Toshkent shahrida 28-noyabr kuni “Salomatlik sari 5000 qadam” yarim marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalarda transport vositalarining harakati 08:00 dan 14:00 gacha cheklanadi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni Oybek va Afrosiyob ko‘chalarida 3,5 kilometr masofada marafon o‘tkaziladi. Shu sabab Oybek va Afrosiyob ko‘chalari Nukus ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha cheklanadi. Afrosiyob ko‘chasi Beshyog‘och chorrahasi Olmazor—Islom Karimov chorrahasigacha, shuningdek, Sharof Rashidov, Shota Rustaveli va Mirobod ko‘chalari kesishgan joygacha cheklanadi.
Izoh (0)