• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Uyida chaksa uni yo‘q, tom boshida qo‘sh tandir” — yozuvchi Ulug‘bek Hamdam Nurafshonda 28 mlrd so‘m evaziga qurilishi rejalashtirilayotgan haykal majmuasi haqida

    Taniqli yozuvchi Ulug‘bek Hamdam Facebook’dagi sahifasi orqali Toshkent viloyati Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova nomiga haykal majmuasini qurishga 28,4 milliard so‘m ajratilgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar yuzasidan fikr bildirdi.

    Foto: Facebook / Ulug‘bek Hamdam

    Foto: Facebook / Ulug‘bek Hamdam

    U “Uyida chaksa uni yo‘q, tom boshida qo‘sh tandir” maqolini misol sifatida keltirib, amaldorlar shundan xulosa chiqarib ish ko‘rsa, O‘zbekiston gulistonga aylanib ketishini yozgan.

    Oh, mening dono xalqim! Ko‘pni ko‘rgan donishmandim!!!

    Qani endi bu, xudoyim to‘g‘ri yo‘lga solgur ayrim amaldorlarimiz sening maqollaring mag‘zini chaqib, ulardan xulosa chiqarib yashasa-yu, yurtimiz gulistonga aylansa!..

    O‘zbekistonda Zulfiya opa qismatini yoritib berguvchi yaxshi bir film ishlandi. Elning e’tibori qaratildi, duolar qilindi. Mamlakatning hozirgi holida bir inson qismatiga shu e’tiborning o‘zi juda katta yaxshilik! Bu ishning yaxshilik ekanini aytdik, mana, yana aytyapmiz.

    Tag‘in e’tibor ko‘rsatmoqchi bo‘lsalaring, otangizga boz rahmat, deymiz. Lekin har bir narsaning o‘z o‘rni, yo‘rig‘i, me’yori, usuli bor axir. Odamlarimiz topib aytayotganidek, ana, o‘sha regionga kerakli shifoxonami, maktabmi qurib, opaning nomi bilan atanglar!

    “Mening ota-onam ‘Zulfiya shifoxonasi’da davolanib chiqishdi, shifoxonamisan shifoxona, do‘xtirlari zo‘r! Baraka topishsin! ‘Zulfiya’ga boringlar, ‘Zulfiya’ga!”, yoki “Mening o‘g‘lim ‘Zulfiya’da o‘qidi-da, o‘shanchun institutlarga kirib ketdi.

    O‘qituvchilariga balli. Siz ham qizingizni “Zulfiya maktabi”ga bering, aylanay!”, deya el-yurt gapirsa, duolar qilsa, qanchalar yaxshi. Duo Zulfiya opa va uning o‘g‘illariga borsa, shifoxona-yu maktabdan kelgan foyda elga tegadi. Yoki yo‘qmi?!.. Yahudiylarning “pul topishdan oldin uni sarflashni o‘rgan!” degan bir maqoli bor.

    Biz topgan yoki qarz olgan pulimizni hasham-u to‘yga, haykal-u beton binolarga sarflab, kelajak degan daraxtning ildiziga bolta uryapmiz, ha! 100 yil burun shuni aytib, jadid bobolarimiz kuyib-yonib ketishgandi.

    Hozirda xalqimizning asosiy qismi o‘rtachadan ham pastroq, ya’ni uyida chaksa unsiz holda kun ko‘rayotgan bir paytda bitta haykalga xalqning pulidan shuncha mablag‘ (28 milliard so‘m-a!) ajratish tomboshiga qo‘shtandir o‘rnatish deganidir. Xalq uyini, omborini unga to‘ldirib qo‘ying, keyin qo‘shtandir nima bo‘pti, mingtandir quring, yarashadi. Aks holda... aks holda, ko‘pchilik aytayotganidek, “pul yuvish operatsiyasi” degan tamg‘adan qochib qutulib bo‘lmaydi.

