So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Kino

    Kliplardagi obrazlari bilan el nazariga tushgan o‘zbek aktyor va aktrisalari (video)

    25.11.2021, 17:21 153927

    Hozirgi kunda o‘zbek kinosida o‘z o‘rniga ega aktyor va aktrisalarning ko‘pchiligi bosh qahramon obraziga taklif etilishidan avval kichik rolik va kliplarda suratga tushgan. Eng qizig‘i, ba’zi kichik rollar ham aktyorlarga kutilmagan omad  keltirgan.

    Feruza Sobitova “Bolalagim”

    Feruza Sobitova Shohrux reperning “Bolalagim” klipi orqali tanilgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu fikrni aktrisaning o‘zi ham bir nechta intervyularida tasdiqlagan. Aktrisa klipdan avval “Sohibqiron Amir Temur”, “Suratdagi sir” va “Qaydasan, muhabbat” filmlarida suratga tushgan. Ammo uni tomoshabinlarga klipdagi salbiy roli yaqinroq tanishtirgan. Klip 2006-yili suratga olingan.

    Muqaddas Sa’dullayeva “Yor-yor”

    Muqaddas Sa’dullayeva asli mutaxassisligi bo‘yicha aktrisa emas. Shu bois faoliyatining ilk bosqichlarida filmlarda suratga tushmagan. Uni xalqqa xonanda G‘ayrat Usmonovning “Yor-yor” klipi  tanitgan desak, xato bo‘lmaydi. Klipdan so‘ng aktrisa 2012-yilda “Salom sevgi, xayr sevgi” filmida debyut rolini ijro etgan.

    Sitora Alimjonova “Sog‘inib”

    Aktrisa Sitora Alimjonova Ulug‘bek Rahmatullayevning “Sog‘inib” klipida suratga tushgach, tomoshabinlar e’tiborini qozongan. Undan avval u 2012-yilda “Koreyalik kelin” filmida suratga tushgandi. Ammo klipdagi ishtiroki unga omad keltirgan.

    Madina Fayziyeva “Jumagul”

    Jasur Umirovning “Jumagul” klipida suratga tushgan Madina Fayziyeva qator filmlarda asosiy rollarni ijro etgan bo‘lishiga qaramay, hamon uni tomoshabinlar Jumagul deb bilishadi. Klipdagi ishtiroki unga ancha omadli kelgan va xalq orasida Jumagul nomi bilan tanilgan.

    Sug‘diyona Azimova  “Layloyimsan”

    Sug‘diyona Azimova 2011-yil suratga olingan “Enagalar” filmida suratga tushgan. Undan keyin ham qator filmlarda rollar ijro etgan, ammo natijalar kutilganidek bo‘lmagan. Ulug‘bek Rahmatullayevning “Layloyimsan” klipidagi ishtirokidan so‘ng xalq uni yaqindan taniy boshlagan. Albatta, bunga qo‘shiqning xalq orasida mashhurlikka erishgani ham sabab bo‘lgan.

    Shahlo Temirova “Aldoqchi”

    Aktrisa Shahlo Temirova teatr va kino aktrisasi bo‘lsa-da, uni xalqqa tanitgan xonanda Bunyodbek Saidovning “Aldoqchi” klipidagi ishtiroki bo‘lgan. Mazkur qo‘shiq ommalashgani va aktrisaning klipdagi professional ijrosi klipning xalq e’tiboriga tushishiga sabab bo‘lgan.

    Rayhon Asadova “Baxtingni top”

    Keyingi paytlarda tarixiy filmlarda asosiy rollarni ijro etayotgan aktrisa Rayhon Asadova ham ilk rollarini kliplarda ijro etgan. U Sardor Toirovning “Hasrat”, “Sevmasam” va “Baxtingni top” kliplaridagi rollari bilan tomoshabinlar e’tiboriga tushgan.

