• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda otasi tomonidan muntazam zo‘rlab kelinganini aytgan qizning vajlari tasdiqlanmadi

    Otasi tomonidan zo‘rlanganini aytgan andijonlik qizning zo‘rlangani tasdiqlanmagan, ish 9 oy avval yopilgan, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    2021-yilning yanvar oyi boshida ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida yashovchi voyaga yetmagan qiz otasi tomonidan zo‘rlab kelingani haqida video tarqalgandi. Shundan so‘ng Bosh prokuratura holat yuzasidan tekshiruv boshlangani, tekshirish jarayoni viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingani ma’lum qilingan. Oradan o‘n oydan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, huquq-tartibot idoralari tomonidan tergov harakatlari natijasi yuzasidan ommaviy axborot vositalarida hech qanday qo‘shimcha yoki yakuniy ma’lumot berilmagandi. “Daryo” muxbiri viloyat prokuraturasi axborot xizmati bilan bog‘lanib, tergov harakatlari yakuni bo‘yicha ma’lumot taqdim etishni so‘radi.

    Qizning aytishicha, otasi 43 yoshli T.A. uni ilk bor 9-sinfda o‘qiyotgan paytda oyoq-qo‘lini bog‘lab, zo‘rlagan va “Yo men bilan bo‘lasan yo bu uyda yashamaysan”, deb po‘pisa qilgan. Shundan so‘ng ota o‘z qizini muntazam zo‘rlab, kaltaklab kelgan.

    Qizning onasi 2010-yilda vafot etgach otasi boshqa ayolga uylangan. Qiz bu haqda qo‘shnilari, o‘gay onasi, qarindosh-urug‘lariga ham aytgan. Biroq hech kim yordam bermagan, balki uni yolg‘onchilikda ayblashgan. 2020-yilning avgust oyida Abdumalik ismli profilaktika inspektoriga murojaat qilgan.

    Ta’kidlanishicha, ichki ishlar xodimi otaga og‘zaki ogohlantirish bergan, xolos. Keyinroq esa inspektor “Telefon yoki kameraga tasvirga tushirib ber, shundagina unga qarshi jinoiy ish ochaman”, deb maslahat bergan. Qizning aytishicha, ichki ishlar organlari, mahalla qo‘mitasi, xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchilari ham bunga nopisandlik qilmoqda. Mas’ul organlar buni isbotlashni qizning o‘zidan so‘rashmoqda.

    Uyida muntazam haqoratlangan, zo‘rlangan o‘smir maktabga ham muntazam qatnay olmagan. O‘z joniga qasd qilishga bir necha bor uringan.

    Mavzuga doir: Otasi tomonidan zo‘rlanganini aytgan andijonlik qiz: “Isbotim bo‘lmasa-da, holat haqiqatan yuz bergan”

    Viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, mazkur holat tuman ichki ishlar bo‘limida jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni qayd qilish to‘g‘risidagi “Shakl-2” jurnalida 2021-yil 19-yanvar kuni qayd qilingan.

    Holat yuzasidan tezkor-tergov guruh vakillari hodisa joyga chiqqan holda ko‘zdan kechirilgan. Ko‘zdan kechirish davomida hodisa sodir bo‘lgan uydagi otasi tomonidan zo‘rlanganini aytgan qizning yotoqxonasidan 2 dona to‘shak, 2 dona ayollar ichki kiyimlari ashyoviy dalil tariqasida olingan. Olingan ashyoviy dalillar yuzasidan sudga oid biologik hamda fizika-texnika ekspertizalari tayinlangan.Fuqaro T.A.ning tanasida zo‘rlik belgilaridan qolgan tan jarohatlari bor-yo‘qligi hamda uni jinsiy aloqa qilish layoqatiga qodir ekanini aniqlash yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan va xulosasi olingan.

