• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Intiho. Buyuk Usmonlilar sultonligi va xalifaligining tarix sahifasidan o‘chirilishi

    Bundan deyarli yuz yil oldin Turkiya Buyuk Millat Majlisi sultonlik va xalifalikni ajratish (usmonli sultonlari sulton Salim I davridan boshlab musulmon olami xalifasi ham hisoblangan) hamda davlatda sultonlik tuzumini tugatish haqida qaror qabul qiladi. Oradan bir yil o‘tib, 1923-yil 29-oktabrda mamlakat respublika deb e’lon qilinadi. Shu tariqa olti asrdan ko‘proq hukmronlik qilgan, dunyoning uch qit’asida mulklarga ega bo‘lgan qudratli Usmonlilar sultonligiga xotima beriladi. Xo‘sh, buyuk usmonlilar sulolasi qay tarzda va nima uchun tugatilgan edi?

    Yemirilish

    XIX asr oxiri XX asr boshlariga kelib Usmonli saltanati Yevropaning “kasal odami”ga aylanadi. Sultonlik chuqur iqtisodiy tanglik davriga kirgan bo‘lib, hatto 1879-yili Turkiya o‘zini rasman bankrot deb ham e’lon qiladi. Moliyaviy muammolarga milliy-etnik nizolar ham qo‘shiladi. Asrlar davomida imperiya tarkibida yashagan turli xalqlar mamlakatda islohotlar o‘tkazilishini, ularning ham huquqlari tiklanishini talab qila boshlaydi.

    Sultonlikdagi og‘ir vaziyat zamonaviy islohotlar o‘tkazish kerakligini talab qilardi. Tez orada Turkiya siyosiy sahnasiga g‘arb demokratiyasi va madaniyatini o‘zlashtirgan “yosh usmonlilar” kirib keladi. “Yosh usmonlilar” aholiga demokratik erkinliklar berish, dehqonlarga o‘z yerlariga ega bo‘lish, milliy ozchiliklarga avtonom huquqlar berish va sulton hokimiyatini konstitutsiya bilan cheklash kabi va’dalarni beradi. Natijada ular omma tomonidan katta quvvatlovga erishadi.

    “Yosh usmonlilar” bilan hamkorlik qilgan Midhat posho 1876-yilda davlat to‘ntarishi o‘tkazadi, hamda sulton Abdulaziz o‘rniga taxtga Abdulhamid II o‘tqaziladi. Shu yili yangi sulton davlatda konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatgan konstitutsiya loyihasiga imzo qo‘yadi. Biroq hokimiyatga kelgach, Abdulhamid II  monarxiyaga sodiq kuchlar yordamida Midhat poshoni lavozimidan chetlatadi hamda “yosh usmonlilar”ga qarshi qatag‘on boshlaydi. Parlament tarqatib yuborilib, mamlakatda monarxiya tuzumi qayta tiklanadi.

    “Yosh usmonlilar” inqilobi davrida Sulton Ahmad maydonidagi namoyish. 1876-yil

    “Yosh usmonlilar” inqilobi davrida Sulton Ahmad maydonidagi namoyish. 1876-yil
    Foto: Wikipedia

    Biroq Abdulhamid II ham har qancha urinmasin, Usmonli qudratini saqlab qola olmaydi. 1877–1878-yillarda bo‘lib o‘tgan rus–turk urushi natijasida Turkiya Bolqondagi katta hududlaridan ayriladi. 1881-yil Fransiya Tunisni, oradan bir yil o‘tib esa Buyuk Britaniya Misrni Usmonlilardan tortib oladi. Katta davlatlar Turkiya ichki ishlariga faol aralashib, sultonni teng bo‘lmagan yangi shartnomalar imzolashga majbur qiladi. Mamlakatda milliy va diniy nizolar kuchayib boradi.

