• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Biz halok bo‘lganlar uchun javobgarmiz”. O‘zbekistonda YTH qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirildi

    Noyabr oyining uchinchi yakshanbasi Butunjahon yo‘l-transport hodisalari qurbonlarini xotirlash kuni sifatida nishonlanadi. 19-noyabr kuni Toshkentda ushbu sanaga bag‘ishlangan va yo‘l harakati xavfsizligiga oid muammolarni bartaraf etish masalalariga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida O‘zbekistonda birinchi bor YTH qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirilgan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo” /Madina Nurman

    Foto: “Daryo” /Madina Nurman

    Yo‘l harakati xavfsizligi masalalarini muhokama qilish tashabbusini “O‘zbekiston milliy avtomobil klubi” avtomobil sport jamoatchilik tashkiloti (NACU) Xavfsiz va barqaror transport uchun Sharqiy alyansi (EASST) hamda “Vatanparvar” tashkiloti bilan birgalikda ilgari surgan.

    2021-yilning dastlabki 10 oyida O‘zbekistonda YTHlar oqibatida 1964 kishi halok bo‘lgan, 6800 dan ortiq odam jarohat olgan. Dunyo miqyosida har yili yo‘llarda 1,3 million odam halok bo‘ladi va 50 million kishi jarohatlanadi.

    “Biz nafaqat o‘z hayotimiz, balki halok bo‘lganlar uchun ham javobgarmiz”, — deydi NACU vakili Anvar Matkarimov.

    EASTT direktorining dasturlar va barqarorlik bo‘yicha yordamchisi Emili Karrning so‘zlariga ko‘ra, yo‘l harakatining eng zaif foydalanuvchilari bolalar, velosipedchilar va mototsiklchilar hisoblanadi. Uning ta’kidlashicha, alyans 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yo‘l xavfsizligi bo‘yicha ta’lim paketini tayyorlagan bo‘lib, uni milliy maktab dasturiga joriy etish taklif etiladi.

    “Biz o‘qituvchilar bolalarga yoshligidanoq yo‘l harakati qoidalari va yo‘llarda o‘zini tutish asoslarini o‘rgatishga juda qiziqishini aniqladik. Materiallar orasida ota-onalar uchun xatlar, o‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanmalari, paketlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha onlayn gid va ularning xohishlariga qarab bolalar uchun interfaol dastur mavjud”, — deydi Emili Karr.

    Ta’lim paketi o‘zbek va rus tiliga tarjima qilingan. Uni EASST sayti orqali bepul yuklab olish mumkin (havola).

    NACU a’zosi Marat Haydarovning ta’kidlashicha, O‘zbekistondagi bir qancha maktablarda velosportni ommalashtirishga qaratilgan bolalar uchun mashg‘ulotlar allaqachon o‘tkazilgan.

    Dasturda yo‘l harakati qoidalarini velosipedga e’tibor qaratgan holda o‘rganish va ushbu transportni boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘rin olgan. Bundan tashqari, bolalar velosiped konstruksiyasini o‘rgangan.

    “Bolalar shu usulda o‘rgatilsa, ular bizning murakkab muhitimizdagi yo‘llarda mustaqil harakatlana oladi”, — deydi Marat Haydarov.

    Tadbir davomida, shuningdek, ko‘plab yerusti piyodalar o‘tish yo‘llari standartlarga javob bermasligi qayd etilgan. Qishloq joylarda tez-tez ajratuvchi panjaradagi tor o‘tish joyiga tayangan, eni 4 metrga teng “zebralar” mavjud.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Shu orqali “bo‘yni ingichka butilka” effekti hosil qilinadi: agar yo‘lni 10 nafar bola kesib o‘tayotgan bo‘lsa, ularning ikkшtasigina o‘tish yo‘liga sig‘adi, qolgani yo‘lning avtomobillar harakatlanish qismida qolib ketadi.

    IIV YHXBB Tashkiliy bo‘limi boshlig‘i Fazliddin Toshkenboyevning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda yanvar—oktabr oylarida velosipedchilar ishtirokida 867 ta YTH ro‘yxatga olingan (jami YTHlarning 10 foizdan ortig‘i) bo‘lib, ularning aksariyati viloyatlar hisobiga to‘g‘ri keladi. U ushbu raqamlarni “kechirib bo‘lmas” deb atagan va ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning ko‘rsatmasiga binoan viloyatlarda veloinfratuzilmaning rivojlanishini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzilganini ma’lum qilgan.

    “O‘zbekiston velohamjamiyati” vakili Bobur Sirojevning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentdagi veloinfratuzilma boshidan xavfsiz bo‘lmagan muhit asosida noto‘g‘ri yaratilmoqda. Har kuni 3 ming odam ish yuzasidan velosipedda harakatlanayotgan Navoiyda u yaratilmayapti.

