Germaniyada 11-noyabr kuni soat 11 dan 11 daqiqa o‘tganda an’anaviy karnavallar mavsumi boshlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” fotoreportaj tayyorladi.
Festivalning boshlanish vaqti ramziy ma’noga ega, ushbu raqam Germaniyada 1823-yilgi Reyn karnaval islohotida joriy etilgan 11 tentakdan iborat kengashni anglatadi. Mamlakatning Kyoln shahrida bayramga karnaval liboslarini kiygan minglab odamlar yig‘ildi.
Karnavalda faqat COVID-19 ga qarshi emlangan yoki yaqin orada kasallikdan tuzalgan kishilar ishtirok etishi mumkin, deya belgilangan. Qizig‘i shundaki, shahzoda roliga tayinlangan aktyorning festival arafasida koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqan.
Germaniyada karnavallar mavsumi uch oy davom etadi va Pasxa ro‘zasidan oldin tugaydi.
Mavzuga doir:
- Misrda Art D'Égypte lend art ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda (foto)
- Yevropa shaharlarida Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlab namoyishlar o‘tkazildi. Fotoreportaj
- AQSh, Britaniya, Avstraliya: iqlim bo‘yicha jahonning eng yirik konferensiyasi oldidan dunyo davlatlarida o‘tkazilgan norozilik namoyishlari — suratlarda
Izoh (0)