    Ulug‘bek Hamdam, yozuvchi

    Toshkent viloyati hokimining farmoyishiga ko‘ra, Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova nomiga haykal majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish ishlari uchun 28,4 milliard so‘m ajratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Nurafshon Business City hududida zamonaviy kutubxona binosining qurilishi uchun 6 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

    Umumiy qiymati 34,4 milliard so‘m bo‘lgan (8-noyabrdagi Markaziy bank kursi bo‘yicha 3,2 million dollar) mablag‘lar viloyat mahalliy budjetining 2021-yil III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan ajratiladi.

    Viloyat hokimligi ushbu rejalashtirilayotgan xarajatlarning asosligi bo‘yicha jamoatchilikdan kelib tushgan savollarga javoban ma’lumot bergan bo‘lib, unda bo‘lajak memorial majmua 2,97 gektar hududda park, o‘yin va piknik maydonlari, amfiteatr, terassali va yopiq turdagi kafelar, favvoralar, tashrif buyuruvchilar uchun qulay o‘rindiqlar va yashil hududlar, piyodalar va velosipedchilar uchun qulay yo‘laklar, bolalar maydonchalarini o‘z ichiga olishi aytilgan.

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi

    Xabarda ta’kidlanishicha, memorial majmuani qurish tashabbusini Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni viloyatdagi saylovchilari bilan uchrashuv davomida ko‘plab takliflar qatorida bildirgan.

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi

    Viloyat ma’muriyatining ma’lumotlariga ko‘ra, tenderda g‘olib chiqqan qurilish kompaniyasi, ayni vaqtda loyihalash ishlari bilan shug‘ullanmoqda.

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi

    “Gazeta.uz”ning hokimlikdan aniqlik kiritib yozishicha, loyihani 2007-yilning aprelida Qarshida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Qashqadaryo Maks Servis Qurilish xususiy korxonasi amalga oshiradi. Kompaniyaning yagona ta’sischisi sifatida Mahfirat Shodiyevna Boymatova ko‘rsatilgan, rahbar — Bahodir Shokir o‘g‘li Yo‘ldoshev.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Mablag‘ yordamida 1,1 gektar yer maydonida zamonaviy 3 qavatli kutubxona qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, inshoot funksional zonalar va kompyuter uskunalari bilan jihozlanadi. Internet, axborot resurslari va milliy elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi

    “Davlat rahbari tashabbusi bilan qurilishi rejalashtirilgan ushbu inshootlar viloyat aholisi, yoshlari va mehmonlari uchun nafaqat maroqli hordiq chiqarish, balki ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni yuksaltirish yo‘lida ham muhim qadam bo‘ladi”, — deyiladi hokimlik xabarida.

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi

    “Hurmatli jurnalist va blogerlarimizdan bu mavzudagi axborotni tarqatishda tafsilotlarga e’tibor qaratishlarini so‘raymiz. Qurilish ishlarining borishi va unga sarflanayotgan mablag‘lar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha axborot berib boriladi”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

    Ma’lumot uchun, Zulfiya Zokirova Ikkinchi Jahon urushida beshta o‘g‘lini yo‘qotgan ona hisoblanadi. Zulfiya Zokirova taqdiri aks etgan “Ilhaq” filmi suratga olingan. Toshkentdagi g‘alaba bog‘ida ilk haykali o‘rnatilgan.

    08.11.2021, 14:45   Izoh (0)   27053
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekiston pochtasi”ning Toshkentning yangi metro yo‘llariga bag‘ishlangan markasida Moskvadagi monorels tasvirlangan bo‘lib chiqdi

    08.11.2021, 14:11

    Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov ishdan olinishi kutilmoqda

    08.11.2021, 13:13

    Qashqadaryoda o‘z ukasining oyoq-qo‘llarini sim bilan bog‘lab, tiriklayin yoqib yuborgan aka ushlandi

    08.11.2021, 12:44

    O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmidan harorat 21 darajagacha ko‘tariladi

    08.11.2021, 12:30

    O‘zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlarida ishlayotgan fuqarolar suhbat asosida OTMga o‘qishga qabul qilinadi

    08.11.2021, 12:01

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 9-noyabr kuni yomg‘ir yog‘adi

    08.11.2021, 11:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.