• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Qamoqxonada tug‘ilgan, 200 dollarga baholangan va shkafda uxlagan: Mashhurlikka qiyinchilik va og‘ir mehnat evaziga erishgan aktyor va aktrisalar (foto)

    Gollivud yulduzlarining gonorari o‘n millionlab dollarlarni tashkil qiladi. Ular mashhurlikka erishgach, hayotning barcha afzalliklaridan bahramand bo‘ladi. Ammo muvaffaqiyatga erishish yo‘li har doim ham oson emas. Ko‘pincha u og‘ir sinovlar va to‘siqlar bilan birga keladi.

    Kris Prett

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Aktyor Kris Prettning oilasi otasining ishi tufayli doimiy ravishda shtatdan shtatga ko‘chib yurgan. Ko‘p yillar sarson-sargardon bo‘lgandan so‘ng ular Sietlning bir chekkasida istiqomat qilgan. Biroq oila boshlig‘iga xavfli skleroz tashxisi qo‘yilgandan keyin barcha tashvishlar onaning yelkasiga tushgan. Supermarketdagi kichik maosh hech narsaga yetmas, kamiga oradan ko‘p o‘tmay oila boshpanasini ham yo‘qotgan.

    Kris maktabda o‘qishni tugatishi uchun oila vaqtincha kvartirani ijaraga olgan. O‘rta maktabni tugatgach, Prett kollejga bordi, lekin tez orada o‘qishni tashlab ketdi. Bir muddat uyma-uy yurib, chegirmaga kupon sotdi va omad kulib boqquncha ofitsiant bo‘lib ishladi.

    Skarlett Yoxansson

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Skarlett Yoxansson doimiy ravishda o‘n million dollar gonorar oluvchi Gollivud yulduzlari qatoriga kiradi. Biroq aktrisaning bolalik osmonida ham qora bulutlar suzgan. Yoxansson Nyu-Yorkning eng nufuzli va qimmat hududi bo‘lgan Manxettenda tug‘ilib o‘sgan bo‘lishiga qaramay, bo‘lajak aktrisaning ota-onasi arang kun kechirardi.

    Intervyularning birida Yoxansson ular nafaqa asosida yashaganini ma’lum qilgan. Oilada to‘rt nafar bolani boqish uchun ota-ona kambag‘al oilalarga mo‘ljallangan kupondan foydalangan.

    Leyton Mister

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Leyton Mister “G‘iybatchi qiz” teleserialidagi manxettenlik boy maktab o‘quvchisi – Bler Uoldorf roli bilan dunyoga tanildi. Leyton muvaffaqiyatga erishishi uchun juda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirgan. Aktrisaning qamoqxonada tug‘ilgani ko‘pchilikka noma’lum. U hayotining dastlabki oylarini toki buvisining qaramog‘iga kelguniga qadar mahkumlar uchun reabilitatsiya markazida o‘tkazgan.

    Vudi Xarrelson

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Aktyor 12 yoshga to‘lganida, otasi qamoqqa tushgan, u yerda 5 yil bo‘lgan va bir necha yil o‘tgach, yana sudlanib, umrining qolgan qismini qamoqda o‘tkazgan. Oilani boqish yuki esa butunlay onaning yelkasiga tushgan. Shuning uchun Vudi yoshligidanoq mehnat qilishga majbur bo‘lgan.

    U 9 yoshidayoq pul topish yo‘lini o‘ylab topdi. Bo‘lajak aktyor gazetalarni nashriyotdan ko‘tarasiga (optom) sotib olib, xonadonlarga yetkazib berardi. Ammo bu biznes tezda kasodga uchradi. “Muammo men gazetalarni yetkazib berishda yaxshi, lekin mijozlardan pul yig‘ishni uddalay olmaganimda edi”, – deydi aktyor.

    Selin Dion

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Selin Dion katta oilada o‘sgan, qo‘shiqchi 14 farzandning eng kichigi edi. Tabiiyki, oila ko‘pincha moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelardi. Masalan, xonanda shkafning tortmasida uxlashiga to‘g‘ri kelardi, chunki uyda hamma uchun ham karavot yetarli bo‘lmagan.

    Jim Kerri

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Otasi ishdan ayrilganida Jim Kerri hali yosh edi. Uy sotib ololmagan oila bir lagerdan ikkinchisiga ko‘chib, chodirlarda uxlashga ham majbur bo‘lgan. Jim yetishmovchilik tufayli o‘smirlik chog‘idayoq ota-onasining ishiga yordam berar, farrosh va qo‘riqchi bo‘lib ishlar edi.

    Mila Kunis

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Mila Kunis ukrainalik muhojirlar oilasida o‘sgan. Qiz 7 yoshga kirganida ular oilaviy AQShga ko‘chib ketgan. Aktrisaning ota-onasi tom ma’noda hayotni noldan boshlashi kerak edi. Kunisning aytishicha, ularning moliyaviy ahvoli shunchalik achinarli ediki, ba’zida oila kechki ovqatga ketchupdan tayyorlangan sho‘rva ichardi.

