Buxoro viloyatida mast erkak qo‘shnisini hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda “Millar” informatsion dasturida xabar qilindi.
Buxoro viloyati “Dehcha” MFY bir kun avval yo‘l-transport hodisasiga uchragan erkak kechasi spirtli ichimliklar ta’sirida qo‘shnisining uyiga chiqadi. Erkak u yerda qo‘shnisini haqorat qilib, janjal ko‘taradi.
Shu vaqt uy egasining o‘g‘li mast qo‘shnisi uydan chiqarib yuborishga harakat qiladi. Qarshilikka uchragan mast erkak xonadon egasining o‘g‘liga pichoq bilan jarohat yetkazadi. Buni ko‘rgan ota o‘g‘lining yoniga yugurib keladi. Mast erkak yaqiniga kelgan uy egasining bo‘yniga va chap ko‘krak qafasiga pichoq tortib yuboradi.
Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamiga qaramasdan jabrlanuvchi vafot etadi.
Ayblanuvchi IIO xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, tezkor-tergov va surishtiruv harakatlari olib borildi. Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan ayb e’lon qilinib, 17 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Mavzuga doir:
- Andijonda 18 yoshli yigit kanalga oqizib yuborilgani aytilayotgan xabar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
- Qashqadaryoda o‘z ukasining oyoq-qo‘llarini sim bilan bog‘lab, tiriklayin yoqib yuborgan aka ushlandi
- Qashqadaryoda 9 yil avval bedarak yo‘qolgan fuqaro o‘ldirilib, dalaga ko‘mib ketilgani aniqlandi
Izoh (0)