• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish zamon talabi

    So‘nggi yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni isloh qilishda o‘sish kuzatilmoqda. Nisbatan qisqa davr ichida tarkibiy cheklovlarni bartaraf etish, shuningdek, davlatni bosqichma-bosqich iqtisodiyotdan chiqarishga qaratilgan islohotlar bo‘yicha ma’lum natijalarga erishildi.

    Biroq respublikaning iqtisodiy o‘sishi qator, xususan, neft va gaz sohasi bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ma’lumki, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekiston aholisi 35 millionlik “dovondan oshdi”. Aholi soni o‘sishiga mos ravishda biznes ham rivojlanmoqda, yangi ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirilmoqda. Bularning barchasi turli tovarlar, jumladan, strategik spektr tovarlariga bo‘lgan ehtiyoj ortishiga olib kelmoqda.

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tahlillariga ko‘ra, tahlil qilinayotgan davrda O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasidagi bitimlar hajmi 61,8 foizga oshgan. Mineral o‘g‘itlar, paxta tolasi, dizel, sement, benzin, katod misi, qora metallar va boshqa tovarlarni sotish hajmi ortgan. Talabning ortishi nafaqat aholi soni oshishi, balki turli biznes turlarining global miqyosda rivojlanishi, yangi ishlab chiqarish korxonalari ochilishi va boshqa qator omillarga bog‘liq.

    Argus nashri ma’lumotlariga ko‘ra, oktabr oyida O‘zbekiston joriy yilning sentabr oyiga qaraganda Qozog‘istondan neft import qilish hajmini oshirgan. Bozor ishtirokchilarining fikriga ko‘ra, bu Farg‘ona va Buxorodagi ishlab chiqarish quvvatlarini ta’minlash uchun xomashyo taqchilligi bilan bog‘liq. O‘tgan oyda Qozog‘istondan “qora oltin” importi 16 ming tonnani tashkil etdi, sentabr oyida esa bu ko‘rsatkich 12 ming tonnani tashkil qilgan edi.

    Ekspertlarning qayd etishicha, O‘zbekiston tomonidan Qozog‘iston nefti unchalik ko‘p miqdorda import qilinmagan, chunki qayta ishlash uchun Turkmaniston kondensati, Rossiyadan esa oltingugurtli gazoyli ham kirib keladi.

    Neft mahsulotlari importi ishlab chiqarish qimmatlashishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning boshidan buyon Ai-80 markali benzin uchun haftalik kotirovka 63,2 foizga, ya’ni bir tonna uchun 5 700,2 ming so‘mdan 9 302,8 ming so‘mga oshgan. Mazkur markali benzinning salmoqli qismi yoki 84 foizi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hissasiga to‘g‘ri keladi.

    Yil boshidan 12-noyabrgacha bo‘lgan davrda mazkur markali benzinning boshlang‘ich narxi o‘rta hisobda 70 foizga oshib, bir tonna uchun 10 005 ming so‘mni tashkil qildi.

    O‘tkazilgan ochiq birja savdolari natijasida, boshlang‘ich va birja narxi o‘rtasidagi farq o‘rta hisobda 1 foizdan oshmadi. Boshqacha qilib aytganda, birja savdolari davomida benzin deyarli o‘z boshlang‘ich bahosida sotilgan.

    “Shu bilan birga dunyo birjalarida ham narx-navo oshishi kuzatilmoqda. Masalan, joriy yilda Brent markali neftning dunyo bo‘yicha narxi o‘rtacha 60—70 foizga oshdi”, deyiladi O‘zRTXB saytida.

    Energiya resurslariga bo‘lgan talabni qondirish, shuningdek, import hajmini qisqartirish uchun energiya tashuvchilarni qazib olish va yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi aksariyat korxonalarni tubdan isloh va modernizatsiya qilish zarur.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-dekabrdagi 1002-sonli hukumat qaroriga muvofiq, “Sanoat energetika guruhi” MChJ XK (ilgari “Jizzakh Petroleum” MChJ QX) taqdim etilgan 105 ta kon negizida O‘zbekiston Respublikasida neft qazib olishni oshirish dasturi operatori etib tayinlangan bo‘lib, shu konlardan 63 tasi ishlash, 42 tasi esa konservatsiya jarayonida. Mazkur konlardan qazib olinayotgan neft to‘liq hajmda Farg‘ona NQIZda qayta ishlanishi ko‘zda tutilgan.

    Taqdim etilgan neft konlari qazib olish qiyin bo‘lgan konlar hisoblanib, ularning aksariyati qazib olishning so‘nggi bosqichida. Infratuzilmaning ko‘plab obyektlari neft va gaz qazib olishni ta’minlash uchun salmoqli darajada eskirgan (90—100 foiz) va keng miqyosdagi rekonstruksiya va qurilish ishlariga muhtoj.

    Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi 67-sonli “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi quvvatlaridan samarali foydalanish va zavodni modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “Sanoat energetika guruhi” MChJ XK “Farg‘ona NQIZ” MChJning ishonchli boshqaruviga o‘tkazilgan .

    Farg‘ona NQIZ (FNQIZ) 1959-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, uning so‘nggi modernizatsiyasi 1997-yilda amalga oshirilgan. Shu davrda zamonaviy hisoblangan dizel yoqilg‘isini gidrodesulfurizatsiyasi qurilmasi ishga tushirilgan. Biroq qariyb chorak asr vaqt o‘tib, uskun ma’nan eskirib, korxona modernizatsiya qilishga kuchli ehtiyoj sezardi.

    FNQIZni modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar doirasida “Sanoat energetika guruhi” mutaxassislari tomonidan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari (TIA) ishlab chiqildi.

