• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tojikistondagi “sirli bino” Afg‘oniston Milliy qarshilik frontining ofisimi yoki Ahmadshoh Mas’udga tegishli fondmi?

    Tojikistonda Asia-Plus nashrining Afg‘oniston elchixonasidagi manbasi 29-oktabr kuni Dushanbeda Afg‘oniston Milliy qarshilik frontining vakolatxonasi ochilganini ma’lum qilgandi. Biroq o‘sha kuni kechqurun elchixona nashrga raddiya yubordi, unda bu ma’lumot noto‘g‘ri ekani aytilgan. Shundan so‘ng nashr muxbiri o‘sha ofisni shaxsan ko‘rishga bordi.

    Afg‘oniston Milliy qarshilik frontining yetakchisi Ahmad Mas’ud

    Afg‘oniston Milliy qarshilik frontining yetakchisi Ahmad Mas’ud
    Foto: Twitter

    Afg‘oniston elchixonasidagi manbaga tayanib e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Dushanbeda Afg‘oniston Milliy qarshilik frontining ofisi ochilgan. Holbuki, diplomatik missiya rahbariyati Milliy qarshilik ofisi ochilgani haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligi, bu axborot butunlay noto‘g‘ri va asossiz ekanini bildirgan.

    “Ta’kidlab o‘tish joizki, hozirgi nozik siyosiy davrda bunday xabarlarning e’lon qilinishi ham qo‘shni, ham do‘st davlatlar zarariga ishlab, Tojikiston Respublikasi va Afg‘oniston dushmanlarining manfaatlariga xizmat qiladi. Bunday noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish hozir aziyat chekayotgan afg‘on xalqini qurol kuchi bilan boshqarmoqchi bo‘lganlar uchun foydali bo‘ladi”, — deyiladi elchixonaning raddiyasida.

    Asia-Plus’ning Afg‘oniston elchixonasidagi manbasi Afg‘oniston Milliy qarshilik frontining ofisi Dushanbedagi Dostoyevskiy ko‘chasida joylashganini xabar qilgandi. Nashr suhbatdoshiga ko‘ra, u yerda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirdan so‘ng ofis jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazadi, unda Tojikistondagi faoliyati dasturi haqida axborot beradi.

    Avvalroq bir qancha ekspertlar ham Afg‘oniston Milliy qarshilik frontining ofisi ochilgani haqida xabar bergan. Xususan, bu haqda tojikistonlik yozuvchi Amiri Zamon aytgan, Rossiya siyosatshunoslar jamiyati tahliliy markazi direktori, Afg‘oniston siyosatini o‘rganish markazi rahbari Andrey Serenko ham o‘zining Telegram kanalida bu ma’lumotni tasdiqlagan.

    Bu orada “Sputnik Tojikiston” Dushanbeda Milliy qarshilik ofisi emas, balki Ahmadshoh Mas’ud fondi ochilgani haqida xabar berdi. Fond rahbari Ahmad Vali Mas’udning aytishicha, u bir necha yil avval ro‘yxatdan o‘tgan, ammo Afg‘onistondagi beqaror vaziyat tufayli loyiha keyinga surilgan. Nashrning yozishicha, fond 2018-yilda Tojikistonda, shuningdek, bir qator boshqa mamlakatlarda ro‘yxatga olingan. Fondning maqsadi xayriya ishlari va madaniy loyihalardir.

    Mas’ud ofisi/fondiga jurnalistlar kiritilmaydi

    Asia-Plus muxbiri ko‘rsatilgan manzilda bo‘lgan. Darvoza oldida bog‘bonlar hududni obodonlashtirgan. Ular muxbir bilan suhbatda bu yerda 20 kun oldin ish boshlagani, binoning Afg‘oniston fuqarolariga tegishli ekanini aytdi. Suhbat vaqtida ishchilardan birini binoning yonida turgan qo‘riqchi chaqirgan. U jurnalist kelganidan xabar topib, boshqa qo‘riqchilarga uni darvozadan tashqariga chiqarishni va Ismoil ismli kishi bilan telefonda gaplashtirishni buyurgan. Qo‘riqchi Ismoilga qo‘ng‘iroq qilib, go‘shakni jurnalistga bergan, u Asia-Plus muxbirining savolini tinglab, jurnalistlarga “bu yerga kelmaslikni” tavsiya qilgan.

    Qayd etilishicha, Asia-Plus jurnalistiga nafaqat hududga kirish, balki binoni tashqaridan suratga olishga ham ruxsat berilmagan. Ko‘rsatilgan manzildagi bino aslida nima ekanini, agar u shunchaki xayriya va madaniy fond bo‘lsa nega kirish eshigi jurnalistlar uchun yopilganini aniqlashning iloji bo‘lmagan.

