17-noyabr kuni soat 16:17 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar qiladi O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Qayd etilishicha, zilzila episentri Toshkentdan 320 kilometr janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4,6 ballga teng bo‘lgan.
Zilzila O‘zbekistonning quyidagi hududlarida sezildi:
- Xonobod tumanida 3-4 ball;
- Qo‘rg‘ontepa tumanida 3 ball;
- Jalaquduq tumanida 3 ball;
- Paxtaobod tumanida 3 ball;
- Andijon tumanida 2-3 ball;
- Xo‘jaobod tumanida 2-3 ball;
- Andijon shahrida 2-3 ball;
- Izboskan tumanida 2-3 ball;
- Buloqboshi tumanida 2-3 ball;
- Uchqo‘rg‘on tumanida 2 ball;
- Oltinko‘l tumanida 2 ball;
- Asaka tumanida 2 ball;
- Norin tumanida 2 ball;
- Marhamat tumanida 2 ball.
Izoh (0)