• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qarilik – yakun emas, balki yangi sahifa. 64 yoshida ishdan bo‘shatilgan, umidsizlikka tushgan, so‘ng o‘z kompaniyasini ochgan Pol Tesner muvaffaqiyati

    Qonga singganmi yoki qarashlar shunday shakllanganmi, har holda o‘zbekistonliklarning aksari nafaqa yoshiga yetgach, oyoqni bahuzur cho‘zib, keksalik gashtini surishni mo‘ljallaydi (hali bungacha ancha vaqt borligini bilsa-da). Kunini ham ko‘pincha gap-gashtak, choyxona-guzarda o‘tkazadi. Biroq rivojlangan davlatlarda keksalik — el qatori ishlash, hatto yoshlikda ushalmagan orzularni amalga oshirish uchun qulay fursat.

    Masalan, fizika bo‘yicha 2021-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari, 90 yoshida tarixda qolgan Syukuro Manabe va Klaus Hasselman yoki 75 yoshida innovatsiyalarga rahbarlik qilayotgan amerikalik tadbirkor Pol Tesner hayoti va keksalikdagi achchiq tajribalari bunga misol.

    Pol Tesnerning PulpWorks kompaniyasi biologik parchalanadigan qadoqlarni loyihalashtiradi va ishlab chiqaradi.

    Pol Tesnerning PulpWorks kompaniyasi biologik parchalanadigan qadoqlarni loyihalashtiradi va ishlab chiqaradi.
    Foto: PulpWorks / Metyu Gush
    Kunlarning birida 64 ga kirgan, Method cleaning products’da operatsiyalar bo‘yicha katta direktor bo‘lib ishlaydigan Pol Tesnerni ijrochi direktor huzuriga chaqiradi. Keyin bilsa, bu xayrlashuv uchrashuvi ekan. 2009-yil, yangi yil oqshomidan sal avval ro‘y bergandi bari. San-Fransiskoda bayram shukuhi kezardi. Rafiqasi va do‘stlari uni restoranda kutishar, “Salom-alikdan keyin ularga: ‘Meni bo‘shatishdi!’ desam, hammasi xandon otib kuldi”.

    Tesner ularga hazillashmayotganini aytadi. “Ko‘p ichdim o‘sha tunda”, deydi u va kelajakdan xavotirlanish o‘rniga o‘zini ancha yengil sezganini eslaydi. “Ishdan bo‘shatishganini aytish juda g‘alatiligini bilaman. Lekin bu ertaga nima bo‘lishini o‘ylab olish uchun juda yaxshi imkoniyat edi”.

    U 40 yilini ishlab chiqarish, qadoqlash va yetkazib berishga sarflaydi. Atrofdagilar bilan muomala-aloqasi ham bir o‘zanga tushib olgandi. Maslahatchi hisob-kitob qiladi, biroq “men go‘yo yog‘och buyumlar orasiga singib ketgandek sezardim o‘zimni. Tashqariga otilib chiqib ketgilarim keldi. Bu karyeramning so‘nggi sahifalari edi. Hammasini shu zayl (o‘ta diqqinafas pardalarda) tugatishni istamagandim. O‘zimga bosim o‘tkazib, o‘zimni qiynab, mutlaqo yangi, avvalgidan-da qiziqroq imkoniyat izlashga tushdim”.

    Bugun 75 yoshni qarshilagan Tesner ko‘zlari va quloqlarini har doim kattaroq ochishini aytadi. “Atrofingdagilar bilan suhbatlash. Eshit. Zamon qayerga qarab ketayotganini angla, odamlardan g‘oyalar ol”. 2011-yili hamkori Yelena Olivari bilan PulpWorks (“Sellyuloz-qog‘oz kombinati”)ga – chiqindilardan mahsulotlarni bezatish va qadoqlash korxonasiga asos soladi.

    Mijozlari tizmasi ayni kunlarda Google’dan Campbell’gacha. O‘zingni o‘zing qaytadan kashf etishning sira erta-kechi yo‘qligi haqidagi nutqi esa shu choqqacha 2 million marta ko‘rilgan.

    G‘oya ilk daf’a xayolda aylanganida uni amalga oshirishning imkoni yo‘q edi. “Ayrimlar buni tikkasiga rad etishardi. Hech kim mening yoshimda kompaniya ochgan odamga shundoqligicha qarz berishni xohlamasdi. ‘Nafaqaga chiqqaningiz ma’qul. Qarilik gashtini sursangiz-chi!’ derdi hammasi”.

    Nihoyat, u unga ishonadigan sarmoyador bilan yuzma-yuz ko‘rishishga taklif etiladi. “‘Axiyri, kam-kamdan tishlasak bo‘ladigan manbani topdik-a’, dedim o‘zimga o‘zim”. Biroq sarmoyador unga ishonqiramay muomala qiladi: startaplar yoshlar uchun, Tesner esa oila davrasida vaqtichog‘lik qilib, bahuzur hordiq chiqargani ma’qul.

    “Agar bu suhbat telefon yoki elektron pochta orqali bo‘lganida edi, bilmadim, rosa asabim qo‘zib, ko‘nglim cho‘kkan bo‘larmidi... Lekin siz meni idorangizga chaqirib, umrimning bir kunidan naq yarmini o‘g‘irladingiz. Endi hayotimning qolgan kunlarida sizning naqadar kalta o‘ylaganingizni eslab o‘taman”, dedim. Tesner bu javobidan o‘shanda “juda g‘ururlangandi”.