    “Yosh usmonlilar” vorisi sifatida ish boshlagan “yosh turklar” saltanatni isloh qilishga qaror qiladi. “Yosh turklar” harakatida yosh zobitlardan iborat qanot tashkil topadi. Qanotga Mahmud Tal’at va Anvar posho yetakchilik qiladi. Harakatning asosiy rahbari Abdulla Javdat Qorlidog‘ edi, ammo u siyosatga aralashmaydi.

    1908-yili yosh zobitlarga tayangan “yosh turklar” qo‘zg‘olon ko‘taradi. Bu qo‘zg‘olon sulton Abdulhamid II ni 1876-yilda o‘zi bekor qilgan konstitutsiyani tiklashga va parlament chaqirishga majbur qiladi. 1909-yili sulton tarafdorlari aksilinqilobiy to‘ntarish uyushtirishga harakat qiladi, biroq urinish muvaffaqiyatsiz tugab, Abdulhamid II taxtdan tushiriladi. Uning o‘rniga Mahmud V Rishod o‘tqaziladi, amalda esa hokimiyat “yosh turklar”ning “Birlik va taraqqiyot” partiyasi qo‘liga o‘tadi.

    Birinchi Bolqon urushiga qadar Bolqondagi Usmonlilar hududi

    Birinchi Bolqon urushiga qadar Bolqondagi Usmonlilar hududi
    Foto: “Daryo” / Muhammadqodir Sobirov

    Hokimiyatga kelgan “yosh turklar” tez orada ularni qo‘llab-quvvatlagan imperiya xalqlariga bergan va’dalarini unutadi va mamlakatda yanada qattiq tuzum o‘rnatadi. Natijada butun saltanatni ozodlik kurashlari qamrab oladi.

    Ketma-ket mag‘lubiyatlar

    “Yosh turklar”ning chala islohotlari saltanat qudratini tiklay olmaydi. 1911-yili Italiya Turkiyaga hujum qiladi va sultonlikning Afrikadagi so‘nggi hududlari — Tripolitaniya va Krenaikani bosib oladi. Shuningdek, O‘rta Yer dengizidagi Dodekanes orollari ham Italiya qo‘liga o‘tadi.

    1912–1913-yillarda bo‘lib o‘tgan Bolqon urushi esa Usmonlilar quyoshining botayotganini yanada yaqqol ko‘rsatadi. Qattiq zarbaga uchragan Usmonli imperiyasining Yevropa qismida faqatgina sharqiy Frakiya va Edirna qoladi. Shu bilan asrlar davomida sultonlarning katta kurashlari natijasida qo‘lga kiritilgan Bolqon yarimoroli Turkiya tarkibidan ajralib ketadi. “Yosh turklar”ning tashqi siyosatdagi bunday mag‘lubiyatlari mamlakat ichidagi shundoq ham keskin vaziyatni og‘irlashtiradi. Usmonli saltanati tobora yemirilib bormoqda edi, tinimsiz urushlar uni ancha zaiflashtirib qo‘yadi. Urushlardan tashqari, og‘ir iqtisodiy vaziyat, sanoat ishlab chiqarishining rivojlanmaganligi Turkiyani qoloq davlatga aylantirib qo‘yadi.

    Birinchi Bolqon urushida so‘ng Bolqondagi chegaralarning o‘zgarishi

    Birinchi Bolqon urushida so‘ng Bolqondagi chegaralarning o‘zgarishi
    Foto: “Daryo” / Muhammadqodir Sobirov

    Birinchi jahon urushi

    Armiyani isloh qilishga intilgan “yosh turklar” qo‘shin modernizatsiyasi uchun nemis mutaxassislarini chaqiradi. Turkiya va Germaniya munosabatlari ancha yaxshi rivojlanib, nemislar usmonlilarning yaqin ittifoqchisiga aylanadi. Urush xavfi tobora yaqinlashib kelar ekan, Germaniya Turkiyani o‘z tarafida urushga tortishga ko‘proq harakat qila boshlaydi. Ammo ichki muammolar girdobida qolgan Turkiya uchun urushga kirish haqiqiy halokatga olib kelishi mumkin edi. Ko‘plab amaldorlar ham bunga qarshi chiqadi, ammo “yosh turklar”ning hukumatni boshqaruvchi uchlik a’zosi, Anvar posho urushga kirishga qat’iy qaror qiladi. Shunday qilib, 1914-yil 30-oktabrda Turkiya Germaniya tarafidan urushga kiradi.

