“O‘zgidromet” Qamchiq dovoni yo‘lida yaxvonlik va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkinligi sababli ogohlantirish bilan chiqdi.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 17-noyabr kuni A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq davoni hududida qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik, vaqti vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Tuman, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 17–22 metr/sekunddan 25-27 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Yo‘llarda yaxvonlik va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 17—18-noyabrda respublikaning barcha hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.
16—17-noyabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ba’zi joylarda changli bo‘ron bo‘ladi.
Mavzuga doir: Video: Qamchiq dovonida yog‘ayotgan qor
Izoh (0)