    Biznes uchun g‘oyalar Tesnerning ongiga doimiy ish bor paytlari o‘rnashib bo‘lgandi. Lekin asosiy vazifasi sabab ularning ortidan ergasholmasdi. Xo‘sh, shunda avvalgi g‘oya-fikrlarning ichi bo‘sh, ovozi past bo‘ladimi yoki Tesnerning bunga qurbi yetmasligi?

    “Oilaviy va moliyaviy majburiyatlarimni ro‘kach qilaverdim. U qadar yengiltak, tarallabedod bo‘lolmasdim. Ochig‘ini aytganda, hech narsa meni orqaga qaytarolmasdi” – deydi u. “Ayolim ham meni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardi. Xulosa shuki, kamina behad qo‘rqardim”.

    “Kuch-g‘ayratga to‘la yigit” payti Tesner miyasidagi g‘ujg‘on g‘oya-rejalarini amalga oshirolmagan bo‘lsa, qarigan, tobora kuchdan qolayotganida o‘ylaganlarini amalga oshiroldi. “Ahamiyatsiz bari, shunday emasmi?” – deydi u. Ehtimol, uning bu holatida harakatlari sekin o‘ylaganidan kelib chiqar...

    PulpWorks ishlab chiqaradigan mahsulotlardan namuna.

    PulpWorks ishlab chiqaradigan mahsulotlardan namuna.
    Foto: PulpWorks

    “Aks ta’sirimni kuzatadigan darajada aqlli bo‘lganimda, balki buni uzoq yillar oldin fahmlarmidim”, – deydi u. O‘zining ilk ishlab chiqarish biznesida u “g‘ayrioddiy, qiziquvchan” tadbirkorlar bilan uchrashishiga to‘g‘ri kelib, ularni bir ko‘rishda ma’qul topadi. “Bu menga chalingan qo‘ng‘iroq bo‘lgan-ov – bu ayni o‘zim istagan joy. Bunga ko‘proq e’tibor qaratishim kerak edi avval boshdan”.

    PulpWorks’ning vazifasi – PVX blisterli paketlar va ko‘pikli plastmassa kabi toksik qadoqlarni shaxsiy kompostlanadigan, biologik parchalanadigan, 100% chiqindilardan tashkil topgan tolali mahsulotlarga aylantirish orqali “yaxshiroq dunyoni shakllantirish”. Yangi qadoqlash uslubi “biz yashab, eskirtirgan dunyo”ni tubdan o‘zgartirishga mo‘ljallangan.

    2013-yilda o‘tkazilgan Global ijtimoiy tadbirkorlik tanlovida Pol Tesnerning kompaniyasi ham g‘olib bo‘lgan. 

    2013-yilda o‘tkazilgan Global ijtimoiy tadbirkorlik tanlovida Pol Tesnerning kompaniyasi ham g‘olib bo‘lgan. 
    Foto: Throomers
    Kompaniya hozir o‘n yoshda. Ishxonada Tesnerning nechaga kirganiga birov e’tibor bermaydi. Darvoqe, o‘zining yoshga oid qarashlari ham allaqachon o‘zgargan. “Qanday insonga evrilganimdan faxrlanaman. Oltmishni qoralaganimda juda xijolat bo‘lardim. ‘Nahot, 64 ga kirdim!’ – derdim. Lekin 70 ni to‘ldirganimda barcha taqiqlarni unutdim. Hozir qirchillama yigitman! Mabodo, yetmishga kirgan bo‘lsangiz, yetmish qirchillama 30 yosh emas. Siz yetmish yoshdasiz! Bu borada mutlaqo xotirjamman.
    09.11.2021, 14:56   Izoh (0)   24383
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afg‘oniston milliy qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’ud Emomali Rahmondan yordam so‘radi

    09.11.2021, 14:11

    BMT tinchlikparvarlari olmoslar kontrabandasida gumonlanmoqda

    09.11.2021, 13:57

    AQShda afg‘on qochoqlari hujjatlarni taqdim etishdagi bojlarni to‘lashdan ozod etiladi

    09.11.2021, 13:42

    AQShning sobiq prezidenti Obama Putinni tanqid qildi

    09.11.2021, 11:07

    Nigeriyadagi maktabda sodir bo‘lgan yong‘inda 25 bola halok bo‘ldi

    09.11.2021, 09:10

    Germaniyada iyul oyidagi suv toshqinlaridan ko‘rilgan zarar qariyb 30 milliard yevroga baholandi

    09.11.2021, 08:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olimlar inson miya hujayralarini sichqonlarga ko‘chirib o‘tkazdi

    Dunyo | 18 avgust, 15:40

    Sochi o‘ziniki emasligini yashirmaydi: Gollivud yulduzlari haqidagi ko‘pchilik bilmaydigan faktlar

    Shou-biznes | 18 avgust, 15:30

    “Har tong qo‘rquv bilan uyg‘onardik” — O‘zbekiston boshpana bergan falastinliklar hikoyasi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 15:12

    Rodrigo “Liverpul”ga o‘tishni xohlamoqda

    Sport | 18 avgust, 15:05

    Isroil G‘azoda falastinliklarni atayin och qoldirmoqda — Amnesty International

    Dunyo | 18 avgust, 14:50

    Meteorit zarbasidan tirik qolgan dunyodagi yagona ayol — Enn Hodjes hikoyasi (foto)

    Ilm-fan | 18 avgust, 14:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.