    KPMG konsalting kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan texnik audit natijalariga ko‘ra, 39 ta texnologik qurilmadan 16 tasi ma’nan va jismonan eskirgan deb topilib, ishlab chiqarishdan olib tashlashga tavsiya etildi.

    Mazkur shart-sharoitlarga qaramay, “Sanoat energetika guruhi” MChJ XK tomonidan FNQIZ bilan hamkorlikda xalq iste’moli tovarlari, jumladan, avtobenzinni barqaror ishlab chiqarish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Ishonchli boshqaruvga o‘tkazishdan avval Farg‘ona NQIZda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan yetkazib berilayotgan neft va gaz kondensati qayta ishlangan. FNQIZ ishonchli boshqaruvga o‘tkazilgach, 2020-yil aprel oyidan gaz kondensat Buxoro NQIZga yetkazib berila boshlandi. Bu o‘tgan yili Farg‘ona NQIZda avtobenzin ishlab chiqarish hajmi sezilarli qisqarishiga va bir vaqtning o‘zida Buxoro NQIZda mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshishiga xizmat qildi.

    Amalga oshirilgan chora-tadbirlar joriy yilda qazib olinayotgan neft bilan bir qatorda mahalliy va import qilinayotgan gaz kondensat yetkazib berish manzilini FNQIZga yo‘naltirishni ta’minlash imkonini berdi.

    FNQIZ uchun TIA doirasida to‘rtta yangi (vakuumli distillyatlar va deasfaltizat gidrokreking qurilmasi, yengil nafta izomerizatsiyasi, vodorod ishlab chiqarish, qisqa siklli adsorbsiya — QSA) texnologik uskunalar qurish va o‘nta mavjudini rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.

    Loyihaning amalga oshirilishi quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:

    • yiliga 2 million tonna uglevodorod xomashyosini qayta ishlash;
    • Ai-92 va undan yuqori markali avtomobil benzinlari, shuningdek, Yevro-5 standarti talablariga javob beruvchi dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish;
    • xalqaro talablar va sifat standartlariga javob beruvchi API bo‘yicha II+/III guruhiga kiruvchi tayanch va tovar moylari ishlab chiqarish;
    • gidrokreking uskunasidan kerosin komponentini jalb qilgan holda va mintaqadagi neft va gaz kondensatlarining istalgan turini jalb qilish mumkin bo‘lgan TS-1 va Djet A-1 aviatsiya yoqilg‘ilari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
    • xomashyoni qayta ishlash chuqurligini oshirish — kamida 92 foiz.
    Joriy yilda FNQIZ GDS dizel yoqilg‘isini gidrotozalash uskunasidagi eski katalizatorni zamonaviysiga almashtirish hisobiga Yevro-4, 5 sinfiga kiruvchi tovar dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi.

    Joriy yilning 17-noyabr holatiga ko‘ra, Farg‘ona NQIZda 199 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarilgan bo‘lib, ulardan 175 ming tonnasi birja savdolariga qo‘yilgan. Avtobenzinni birja savdolariga qo‘yishning qizg‘in pallasi 34 ming tonna ko‘rsatkich bilan joriy yilning fevral oyiga to‘g‘ri kelmoqda. Avtobenzinning birja savdolari orqali sotilmagan hajmi “Sanoat energetika guruhi” MChJ XQ tomonidan forvard shartnomalar bo‘yicha mahalliy iste’molchilarga sotilgan.

    Bugungi kunda “Sanoat energetika guruhi” MChJ XK va Farg‘ona NQIZ tomonidan har kuni ishlab chiqarilayotgan benzinning hammasi to‘liq hajmda — kamida 670 tonna birja savdolariga qo‘yilmoqda.

    Farg‘ona NQIZ modernizatsiyasi davom ettirilmoqda va 2027-yilgacha mo‘ljallangan rekonstruksiya natijasida zavod neftni qayta ishlash kompleksiga aylantiriladi. Innovatsion texnologik uskunalar qurilishi neft mahsulotlarining yangi turlari va polimerlar (olefinlar) ishlab chiqarish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi aholisi va biznes vakillarining sifatli mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash imkonini beradi.

    Reklama huquqi asosida.

    23.11.2021, 15:00   Izoh (0)   27811
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yangi yil oziq-ovqat yarmarkasi: ishtirokchilar uchun joylar soni kun sayin kamayib bormoqda

    23.11.2021, 12:00

    OKMK tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etadi

    23.11.2021, 10:30

    Dream City: Tayyor turar joy majmuasidagi xonadonlarni 18 oylik muddatli to‘lovga xarid qiling

    23.11.2021, 09:00

    Payme Visa — komissiyasiz onlayn xarid

    22.11.2021, 18:00

    XDP fraksiyasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining hisobotini tinglash tashabbusi bilan chiqdi

    22.11.2021, 15:00

    Dream City: Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazidan biznesingiz uchun nufuzli joylar egasiga aylaning

    22.11.2021, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreyada suv toshqinlari va ko‘chkilar sabab halok bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 21:10

    “Real” navbatdagi shov-shuvli transferni amalga oshirishi mumkin

    Sport | 20 iyul, 20:55

    Isroil bosh vaziri ovqatdan zaharlandi

    Dunyo | 20 iyul, 20:40

    Eronliklarga tanqislik sabab suvdan kamroq foydalanish buyurildi

    Dunyo | 20 iyul, 20:15

    Tramp Eronga yangi zarbalar bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 19:50

    Isroil G‘azo markazidagi tinch aholini evakuatsiya qilishni boshladi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:25

    Gongkongga Vifa to‘foni yopirildi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:05

    Yevropa Ittifoqi davlatlariga kirish narxi 3 baravar oshishi mumkin

    Dunyo | 20 iyul, 18:30

    Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasining eng tezkor futbolchilaridan biriga aylandi

    Sport | 20 iyul, 17:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.