• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Pasportdagi ismi boshqa bo‘lgan, bir umr shlyapa kiygan, Shvetsiyada dafn etilgan. O‘zbek kinosi asoschilaridan biri, rejissor Melis Abzalovni xotirlab

    “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Chimildiq” singari asl o‘zbekona hayot tarzi, o‘lmas an’ana va qadriyatlar aks etgan filmlar rejissori Melis Abzalov 18-noyabr sanasida tavallud topgan. Quyida mashhur kinorejissorning hayot va ijod yo‘liga nazar tashlaymiz.

    Qora “Pobeda”ga mahliyo o‘smir

    Melis Abzalov 1938-yil Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. Unga buvisi Maqsudxo‘ja deb ism qo‘yadi. Biroq yaqinlari Melis ismi bilan chaqira boshlashadi va umrining oxiriga qadar shu ismda qoladi. Uning bolalik chog‘lari urush yillariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa-da, ammo oilasi o‘ziga to‘qligi bois biror narsaga ehtiyoj sezmay, voyaga yetadi. Melis sho‘x va urishqoqligi tufayli tengdoshlari undan biroz hayiqardi.

    Foto: muzaffar.uz

    U balog‘at yoshida poytaxtda kam sonli insonlar haydaydigan “Pobeda” mashinasini xarid qiladi. Qop-qora avtoulov o‘smirning xayolini o‘g‘irlagach, birinchi kuniyoq rulga o‘tirib, o‘zida yo‘q xursand kayfiyatda mashinani uchirib boshqaradi.

    “Suyunchi” filmidan kadr

    “Suyunchi” filmidan kadr
    Foto: darakchi.uz

    Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, tasodifan “Pobeda”ni daraxtga urib oladi. Avvaliga u qilmishidan qattiq afsuslanib, “Dadam rosa urishib beradi”, degan qo‘rquvda yuradi. Lekin otasining “Bo‘lar ish bo‘ldi, o‘tgan ishga salovat”, deya tanbeh aralash aytgan gapi uni quvontirish barobarida hayratlantiradi ham.

    “O‘g‘lim mushuk-sichqon o‘ynab yuribdi”

    Maktabni tamomlagan Melis keyingi tahsilni san’at sohasida davom ettirish maqsadida hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga hujjat topshiradi.

    Foto: Instagram / @nazira_abzalova

    Oila a’zolariga, xususan, dadasiga asl muddaosini aytgach, jiddiy qarshilikka uchraydi. Otasi “Bizning avloddan artist chiqmagan va bundan keyin ham bo‘lmaydi”, deya qat’iy ohangda javob qaytaradi. U esa bilganidan qolmay, maqsadi sari astoydil intiladi.

    Foto: Instagram / @nazira_abzalova

    “Ha, otam san’atkor bo‘lishimni umuman istamagan, hatto institutga kirishimga qarshilik ko‘rsatgan. Oliygohni bitirib Yosh tomoshabinlar teatrida ishlayotganimda bir do‘stiga: “Buni qarang, odamlarning bolalari ilmiy ishlar qilib, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan bir paytda mening o‘g‘lim mushuk-sichqon o‘ynab yuribdi”, deb achinish bilan gapirgan.

    Foto: Instagram / @nazira_abzalova

    Teatrdagi birorta rolimni ham borib ko‘rmagan. Chunki otam o‘zining yo‘lidan ketishimni istardi. Yillar o‘tib, qirq besh yoshdan oshib qolganimda ota-o‘g‘il bir kuni bozorga tushdik. Odamlar meni uzoqdan tanib yonimga kelishyapti, qo‘l uzatib so‘rashishyapti. Padarim esa bu manzaradan lol-u hayron. Sababi oldinlari hamma ularni tanir, atroflarini o‘rab olardi-da.

    “Kelinlar qo‘zg‘oloni” filmidan kadr

    “Kelinlar qo‘zg‘oloni” filmidan kadr
    Foto: Instagram / @dilorom_egamberdiyeva

    Barcha bilan salom-alik qilib, so‘rashib olganimdan keyin qo‘limdan tortib, chetga olib chiqdilar. Yana urishadilar, deb turgandim. Yo‘q! Kutilmaganda “O‘g‘lim, meni kechir. Seni tushunmagan ekanman”, deb rozilik bergan va kasbimdan xursand bo‘lgan”, — degan edi Melis Abzalov intervyularining birida.

    Teatr aktyoridan kinorejissorlikka...