    Tez orada usmonli qo‘shini bir necha og‘ir zarbalarni qabul qiladi. Birinchi jahon urushida “Uchlar ittifoqi” mag‘lubiyatga uchraydi, va tabiiyki, Turkiya ham mag‘lublar qatorida edi. Bu mag‘lubiyat Usmonli saltanati kelajagini uzil-kesil belgilab berdi.

    Parchalanish

    “Yosh turklar” yuritgan kaltabin siyosat oxir-oqibat davlat va millatni halokat yoqasiga olib keladi. Birinchi jahon urushidan so‘ng, 1920-yilda imzolangan Sevr shartnomasiga binoan Usmonli imperiyasi o‘z hududining juda katta qismidan ayriladi.

    Fransiya Livan va Suriya ustidan mandatni qo‘lga kiritadi. Iroq va Falastin Buyuk Britaniya nazorati ostiga o‘tadi. Falastin ikki qismga bo‘linib, uning g‘arbiy qismida Britaniya himoyasi ostida yahudiylar davlati tashkil etiladi. Hijoz (Yaman) mustaqil davlat deb e’lon qilinadi. Kipr oroli va Arabiston yarimoroli ham Britaniya ta’sir doirasiga kiritiladi.

    Sevr shartnomasiga ko‘ra, Turkiya armiyasi 50 ming kishidan oshmasligi belgilanadi. Turkiyaning Yevropa qismi: Sharqiy Frakiya va Edirna Gretsiyaga beriladi. Gretsiyaga, shuningdek, Kichik Osiyodagi yerlar, Smirna(Izmir) ham berib yuboriladi.

    Sevr shartnomasiga ko‘ra Usmonli imperiyasi hududining bo‘lib olinishi

    Sevr shartnomasiga ko‘ra Usmonli imperiyasi hududining bo‘lib olinishi
    Foto: “Daryo” / Muhammadqodir Sobirov

    Istanbul va Qora dengiz bo‘g‘ozlari hududi Usmonli nazoratidan olinib, xalqaro hudud deb e’lon qilinadi. Turkiya Armaniston davlati mustaqilligini tan olishi, shuningdek, shimoli-sharqiy hududlarni Armanistonga berishi kerak edi. Shartnomada mustaqil Kurdiston davlatini tashkil etish haqida ham qaror qabul qilinadi.

    Mustafo Kamol Otaturk

    Hali Sevr shartnomasi tuzilmasidanoq, Turkiya hududida ittifoqchilar qo‘shini joylashib bo‘lgan edi. 1919-yilda ularning soni yuz mingdan oshib ketadi.

    1919-yil 15-mayda Gretsiya Kichik Osiyoga qo‘shin tushiradi va Smirna(Izmir)ni egallaydi. Natijada butun Turkiya bo‘ylab bosqinchilarga qarshi partizanlik kurashlari boshlanadi. Bu kurashga general Mustafo Kamol poshsho boshchilik qiladi. Istanbuldan Anqaraga ko‘chib o‘tgan general barcha partizanlik otryadlarini birlashtiradi. Sharqiy viloyatlardagi qo‘shinlardan yangi “ozodlik armiyasi” tuziladi.

    1920-yilda yangi saylangan Turkiya parlamenti — Buyuk Millat Majlisi Turkiya mustaqilligini e’lon qiladi va Sevr shartnomasini tasdiqlashdan bosh tortadi. Ammo bu Istanbul va sultonni o‘z ta’sirida ushlab turgan Buyuk Britaniyaga yoqmaydi. Shundan so‘ng Buyuk Millat Majlisi Buyuk Britaniya ta’siri ostidagi Istanbuldan Mustafo Kamol poshsho qo‘shinlari joylashgan Anqaraga ko‘chadi. Natijada mamlakatda ikkita hukumat paydo bo‘ladi.