    Holat bo‘yicha R.Yo.ning otasi T.A.dan tushuntirish xati olingan vaqtda u qizi ijtimoiy tarmoqqa qilgan murojaatidagi holatlar bo‘lmaganini, ya’ni u qizini zo‘rlab nomusiga tegmaganini, qiziga nisbatan hech qachon bunday uyatsiz, buzuq harakatlar qilmaganini, hozirda qizi unga tuhmat qilayotganini bildirgan. Qizning o‘gay onasi I.M. ham shunday tartibda tushuntirish bergan.

    Bundan tashqari, otasi tomonidan zo‘rlanganini aytgan qiz ijtimoiy tarmoqlarda mazkur holatdan MFY raisi, uning maslahatchisi hamda profilaktika inspektorlari ham xabardorligini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, ular mazkur holat yuzasidan hech qanday ma’lumotga ega emasliklarini, ularga R.Yo. yuqoridagi holat yuzasidan umuman murojaat qilmaganini bildirishgan.

    Otasi tomonidan zo‘rlanganini aytgan qizdan himoyachisi I.K. ishtirokida tushuntirish xati olingan vaqtda, otasi uni 9-sinfligidan buyon yashash uyidagi xonasida zo‘rlab, u bilan jinsiy aloqa qilib kelganini ma’lum qilgan. Bu haqda kimgadir aytsa, otasi uni o‘ldirib yuborish bilan qo‘rqitgani, sodir bo‘lgan voqealarni isbotlash uchun dalili bo‘lmagani sabab ijtimoiy tarmoqlarga murojaat joylashtirganini ta’kidlagan.

    R.Yo. sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilgan va mutaxassislar ko‘rigiga qo‘shimcha yo‘llanmalar yozib berilgan hamda sud-tibbiy ekspertizasi xulosasi olingan.

    Sud-tibbiy ekspertizasining 2021-yil 15-fevral kungi xulosasidaR.Yo. ning qizlik pardasining anatomik butunligi buzilmagani aniqlangan. Shuningdek, qizlik pardasining anatomik tuzilishi, (yoyiluvchan va cho‘ziluvchan ekani) uni buzilmasdan turib jinsiy aloqa qilishiga yo‘l qo‘yishi mumkinligi ham ta’kidlangan.

    Bundan tashqari, otasi tomonidan zo‘rlanganini aytgan qizning badanlarida, jinsiy a’zosida, og‘iz bo‘shlig‘ida tan jarohati va uning izlari hamda olingan tamponlarda sud biologik tekshiruvda spermatozoidlar topilmagan.

    Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan 2021-yilning 18-fevral kuni tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksning 83-moddasi (reabilitatsiya uchun asoslar) 2-bandiga (uning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmagani) asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan.

    Avvalroq Toshkentda 15 yoshli qiz bilan jinsiy yaqinlik qilgan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va uning sheriklariga sud hukmi o‘qilgani, Farg‘onada ota o‘z qizlariga tegajog‘lik qilgani aytilayotgani, holat viloyat prokurori va IIB boshlig‘i nazoratiga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir:

    • Andijonda 5 erkak tomonidan zo‘rlanganini aytgan kelinchak tuhmat qilgan deb topilib, unga nisbatan jazo tayinlandi
    • Qashqadaryoda 28 yoshli erkak 12 yoshli qizni yarim tunda o‘g‘irlab ketib, zo‘rlamoqchi bo‘ldi (video)

    16.11.2021, 10:16   Izoh (0)   82246
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanishi mumkin

    16.11.2021, 08:34

    O‘zbekiston Qozog‘iston bilan hamkorlikda “Termiz” poligonida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

    16.11.2021, 08:10

    O‘zbekistonda 2021-yil 9 oyida qancha baliq ovlangani ma’lum bo‘ldi

    16.11.2021, 07:32

    Markaziy bank QIWI Uzbekistan elektron pullar tizimi faoliyatiga ruxsat berdi

    16.11.2021, 07:17

    Namanganda 3 oylik chaqalog‘ini 7 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandi

    16.11.2021, 06:47

    O‘zbekistonda 2022-yilda ish haqi, stipendiya va pensiya miqdori oshiriladi

    16.11.2021, 06:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.