    1961-yilda institutni tugatgan Melis ikki yil davomida Yosh tomoshabinlar teatrida aktyor bo‘lib ishlaydi. O‘nga yaqin sahna asarlarida turli xarakterdagi rollarni ijro etadi. Ilk rejissorlik ishi — “Alibobo va qirq qaroqchi”ni ham shu dargohda sahnalashtiradi.

    Foto: Instagram / @nazira_abzalova

    1963-yildan boshlab “O‘zbekfilm”da faoliyat yuritadi. Dastlab assistent va rejissor yordamchisi sifatida Komil Yormatov, Shuhrat Abbosov, Malik Qayumov, Yo‘ldosh A’zamov,Latif Fayziyevlarning yigirmaga yaqin filmlarida birgalikda ijod qiladi, tajribasini oshiradi. 1971-yil Moskvada Georgiy Daneliya kursida saboq olgach, bir necha yildan keyin kino olamidagi ilk mustaqil ishi hisoblangan “Chinor ostidagi duel” filmini suratga oladi.

    Foto: “Daryo”

    Debyut kartinasi muvaffaqiyatli chiqqach, u o‘z ustida yanada izlanib, “Suyunchi”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Armon”, “Maysaraning ishi”, “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “O‘tkan kunlar”, “Chimildiq” kabi ketma-ket kinolar yaratadi. Uning ijodiy asarlari turli kinofestivallarda sovrinli o‘rinlarga loyiq ko‘riladi.

    Uzoq yillar “Vatan” kinostudiyasining badiiy rahbari sifatida mehnat qilgan Melis Abzalov “Yettinchi o‘q”, “Inson qushlar ortidan boradi”, “Qo‘qon voqeasi”, “Arslonning sarguzashtlari” singari filmlarda aktyor sifatida namoyon bo‘ladi.

    Nafaqat hayotda, balki ekrandagi rollarida ham shlyapa kiyishga odatlangan Melis Abzalov 1987-yilda O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlanadi.

    Shvetsiyada dafn qilingan

    O‘zbek kinosi rivojiga munosib hissa qo‘shgan Melis Abzalovni 2000-yillarda farzandlari Shvetsiyaga olib ketadi. Ammo rejissor vaqti-vaqti bilan O‘zbekistonga kino olish uchun kelib turadi.

    Foto: Instagram / @nazira_abzalova

    U 2016-yilning 26-oktabrida 78 yoshida Stokgolmda yurak xurujidan vafot etadi. Farzandlari kelishgan holda Melis Abzalovni uning so‘nggi kunlari o‘tgan Shvetsiyada dafn etishga qaror qilishadi.

    Rejissorning uch nafar farzandi, o‘nlab nabira va evaralari bo‘lib, qizi Nazira ayni paytda Shvetsiyada istiqomat qiladi.

    “Chin ma’nodagi ustozim edi”

    Noila Toshkenboyeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:

    — Melis akani birinchi rafiqasi Dilbar bilan kursdosh bo‘lganligim bois ularni talabalik davrimdan tanirdim. Uylariga ham tez-tez borib turardim, singillarini ham yaqindan bilardim. Ziyoli, ruslashgan oilada ulg‘aygan bo‘lsa-da, ammo o‘zbekona urf-odatlarni ikir-chikirigacha puxta bilishlari meni hamisha hayron qoldirardi.

    Noila Toshkenboyeva

    Noila Toshkenboyeva
    Foto: “Daryo”

    Ular bilan hamkorligimiz rejissor assistenti sifatida ijod qilib yurgan paytlaridan boshlangan. O‘zi mustaqil ravishda kino olishga kirishgan davrida ham epizodik rollarga chaqirishni sira esidan chiqarmasdi.

    O‘ylab qarasam, “Chinor ostidagi duel” filmidan tashqari barcha kartinalarida kattami-kichikmi rollar o‘ynagan ekanman va hech qachon “proba” topshirmaganman. Melis aka tufayli tomoshabinlar qalbiga kirib bordim. Sababi “Suyunchi” va “Kelinlar qo‘zg‘oloni”dan so‘ng xalqimizga yanada tanildim va haligacha tomoshabinlar e’tirofi-yu e’tiboridaman. Nazarimda, aktyor uchun bundan ortiq baxt bo‘lmasa kerak.

    Foto: “Daryo”

    Melis aka men uchun chin ma’nodagi ustoz edi. Aktyorga asosiy maqsadini tushuntirardi-da, ayrim rejissorlar singari “unday qil, bunday qilma”, deya ko‘rsatma bermasdi va imkon qadar erkinlik berishga intilardi.