    Uning ta’kidlashicha, Toshkent shahrida velosiped yo‘laklarining har bir kilometriga katta yo‘ldan dahalar ichiga kirib ketadigan o‘rtacha 5—7 dona yo‘lak bor, bu yerda avtomobillar piyodalar yo‘lagidan o‘tib ketishiga qaramay, piyodalardan ustuvorlik tortib olinadi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Bu xuddi avtomobillar yo‘lida har 30 soniyada sun’iy yo‘l to‘siqlari duch kelganga o‘xshaydi. Bu haydovchilarning qulayligi uchun qaratilgan”, — deydi Bobur Sirojev.

    U O‘zbekistonda avtomobil va velosiped yo‘llarini qurish bo‘yicha aniq standart yo‘qligini qo‘shimcha qilib, barcha yo‘l harakati qatnashchilarini jalb qilgan holda standartlarni ishlab chiqishga chaqirgan.

    Bobur Sirojev standartlar yo‘qligidan tashqari, Toshkentda velosiped infrazutilmasi mummolari orasida qurilish normalari nazorat qilinmasligi va loyihalovchilar uchun medotik qo‘llanma yo‘qligini sanab o‘tgan. Natijada loyihalovchilar mavjud normativlarga o‘z xohishiga qarab rioya qiladi.

    “Standartlashtirish juda muhim, chunki shahar muhiti odamlarning yo‘llardagi xatti-harakatlarini shakllantiradi. Ta’lim va madaniyatga qancha kuch sarflamaylik, infratuzilmani o‘zgartirmasak, ushbu harakatlar samarasizligicha qoladi, odamlar atrof-muhitga moslashadi”, — deydi Sirojev.

    Turin politexnika universiteti litseyining direktori Jamshid Sodiqov YTHlarning 57 foizi haydovchining aybi bilan, 27 foizi esa yo‘l sharoiti va haydovchilar sabab yuzaga keladi deb hisoblash qabul qilinganini qo‘shimcha qilgan. Ammo O‘zbekistondagi yo‘llar loyihalanadigan normativ hujjatlar soatiga 100 kilometr tezlikda harakatlanish uchun mo‘ljallangan, bu esa shahar sharoitiga mos kelmaydi.

    Bundan tashqari, normativ-huquqiy hujjatlar bazasida arterial, masalan, piyodalar o‘tish joyi bo‘lgan yo‘llarga bo‘linuvchi shahar ko‘chalarida tasnifi yo‘q. Jamshid Sodiqovning qo‘shimcha qilishicha, Toshkent davlat transport universiteti haydovchilarning xatti-harakatini tahlil qilish maqsadida ilmiy tadqiqot o‘tkazmoqda. Shu munosabat bilan haydovchilardan anonim so‘rovda ishtirok etish so‘ralgan.

    Velojamiyat vakili Sabina Bakayevaning ta’kidlashicha, bugungi kunda yo‘llar barcha uchun qulay emas: piyodalar, velosipedchilar, jamoat transporti va shaxsiy avtotransport, tirbnadliklarda turuvchilar uchun ham.

    “Biz nafaqat veloinfratuzilmasini yaratishimiz, balki ba’zi yo‘l harakati qatnashchilari boshqalarni kamsitmaydigan to‘g‘ri yo‘nalishda rivojlanuvchi jamiyatni yaratishimz ham muhim”, — deydi velohamjamiyat asoschisi Iskandar Ahmedov.

    Mavzuga doir: Toshkent — velosipedchilar uchun xavfli shahar, milliardlarga qurilayotgan veloyo‘laklar esa sifatsiz. “Daryo” velohavaskorlar bilan shu haqda suhbatlashdi

    20.11.2021, 14:27   Izoh (0)   37203
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zoir Mirzayev Qarshiga o‘rnatishni to‘xtatgan 1,350 mlrd so‘mlik bayroq shahar hokimi qarori bilan qayta bunyod etiladi

    20.11.2021, 13:25

    Namanganda bir-biriga tutash 4 ta uyda yong‘in sodir bo‘ldi

    20.11.2021, 12:45

    UzAuto Motors Captiva 5 avtomobillarini sotishni to‘xtatdi

    20.11.2021, 11:16

    Uzbekistan Airways’ning Toshkent—Dushanbe reysi Tojikistonda kuzatilayotgan kuchli tuman sabab kechiktirildi

    20.11.2021, 10:58

    Rossiyada vafot etgan o‘zbekistonlik mehnat migrantining oilasiga 1 mln rubldan ortiq mablag‘ undirib berildi

    20.11.2021, 09:54

    O‘zbekiston aholisi sonida 4 yoshgacha bo‘lganlar eng ko‘pligi ma’lum qilindi

    20.11.2021, 09:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.