    Jastin Biber

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Millionlab muxlislarning kumiri ham bolaligida moddiy qiyinchilikka uchragan oilada o‘sgan: uni onasi tarbiyalagan. Ular sichqonlar bilan to‘la uyda yashagan va hamma joyda sichqonchaning qopqonlari bo‘lgan. “Mening haqiqiy karavotim bo‘lmagan. Xonamda ko‘k rangli yig‘iladigan divanda uxlardim. Muzlatgichda ham hech narsa bo‘lmagan, faqat maktab tushligi, makaron va pishloqdan tashqari”, deb eslaydi xonanda.

    Keyt Uinslet

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Keyt Uinsletning ota-onasi aktyor. “Titanik” yulduzining bolaligi ham qiyinchilikda o‘tgan. Oilani boqish uchun aktrisaning otasi pochtachi bo‘lib ishlagan va hatto asfalt ham yotqizgan. Uinslet birinchi videomagnitofonni faqat uning 12 yoshida olinganini eslaydi.

    Billi Bob Tornton

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Billi Bob Tornton Arkanzas shtatidagi katta oilada o‘sgan. Ular oilasi kambag‘al bo‘lib, oziq-ovqat yetishmas edi. Aktyor yoshligidan oilasiga yordam berish uchun ishlagan. Maktabda o‘qish bilan bir qatorda u fabrikada ishlagan va mahalliy guruhlar bilan birga chiqish qilgan.

    Demi Mur

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Demi Murning ota-onasi uning tug‘ilmasidan oldin ajrashgan. Bo‘lajak aktrisa 3 oylik bo‘lganida onasi boshqa erkakka turmushga chiqqan. Uydagi muhit nihoyatda yomon edi. Oila doimiy ravishda bir shahardan boshqasiga ko‘chib o‘tib, oxir-oqibat Los-Anjelesga joylashgan, u yerda Murning modellik, keyin esa kino karyerasi boshlandi.

    Jeki Chan

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Jeki Chan Gonkongda xitoylik qochqinlar oilasida tug‘ilgan. Uning hayoti alohida film bo‘lishga arziydi. Aktyorning onasi shoshilinch ravishda kesarcha kesish orqali bolani dunyoga keltirishi kerak bo‘lgan. Ammo operatsiya narxi oila uchun juda qimmatlik qilgan va yosh ota-ona hatto bolani britaniyalik shifokorga 200 dollarga sotish haqida o‘ylab ko‘rgan.

    Yaxshiyamki, qarindoshlar ularni bu qarordan qaytargan. Er-xotin Fransiya elchixonasiga ishga kirgach, oilaning moddiy ahvoli biroz yaxshilangan. Bo‘lajak aktyorning onasi xizmatkor, otasi esa oshpaz bo‘lib ishlagan. Pul tanqisligidan ular arang hayot kechirgan. Keyinchalik uning ota-onasi Jekini Pekin opera maktab-internatiga yuborgan, u yerda 10 yil davomida Jeki akrobatika, qo‘shiq kuylash, jang san’ati va pantomima bilan shug‘ullangan.

    Bo‘lajak aktyor maktabda kelajakdagi karyerasiga yordam beradigan ko‘nikmalarni o‘rgangan bo‘lsa-da, u yerda o‘tkazgan yillar juda og‘ir kechgan, shuning uchun u hanuzgacha o‘sha vaqtlarni eslashni xohlamaydi.

    Mavzuga doir:

    • Maktabda “ikkichi” bo‘lishiga qaramay olamshumul muvaffaqiyat qozongan mashhurlar (foto)
    • “Ularga qachonlardir odam bo‘lmaysan, deyishgandi”. Jahon yulduzlarining hech qachon taslim bo‘lmaslikka undovchi hikoyalari (foto)
    • Jahonga mashhur Gollivud yulduzlari maktab bitiruv oqshomida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)
    • Karyerasining avvalida tunashga ham joyi bo‘lmagan Gollivud yulduzlari (foto)

    10.11.2021, 12:46   Izoh (0)   28365
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muhabbat Hamroyevani yig‘latgan, Tolibjon Isroilovni o‘zidan uyaltirgan, Umida Mirhamidovani azoblagan Aziza Niyozmetova xotirasi (video)

    10.11.2021, 10:22

    Avaz Oxun ustozi Hojiboy Tojiboyevning o‘limi bilan bog‘liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi (video)

    09.11.2021, 19:56

    “Yangi loyihalarga taklif bo‘lgani yo‘q”. “Kalmar o‘yini” yulduzi Li Jon-je serialdan keyingi hayoti haqida so‘zlab berdi

    09.11.2021, 17:39

    Instagram: “Mitti vine” uylandi, Munisa Rayhon bilan yarashib oldimi? Aziz Rametovning to‘y sanasi aniq bo‘ldi

    08.11.2021, 22:27

    Qo‘l mehnati va million dollar: mashhurlarning eng hashamatli zargarlik buyumlari (foto)

    08.11.2021, 14:28

    Mashhurlarning ularga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan qiyofadoshlari (foto)

    08.11.2021, 12:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00

    Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:50

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:30

    “Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va quritilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor” — prezident

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:28

    Tramp AQSHni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga tortishni istamasligini ta’kidladi

    Dunyo | 18 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 iyun, 23:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.