    Ijodiy jamoa a’zolarining birortasini ham shaxsiyatiga tegib, ortidan yomonlab, hurmatini to‘kmasdi, suratga olish jarayonida aynib-aljimasdi va bunday odat ularga yot edi. O‘z asarlari orqali o‘zbek kinosi tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk rejissor bilan hamnafas bo‘lganligimdan hamisha o‘zimni baxtiyor his qilaman!

    “Bir umr kino muhabbati bilan yashadi”

    Rejissorning qizi Nazira Abzalova xotiralaridan:

    — Dadam rahmatli hazillashishni, qo‘rqitishni yaxshi ko‘rardi. Uyda musiqa eshitib, ovqat qilib yursam, sekin eshikni ochardilar-da, faqat boshlarini kiritib, “ku-ku” derdilar. Umrining oxirlarigacha menga shunday hazil qildilar.

    Foto: Instagram / @nazira_abzalova

    Bolalik damlarimni eslasam, ko‘z oldimda uyimiz to‘la ijodkorlarning gurung qilib o‘tirishlari gavdalanadi. Otam suratga olish ishlari nihoyalangach, xonadonimizga barcha ijodiy jamoa a’zolarini yetaklab kelib, ularni mehmon qilardi. Palov tayyorlab, bayramona muhit yaratishga intilardi.

    Melis Abzalovning filmida ishtirok etishni har bir aktyor orzu qilardi. 4 yoshimda padarimning “Armon” filmida epizodik rol o‘ynaganman. U men uchun haligacha katta rol.

    Foto: Instagram / @nazira_abzalova

    Dadam “Suyunchi” kinosida “Choy, choy, uf, namuncha ko‘p choy ichadi bular”, deydigan o‘sha qoshlariga qalin o‘sma qo‘yib olgan qiz — Naziraga nisbatan mehr-muhabbati ulkan bo‘lgani uchun menga o‘sha qahramonining ismini qo‘ygan. Kartinaning suratga olish ishlari oxirlay deb qolganda dunyoga kelganman. Dadam ishi ko‘pligidan meni tug‘uruqxonadan olib chiqishga kela olmagan. Lekin jamoasidagi aktyorlar onamga “Chayka” rusumli kir yuvish mashinasi sovg‘a qilishgan. Volidam bu mashina o‘sha paytda juda ham qimmatbaho bo‘lganligini ko‘p gapirardi.

    Otam bir umr kinoga bo‘lgan muhabbat bilan yonib yashadi. Umrining so‘nggi kunlarini birga o‘tkazdik. Boladek bo‘lib qolgandi va farzandlarim bilan o‘ynab zerikmasdi. U ustozim, himoyachim, qalqonim edi.

    Mirolim Isajonov tayyorladi

    Mavzuga doir:

    • Taniqli rejissor Melis Abzalov vafot etdi
    • Rejissor Melis Abzalov Shvetsiyada dafn etiladi
    • “Kimnidir g‘iybat qilib, obro‘sini to‘kmasdi” yoxud Melis Abzalov qadrdonlari xotirasida
    • Melis Abzalov filmlari — bitta rasmda
    • “Bar, Sholpan apangni shaqir!”. Melis Abzalov filmlarining o‘zidan-da mashhurroq kinoiqtiboslari

    18.11.2021, 18:23   Izoh (0)   45980
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Garri Potter” 20 yoshda: Franshizaning eng ashaddiy muxlislarining ham e’tiboridan chetda qolgan detallar (foto)

    18.11.2021, 12:23

    “Garri Potter” yulduzlari franshizaning 20 yilligiga bag‘ishlangan maxsus sonida qayta uchrashadi

    17.11.2021, 20:56

    Hande Erchel plastik operatsiya qildirganini inkor qildi, Fahriye Evjen Burak O‘zchivit bilan ajrashishi haqidagi mish-mishga munosabat bildirdi. Turk kinosi yangi...

    16.11.2021, 12:28

    “Muzlik davri”ning yangi treyleri: Disney multfilmning oltinchi qismini taqdim qiladi

    15.11.2021, 11:15

    “Otam mashhur bo‘lsa-da, boy bo‘lmaganmiz”. Hamza Umarovning o‘g‘li Shuhrat Umarov otasining rayini qaytara olmay aktyor bo‘lgani haqida

    14.11.2021, 19:43

    “Qattiqqo‘l xonim” filmi aktyorlari 15 yil ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)

    13.11.2021, 14:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.