Oilaning barcha a’zolariga o‘nlab do‘lma tayyorlash ko‘p vaqt olishi aniq. Shuning uchun karamdan tayyorlanadigan kattagina do‘lma retseptini e’tiboringizga havola etamiz.
Kerakli mahsulotlar:
- karam – 1 bosh;
- piyoz – 2 dona;
- o‘simlik moyi – 1 osh qoshiq;
- sariyog‘ – 1 osh qoshiq;
- qaynatilgan guruch – 250 gramm;
- qiyma – 500 gramm;
- bulg‘or qalampiri – 1 dona;
- tomat pastasi – 2 osh qoshiq;
- pomidor sousi – 400 gramm;
- suv – 300 mil;
- shakar – 1 osh qoshiq;
- tuz va ziravorlar.
- Karamning qattiq qismlari olib tashlanadi va qaynoq suv ichiga solinadi.
- 5-6 daqiqadan so‘ng karam suvdan olinadi va ehtiyotkorlik bilan qismlarga ajratiladi.
- Piyoz to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi va tovaga yog‘, sariyog‘ quyiladi. Piyoz 3-4 daqiqa davomida yumshaguncha qovuriladi.
- Piyoz guruch, qiyma va ziravorlar bilan aralashtiriladi.
- Karam yaproqlari to‘rtburchak shaklda bir-biriga yonma-yon qilib terib chiqiladi va bir chetiga qiymali aralashma solinadi.
- So‘ngra rulet shaklida qattiq qilib o‘raladi.
- Pech 180 darajada oldindan qizdiriladi va karamning ortib qolgan yapoqlari chuqur idishga joylashtiriladi.
- Bulg‘ori qalampiri somoncha shaklida to‘g‘ralib, u ham karam ustidan solinadi va do‘lma bilan birgalikda 10 daqiqa davomida pishiriladi.
- Tomat pastasi 1 daqiqa davomida tovada qovuriladi. Unga to‘g‘ralgan pomidor, suv, tuz va ziravorlar qo‘shiladi. Sous 3-4 daqiqa davomida qaynatiladi.
- Sous qolipga quyiladi va do‘lma 50-60 daqiqa davomida pishiriladi.
Izoh (0)