    Buyuk davlatlarga qarshi bir o‘zi bas kela olmasligini yaxshi bilgan Mustafo Kamol poshsho SSSR bilan aloqalarni rivojlantiradi. Sovet davlati kamolchilarni harbiy mutaxassis va zamonaviy qurollar ta’minlaydi.

    Mustafo Kamol Otaturk

    Mustafo Kamol Otaturk
    Foto: Pinterest

    Tez orada Turkiya milliy ozodlik urushida Mustafo Kamol poshsho boshchiligidagi milliy ozodlik armiyasi g‘alabalarga erisha boshlaydi. Turk xalqi mamlakatni halokat yoqasidan saqlab qolgan generalni “Otaturk” (barcha turklar otasi) deb ataydi. Darhaqiqat, Mustafo Kamol Otaturk boshliq turk vatanparvarlari deyarli imkonsiz bo‘lgan vaziyatda Turkiyani mag‘lubiyat va parchalanishdan saqlab qoladi. O‘lkadan bosqinchilarni haydab chiqarib, hozirgi Turkiya chegaralarini o‘rnatadi.

    Intiho. Olti asrlik hukmronlikning tugatilishi

    Anqarada yangi hukumat tuzilgach, ular sulton hokimiyatini inkor etadi hamda sulton buyruqlari kuchga emas, deb e’lon qiladi. Bunga javoban Buyuk Britaniya qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylanib qolgan sulton Mahmud VI Mustafo Kamol Otaturkni sirtdan o‘lim jazosiga hukm qiladi.

    Sulton 1920-yilda sharmandali Sevr shartnomasiga imzo chekadi hamda Buyuk Britaniya ko‘magida “xalifalik qo‘shini” tuzadi. Bu qo‘shin Mustafo Kamol Otaturk hukumatini yo‘q qilishi kerak edi. Ammo “ozodlik armiyasi” bilan to‘qnashuvda “xalifalik qo‘shini” mag‘lubiyatga uchraydi va ko‘pchilik askarlar Mustafo Kamol Otaturk tomoniga o‘tib ketadi.

    Gretsiya bilan urushda deyarli g‘alabani naqd qilgan “ozodlik armiyasi” Istanbulga yaqinlashadi. 1922-yilning 1-noyabrida Buyuk Millat Majlisi sultonlik va xalifalikni ajratish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Parlament qarori bilan mamlakatda sultonlik tugatiladi. Shu tariqa 1299-yilda asos solingan, dunyoning uch qit’asida hukmronlik qilgan qudratli Usmoniylar davlati tarix sahnasidan ketadi.

    So‘nggi sulton Mahmud VI Vohididdinning saroyni tark etishi

    So‘nggi sulton Mahmud VI Vohididdinning saroyni tark etishi
    Foto: Wikipedia

    So‘nggi sulton (bu paytda u faqat xalifa edi) Mahmud VI 17-noyabrda Buyuk Britaniyaning “Malaya” kemasida Maltaga jo‘nab ketadi. Keyingi kuni Buyuk Millat Majlisi Mahmud VI ni xalifa unvonidan ham mahrum qiladi va shu bilan xalifalik ham o‘z poyoniga yetadi.

    1923-yil 29-oktabrda Turkiya respublika deb e’lon qilinadi. Lozanna shartnomasiga muvofiq, barcha xorijiy kuchlar Turkiyani tark etadi. Turkiya ozodlik urushi qahramoni, zamonaviy Turkiya chegaralarini barpo qilgan Mustafo Kamol Otaturk respublikaning birinchi prezidenti etib saylanadi.

    25.11.2021, 18:05   Izoh (0)   131903
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.