• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Turkmanistonda COVID-19 yo‘q deb aytgan Gurbanguli Berdimuhamedov pandemiyani siyosiylashtirmaslikka chaqirdi

    Turkmaniston prezident Gurbanguli Berdimuhamedov 18-noyabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seulda bo‘lib o‘tgan Shimoliy Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Xalqaro forumda videoaloqa orqali ishtirok etdi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar berdi.

    Foto: “Xronika Turkmenistana”

    Foto: “Xronika Turkmenistana”

    “Turkmaniston Forumga Yevrosiyodagi iqtisodiy hamkorlikning strategik vektorlarini muhokama qilish va rivojlantirish uchun muhim xalqaro platforma, shuningdek, Koreya bilan ikki va ko‘p tomonlama formatdagi o‘zaro manfaatli iqtisodiy sheriklikning muvaffaqiyatli davomi sifatida qaraydi”, — dedi Berdimuhamedov.

    Gurbanguli Berdimuhamedov pandemiya mavzusiga to‘xtalar ekan, “dunyo hamjamiyati, afsuski, unga o‘z vaqtida samarali qarshi tura olmadi”, deb kuyindi. U “jahondagi barcha davlatlarning intellektual, moddiy, moliyaviy va boshqa resurslarini birlashtirish orqaligina” pandemiyani yengish mumkinligini qo‘shimcha qildi.

    Turkmaniston rahbari “koronavirus muammosini siyosatdan butunlay olib tashlash” va “pandemiyadan davlatlararo munosabatlarda ta’sir o‘tkazish vositasi sifatida foydalanishni to‘xtatish”ga chaqirdi.

    Berdimuhamedov BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida – JSST rahbarligida koronavirus etiologiyasini o‘rganish, COVID-19 keltirib chiqaradigan kasalliklarni davolash va oldini olish sohasida maqsadli ishlarni olib borish bo‘yicha bildirgan o‘z tashabbuslarini eslatib o‘tdi.

    Ma’lumot uchun, Turkmaniston o‘z hududida koronavirus infeksiyasi mavjudligini tan olmagandi. Dunyoda faqat ikkita davlat — Turkmaniston va Shimoliy Koreya hukumatining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, bu mamlakatlar global pandemiyadan zarar ko‘rmagan.

    Shuningdek, Turkmaniston Janubiy Koreya bilan sog‘liqni saqlash, “yashil” rivojlanish va oziq-ovqat xavfsizligi kabi sohalardagi samarali hamkorlikni yuksak qadrlashi ta’kidlandi.

    “Gumanitar soha – birgalikdagi sa’y-harakatlarni talab qiladigan maydon. Bu yo‘nalishda katta salohiyatga ega Turkmaniston va Koreya yaqin kelajakda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni boshlashi mumkin bo‘ladi, bu esa ‘Yangi Shimol siyosati’ni amalga oshirishga salmoqli hissa qo‘shadi”, — dedi davlat rahbari.

    Gurbanguli Berdimuhamedov 2020-yilgi forumdagi nutqida janubiy koreyalik ishbilarmonlarga murojaat qilib, ularni “Turkmaniston bozoriga faolroq kirishga” chorlab, ularga qulay mehnat sharoitlarini yaratish va maksimal darajada yordam berishni va’da qilgan edi.

    18-noyabr kuni Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va uning koreyalik hamkasbi Chon Iy Yon o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi. Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi, deya xabar beradi Turkmaniston TIV.

    Vazirlar, shuningdek, 30-noyabrga belgilangan 14-Markaziy Osiyo—Koreya hamkorlik forumi kun tartibini ham muhokama qilgan.

    Eslatib o‘tamiz, JSST Turkmanistonning mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari yo‘qligi haqidagi da’vosini shubha ostiga qo‘ygan. “Virus pandemiya sifatida qariyb ikki yildan beri butun dunyo bo‘ylab tarqalmoqda. Ilmiy jihatdan u Turkmanistonda tarqalmagani dargumon”, — deydi JSSTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha katta xodimi Ketrin Smollvud.

    Doktor Smollvudning munosabati JSSTning Turkmaniston bayonotiga birinchi ommaviy e’tirozidir, chunki mamlakatda norasmiy manbalar COVID-19 holatlari soni ortib borayotgani haqida xabar bermoqda. Sentabr oxirida Turkmaniston fuqarolari JSSTga murojaat qilib, undan Turkmaniston hukumatini COVID-19 ni tan olishga majbur qilishni so‘ragan edi.

    Mavzuga doir:
    • Berdimuhamedov Turkmanistonda koronavirus borligini haligacha inkor etmoqda, ammo epidemiologik xavfsizlikka javobgar vazirlarni ishdan bo‘shatdi
    • Turkmanistonda 50 yoshdan kattalarning hududlar bo‘ylab harakatlanishi taqiqlab qo‘yildi

    20.11.2021, 08:53   Izoh (0)   13423
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShda dunyodagi eng birinchi yadroviy suvosti kemasi ta’mirlanadi

    19.11.2021, 22:44

    Rossiyada QBF moliyaviy piramidasi omonatchilarni millionlab dollarga chuv tushirdi. Jabrlanganlar orasida generallar, vazirlar va taniqli balerina Anastasiya Volo...

    19.11.2021, 20:26

    Avstriyada butun mamlakat bo‘ylab lokdaun e’lon qilindi. Hukumat majburiy vaksinatsiyani rejalashtirmoqda

    19.11.2021, 19:56

    Saakashvili Gori shahridagi harbiy gospitalga o‘tkaziladi

    19.11.2021, 19:25

    Eron AQShning Tehronga qarshi kiritgan yangi sanksiyalarini qoraladi

    19.11.2021, 18:40

    Braziliyada o‘rmonlarning kesilishi 15 yil ichida rekord darajaga yetdi

    19.11.2021, 17:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20

    “Yig‘laganini ham eshitmabman”. Marg‘ilonda yosh bolani Gentra’da bosib ketgan haydovchiga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:08

    Oliygoh bitiruvchisini ishga olgan korxonaga imtiyozli kredit berilishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:05

    O‘zbekistonda beshta oliygohga kirolmagan talabgor oltinchisiga qabul qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.