    Yigitali Mamajonov “Jonim sog‘indim”

    Aktyor Yigitali Mamajonov filmlarda suratga tushishdan avval kaskadyor sifatida faoliyat yuritgan. Yigitalini Lolaning “Jonim sog‘indim” klipidagi obrazi elga tanitgan. Keyinchalik Lola “Sog‘indim” deb nomlangan klipni ham suratga oldirgan. Undan so‘ng Yigitali  “Yozsiz yil” va “Onaginamning orzusi” filmlariga taklif etilgan.

    Yulduz Rajabova “Omadim kelmadi”

    Aktrisa Yulduz Rajabova ilk rolini 2013-yilda “Hazon” filmida ijro etgan. Talaba qizning natijalari u qadar yomon bo‘lmagan, ammo kliplardagi ishtiroki uni xalqqa yanada yaqindan tanitgan. U 2013-yilda Ulug‘bek Rahmatullayevning “Omadim kelmadi”  qo‘shig‘iga ishlangan klipda suratga tushgan. Klip tomoshabinlar tomonidan iliq qarshi olingan va aktrisaga omad keltirgan. Undan so‘ng Sayyora Qoziyevaning “Yomg‘irlar”, Sardor Mamadaliyevning “Dil yarasi”, Mahmud Namozovning “Ko‘za afsonasi” va Sardor Rahimxonning “Bibixonim” klipidagi ishtiroki ham Yulduzning xalq orasida tanilishiga o‘z hissasini qo‘shgan.

      Mavzuga doir:

    • Sardor Rahimxon klipi orqali tanilgan, Rafet El Romanning nazariga tushgan Faridam: Xonanda hozir qayerda va nega san’at yo‘lidan ketishni istamadi? (foto)
    • Bitta klipidan 40 000 dollar daromad olgan xonanda kim? YouTube’da eng ko‘p tomosha qilingan o‘zbek kliplari (video)
    • Bittagina klip uchun butun boshli mashinaning puli. O‘zbekistonlik xonandalar 3-4 daqiqalik video uchun qancha xarajat qiladi?

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NATO Qrim yaqinida parvozlar sonini uch baravarga oshirdi

    Bugun, 12:57

    InfinBANK’dan foizsiz kredit: ertakmi yo haqiqat?

    Bugun, 12:00
    Reklama

    Insulinga rezistentlik belgilari: ular e’tiborsiz qoldirilganida qandli diabet yuzaga kelishi mumkin

    Bugun, 12:57

    Mudofaa vaziri Toshkentda AQSH Markaziy qo‘mondonligi rahbari bilan uchrashdi

    Bugun, 12:54

    Latviyada mashinasiga “men rusman” stikerlarini yopishtirgan haydovchilar jarimaga tortilishi mumkin

    Bugun, 12:35

    Qirg‘izistonning un va bug‘doy eksportini taqiqlashi O‘zbekiston bozoriga hech qanday taʼsir ko‘rsatmaydi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Bugun, 12:34

    O‘z hududingizda qoling: shaharning ko‘plab qulayliklari bitta kompleksga qanday joylashdi

    Bugun, 10:41
    Reklama

    Dunyo mamlakatlari 2025-yilga borib kiberjinoyatlardan 10,5 trln dollar zarar ko‘rishi mumkin

    Bugun, 12:19

    Uill Smit 55 yoshni qarshi oldi: Gollivud yulduzi ishtirokidagi eng yaxshi filmlar

    Bugun, 11:44

    FAO O‘zbekistonda chigirtkaga qarshi kurashish uchun 8 ta Toyota Hilux topshirdi

    Bugun, 11:30

    Toshkentda ilk “garmoshka”li elektrobus qatnay boshlaydi

    Bugun, 11:13

    Tavsiya etamiz

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

    16:00 / 25.09.2023

    “Men boylik uchun turk yigitiga turmushga chiqmaganman” — “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza bugungi hayoti va ijodni nega tark etgani haqida (video)

    21:00 / 25.09.2023

    Maktab sinfxonasida doskani urib tushirgan o‘quvchi voqeasiga aniqlik kiritildi

    15:00 / 25.09.2023

    Putin Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun Shoyguga muhlat berdi — ISW

    20:00 / 25.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?