Har bir xalqning o‘ziga xos yosh ko‘rinish siri bo‘ladi. Ayrim go‘zallik muolajalaridan bir necha asrlardan buyon foydalaniladi. Indoneziyalik 53 yashar ayollarning 35 yosh ko‘rinishi buning isboti.
Guruchdan tayyorlangan undan foydalanadi
Indoneziyalik ayollar guruch unidan terisi uchun niqob tayyorlaydi. Tana uchun maydalangan guruch, zanjabil, yong‘oq, dolchindan tayyorlangan aralashmadan foydalanadi. Maydalangan bu kabi mahsulotlardan tayyorlangan skrab teri uchun ayni muddao.
Teridagi burmalarni hosil bo‘lishining oldini oladi
Balilik ayollar boshidan tortib oyog'igacha tanasi haqida qayg‘urishga harakat qiladi. Ularning fikricha, teridagi burmalarni yo‘q qilishdan ko‘ra, ularning paydo bo‘lishining oldini olgan yaxshi. Balida eng ko‘p tarqalgan muolajalardan biri qorin uchun niqob qilish. Buning uchun ular guruch va zanjabil ildizidan foydalanadi. Bu mahsulotlar teri elastikligini oshiradi. Aksariyat hollarda ayollar tug‘ruqdan keyin shunday aralashmadan qorin sohasiga surtib, massaj qiladi.
Papayya va uning urug‘i
Indoneziyalik ayollar sut va papayyadan pyure qilib, uni yaltirashi uchun yuz terisiga surtadi. Sochlar qalin va yaltiroq ko‘rinishi uchun papayya urug‘i suv bilan aralashtiriladi. Aralashmani boshga surtib, bir soatdan keyin yuvib tashlanadi. Ushbu muolaja soch rangini o‘ziga xos va jilokor qiladi.
Echki sutidan vanna
Bunday muolaja terini yosh va go‘zal saqlashga yordam beradi. 30 daqiqalik jarayondan keyin natija darhol seziladi.
Kremlardan o‘ziga xos tarzda foydalanish
Avvaliga sochlarga avokadoli niqob surtiladi, keyin bug‘da tutib turiladi. Shundan keyin bosh terisi, yelka va bo‘yin sohasi massaj qilinadi. Jarayon boshni yuvish va sochni fen qilish bilan tugaydi.
Haftada ikki marta massaj
Indoneziyada massaj yoshlik va go‘zalligini saqlashni istaganlar uchun eng asosiy muolaja hisoblanadi. Zamonaviy brendlardan biri Nonita Respatining aytishicha, u amal qiladigan alohida go‘zallik muolajalari bor. Manikyur va pedikyurdan tashqari, u har kuni yuzi va sochi uchun parvarishlaydigan niqob qiladi. Haftada ikki marta massajga boradi.
Hayotdan mamnunlik
Indoneziyadagi eng mashhur blogerlardan biri Puspa Devi 53 yosh bo‘lsa ham 35 yashardek ko‘rinadi. Baxtiyorlik unga ichki va tashqi go‘zallikni saqlashga yordam beradi.
Mavzuga doir:
- Sifatli tibbiyot, bepul mashg‘ulotlar: Singapurliklarning uzoq umr ko‘rish siri nimada?
- Saratonni yenggan 118 yashar Kane Tanakaning uzoq umr ko‘rish siri nimada?
- 60 yoshda 20 yoshdek ko‘rinish mumkinmi? Yosh shunchaki raqam ekanini isbotlovchi yulduzlar (foto)
- Go‘zalligi bilan butun dunyoni maftun qilgan osiyolik ayollar (foto)
- Yapon ayollarining 40 yoshda ham 20 yashar ko‘rinishi siri nimada?
Izoh (0)