    Nashrni qiziqtirgan yana bir savol shuki, nega elchixonaning o‘zi Afg‘onistondagi beqaror vaziyat tufayli faoliyatini keyinga qoldirayotganini aytayotgan bir paytda fond birdan ishlay boshladi? Afg‘onistondagi vaziyat to‘satdan yaxshilanib qoldimi?

    Mas’ud Tojikistondami?

    Avvalroq Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining axborot departamenti Asia-Plus’ga Tojikistonda Afg‘oniston Milliy qarshilik ofisi tashkil etilgani haqida ma’lumotlarga ega emasligini bildirgan.

    Ayni paytda Ma’sudning o‘zi hozir haqiqatdan respublikadami yoki yo‘q, degan savolga ham javob topilgandek bo‘ldi. Bu haqda bir necha kun avval Panjsher viloyati gubernatorining sobiq o‘rinbosari Kabir Vasikka tayanib, “TASS” xabar bergan edi.

    Xususan, Vasik shunday degan: “Ahmad Mas’ud hozir Tojikistonda, lekin ba’zan Afg‘onistonga borib turadi, u yerda mamlakatning turli mintaqalaridagi qarshilik guruhlari bilan uchrashadi”.

    Umuman olganda, kichik Mas’udning Tojikistonda ekani haqidagi mish-mishlar sentabr oyida, toliblar Panjsherda operatsiya boshlagan paytda tarqalgan. Uning barcha bevosita tarafdorlari bu xabarni inkor etib, Ahmad Mas’ud Panjsherda ekanini da’vo qilmoqda. Uning aynan qayerda ekaniga xavfsizlik nuqtayi nazaridan aniqlik kiritilmagan.

    Mas’udning o‘zi esa anchadan beri videomurojaat yo‘llamagan.

    Mavzuga doir: Taniqli afg‘on qo‘mondoni Ahmadshoh Mas’udning o‘g‘li “Tolibon”ga qarshi kurash kuchlarini tuzdi. Ushbu qo‘shinning toliblar bosimiga yana qancha vaqt dosh berishi noma’lum

    07.11.2021, 10:19   Izoh (0)   59900
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShda yadroviy zarbani birinchi amalga oshirish prinsipi bo‘yicha kelishmovchilik mavjud — Politico

    07.11.2021, 09:05

    Gruziya Davlat xavfsizlik xizmati Saakashvili davlat to‘ntarishini rejalashtiryapti deb hisoblamoqda

    07.11.2021, 08:31

    Omadsiz yakunlangan “Porox fitnasi”. Britaniya parlamenti binosini portlatishga uringan Gay Foks kim edi?

    06.11.2021, 18:02

    Zelenskiy oligarxlar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ularga siyosiy partiyalarni moliyalashtirish va yirik korxonalarni xususiylashtirish taqiqlandi

    06.11.2021, 16:42

    Xitoy Pentagonning “Xitoy tahdidi” borasidagi hisobotiga norozilik bildirdi

    06.11.2021, 14:46

    Muhtasham yuz yil. Qudratli va o‘ta mashhur hukmdor — sulton Sulaymon I Qonuniy

    06.11.2021, 07:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Indoneziya aviakompaniyalariga O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlariga parvoz qilish huquqi berildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 10:24

    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

    Reklama | 6 avgust, 10:30

    Generallar Putinga Ukraina mudofaasi 2-3 oyda qulashiga va’da berdi — Reuters

    Dunyo | 6 avgust, 10:08

    Nima uchun Buyuk Britaniyada qirollik to‘y tortining bir bo‘lagi saqlab qo‘yiladi?

    Shou-biznes | 6 avgust, 09:58

    “Manchester Siti” himoyachisi Vitor Reys faoliyatini La Ligada davom ettiradi

    Sport | 6 avgust, 09:52

    Ukraina Rossiyaning yangi atom suvosti kemasi haqidagi ma’lumotni qo‘lga kiritdi

    Dunyo | 6 avgust, 09:48

    Xitoyda chivin orqali yuqadigan kasallik O‘zbekistonda tarqalmaydi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 09:37

    “Barselona” Erling Holand, Bredli Barkolya va Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

    Sport | 6 avgust, 09:26

    Zilzila oqibati: Rossiyaning yadroviy suvosti kemalari bazasiga jiddiy zarar yetdi

    Dunyo | 6 avgust, 09:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.