• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Energetika vazirligi O‘zbekiston nima uchun elektr energiyasini Qirg‘izistonga eksport qilishini ma’lum qildi

    Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev “Sevimli” telekanaliga bergan intervyusida O‘zbekiston nima sababdan Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berayotgani va bu mamlakat qishloq xo‘jaligiga qanday yordam berayotganini ma’lum qildi. Vazirlik matbuot xizmati intervyuning to‘liq matini e’lon qilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qirg‘iziston energotizimlari parallel rejimda ishlaydi. Ya’ni elektrlashtirish boshlanganda Markaziy Osiyoda rejalashtirilgan davrda mana shu ikkita energotizim bir-birini xususiyatidan, imkoniyatidan kelib chiqqan holda bir-biri bilan uyg‘un ishlashi va mavsumiy nuqtayi nazaridan bir-birini qo‘llab-quvvatlab turishi rejalashtirilgan.

    “Ming afsuski, keyin mana shu ish tizimi buzilib ketgan edi. Oxirgi 3-4 yilda qo‘shni mamlakatlarimiz energiya tizimlari bilan hamkorligimiz yanada kuchayib, eng yaxshi rejimlarda ishlaganidek munosabatlarga qaytib keldik”, — deydi Xo‘jayev.

    Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, Qirg‘iziston energiya tizimida elektr energiyasini ishlab chiqarish, asosan, suv resurslariga bog‘liq. Suv resurslariga bog‘liqligini O‘zbekistonga ham salbiy, ham ijobiy ta’siri bor.

    “Kuz-qish mavsumida Qirg‘izistonda energiyaga bo‘lgan talab ortgan davrda agar ular elektr energiyasini ko‘proq ishlab chiqarib “Toqtogul” suv omboridan suvni ko‘proq chiqarib yuborishsa, keyingi yil bahor-yoz oylarida mana shu suv hajmini to‘ldirishga majbur bo‘lishadi va yozda suv chiqarish miqdorini keskin kamaytirishga majbur bo‘lishadi.

    Albatta, bu bizning Farg‘ona, Andijon, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari qishloq xo‘jaligiga o‘zini salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun juda uzoq vaqt mobaynida mana o‘zaro mavsumiy energiya almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan edi. Gidroresurslardan foydalanish – ko‘proq yoz oylarida, issiqlik elektr stansiyalaridan foydalanish – ko‘proq qish oylarida”, — deydi u.

    Xo‘jayevning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonda kuzatilayotgan suv tanqisligi Qirg‘izistonda kuzatilayotgan suv tanqisligidan bir muncha yumshoqroq. U yerdagi suv tanqisligi juda ham yuqori nuqtaga yetib kelgan. Ya’ni “Toqtogul” suv omboridan suv chiqarish rejimi normal ravishda amalga oshiriladigan bo‘lsa, bahor oyiga kelib suv ombori to‘liq bo‘shab qolish ehtimoli mavjud.

    “Shuning uchun biz joriy yil boshida Qirg‘iziston energetiklari bilan o‘zaro 3 yillik hamkorlik dasturini ishlab chiqib tasdiqlaganmiz. Hukumat qarori bilan tasdiqlangan. Shunga ko‘ra, mavsumiy energiya almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. Bahorda va kuzda elektr energiyasini biz ularga yetkazib beramiz, ular esa bizga yozda qaytarib berishadi. Natijada bizning qishloq xo‘jaligimiz ko‘proq suvga ega bo‘ladi va aksincha, ularning suv omborlarida qish oylari uchun ko‘proq suvni saqlash imkoniyatlari yuzaga keladi”, — deya qayd etadi vazir o‘rinbosari.

    Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston energiya tizimi Qirg‘iziston energiya tizimidan to‘rt barobar katta. Ya’ni sentabr oylarida O‘zbekiston yetkazib beradigan yoki mart-aprel oylarida yetkazib beradigan hajmi mamlakat energiya tizimining 1,5 kunlik iste’moliga teng.

    “Unaqa katta miqdorlar to‘g‘risida gap ketayotgani yo‘q biz uchun, lekin ularning energiya tizimi 4 barobar kichkina bo‘lganligi uchun ular uchun bu sezilarli ahamiyatga ega”, — deya qo‘shimcha qiladi Sherzod Xo‘jayev.

    Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Qirg‘izistonning “Elektr tarmoqlari” kompaniyasi 2021-yil 1-iyundan boshlab O‘zbekistonga va Qozog‘istonga suv oqizib yuborilayotganini tasdiqlagandi. Qirg‘iziston Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan 1,65 milliard kVt/soat elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha kelishuv shartlarini bajarishni boshlagan. Kelishuvga ko‘ra, Qirg‘izistonga Qozog‘iston tomoni 900 million kVt/soat, O‘zbekiston tomoni esa 750 million kVt/soat elektr energiyasini yetkazib beradi. Buning evaziga Qirg‘iziston 2023-yilga qadar yoz oylarida ikki mamlakatga suv yuboradi.

    Mavzuga doir: “Buxoro viloyatida aholi ehtiyojiga nisbatan 2 baravar ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqaradigan elektr stansiyalari quriladi” — Shavkat Mirziyoyev

    Avvalroq O‘zbekistonda 2022-yilda elektr energiyasi narxi oshirilishi mumkinligi, O‘zbekistonning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilayotgani, O‘zbekistonda 2023-yilda birinchi yuqori kuchlanishli raqamli podstansiya ishga tushirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

    17.11.2021, 18:39   Izoh (0)   39364
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev 2021-yil yakuniga qadar Qozog‘istonga borishi kutilmoqda

    17.11.2021, 17:06

    Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijon va Namanganda sezildi

    17.11.2021, 16:48

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    17.11.2021, 16:38

    Uzbekistan Airports Toshkent aeroportidan uchishi kerak bo‘lgan reyslarning kechiktirilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi

    17.11.2021, 16:07

    Foto: Toshkentda 2021-yil va 2020-yilda yog‘gan qor

    17.11.2021, 15:43

    Ismatulla Irgashev Bryusseldagi Yevropa parlamenti binosida Afg‘onistondagi hozirgi vaziyatga bag‘ishlangan brifingda ishtirok etdi

    17.11.2021, 14:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.