Ammo belgiyalik strayker aynan milanliklar safidagi o‘yinlari evaziga 100 million yevroga ko‘tarilgandi, bu uning faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Hujumchining avvalgi transfer rekordi 2019-yilning dekabrida o‘rnatilgan edi. O‘shanda futbolchi 90 million yevroga baholangandi. Hozirda Romelu “Chelsi”ning eng qimmat futbolchisi va Premyer Liganing eng qimmat besh futbolchisidan biri sanaladi. Bundan tashqari, Lukaku de Bryuyne bilan birga Belgiya terma jamoasining eng qimmat futbolchilari hisoblanadi. “Chelsi”dagi o‘yinlari uning transfer narxiga qanday ta’sir ko‘rsatishini esa vaqt ko‘rsatadi.

    Jek GrilishKlubi: “Manchester Siti”Yoshi: 26 daTransfer qiymati: 100 million yevro

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Grilishning hozirgi bozor qiymati uning faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Oxirgi yangilanishdan beri “Manchester Siti” vingeri 35 million yevroga qimmatlashgan. Jek hozirda Kevin de Bryuyne bilan birga “Siti”ning eng qimmat futbolchisi va ikkinchi eng qimmat ingliz o‘yinchisi hisoblanadi. U, shuningdek, Premyer Liganing ham eng qimmat besh futbolchisidan biri. Yozda “Manchester Siti” uning transferi uchun “Aston Villa”ga 117 million yevro to‘ladi. Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, “shaharliklar” vinger uchun juda ko‘p pul to‘lab yuborgan. Jek haqiqatan ham yangi klubdagi faoliyatini juda yorqin boshlagani yo‘q, lekin unda hali o‘ziga sarflangan kichkina bo‘lmagan mablag‘ni oqlash uchun yetarli vaqt bor.

    Harri KeynKlubi: “Tottenhem”Yoshi: 28 daTransfer qiymati: 120 million yevro

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Keyn 2020-yilning aprelidan beri joriy bozor qiymatida qolmoqda va shu bois dunyoning eng qimmat uch o‘yinchisidan biri sifatida e’tirof etiladi. 2018-yilning mayidan 2020-yilning apreligacha hujumchi 150 millionga baholangan. Harri “Tottenhem”, Angliya va Premyer Liganing eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Shuningdek, u dunyoning eng qimmat o‘yinchilari ichida 3-o‘rinda qayd etilgan. Keynning mavsum boshidagi unchalik yorqin bo‘lmagan o‘yinini hisobga olinsa, keyingi reytinglarda uning o‘rni “qimirlab” qolishi ham mumkin: Premyer Liganing 10 o‘yinida bittadan gol va assist 120 million yevrolik hujumchi uchun yaxshi natija emasligi haqida bahslashishga hojat yo‘q, shunday emasmi? Ammo kim bilsin, ehtimol, Harri tez orada yana avvalgi (odatdagi) darajasiga qaytar.

    Erling HolandKlubi: “Borussiya D”Yoshi: 21 daTransfer qiymati: 150 million yevro

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Holand doimiy ravishda ham o‘yin borasida, ham transfer qiymati bo‘yicha o‘sib bormoqda. Shu kunga qadar hujumchi 20 million yevroga qimmatlashgan. Futbolchining hozirgi qiymati uning faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Erling ayni damda “Borussiya D”, Bundesliga va Norvegiya terma jamoasining eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, u dunyoning eng yuqori narxli ikki futbolchisidan biridir. Holandni yorqin kelajak kutayotganiga hech kim shubha qilmaydi. Navbatdagi mavsumning asosiy intrigalaridan biri ham yosh, ammo allaqachon yulduz bo‘lib ulgurgan hujumchining faoliyatini qayerda davom ettirishi bo‘lib turibdi. Variantlar talaygina va ularning barchasi top-darajadagi jamoalardan.

    Kilian MbappeKlubi: “PSJ”Yoshi: 22 daTransfer qiymati: 160 million yevro

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Holanddan farqli o‘laroq, Mbappe hamon shu yilning may oyida belgilangan transfer qiymatida qolib kelmoqda. Bundan tashqari, bu uning eng yuqori ko‘rsatkichi emasligini ham qo‘shimcha qilish kerak. 2018-yilning dekabridan 2020-yilning apreligacha hujumchi 200 million yevroga baholangandi. 40 million yo‘qotganiga qaramay Kilian hozirda “PSJ”, Liga 1 va Fransiya terma jamoasining eng qimmat futbolchisi, dunyoning eng qimmat markaziy hujumchisi va shunga mos ravishda sayyoraning eng qimmat o‘yinchisi hisoblanadi. Mbappe ushbu yuqori reytingda birinchi bo‘lib turgan bo‘lsa-da, Holand timsolida jiddiy raqobatchi bilan bahs olib borishi kerak. Ko‘pgina mutaxassislarning fikriga ko‘ra, aynan bu yigitlar Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi davridan keyin uzoq yillar “Oltin to‘p” uchun kurashda bir-biriga asosiy raqib bo‘ladi. Buning qanchalik haqiqat ekani keyinchalik ma’lum bo‘ladi. Hozircha esa hamma narsa shunga ishora qilmoqda.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    29.11.2021, 23:44   Izoh (0)   50378
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rasman: Ralf Rangnik — “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi

    29.11.2021, 17:29

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiya va Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

    29.11.2021, 12:49

    Vazifasidan ozod etilgan “Turon” prezidenti, bugun o‘z egasini topadigan “Oltin to‘p” va safga qaytgan Ramos. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    29.11.2021, 08:49

    La Liga. “Real” so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga “Sevilya”ni yengdi, “Atletiko”da yirik hisobdagi g‘alaba

    29.11.2021, 06:26

    A Seriya. Eldor Shomurodovsiz “Roma” Turin klubini yengdi, “Milan” kutilmagan mag‘lubiyatni qabul qilib oldi

    29.11.2021, 00:11

    APL. “Manchester Yunayted” safarda “Chelsi”dan ochko tortib oldi

    28.11.2021, 23:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.