Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 13-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 7-noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Atletiko” safarda “Valensiya”ga qarshi bahs olib bordi. 35-daqiqada Luis Suares madridliklarning dastlabki golini urdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida maydon egalari avtogol evaziga muvozanatni tikladi. Shundan keyin “Atletiko” ikki daqiqa ichida ikki marta raqib darvozasini aniq nishonga oldi.
Barchasi “matraschilar”ning ishonchli g‘alabasi tomon ketayotgan bir vaqtda Ugo Duro qo‘shib berilgan daqiqalarda dubl qayd etgan holda, “Valensiya”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
“Atletiko” 12 o‘yinda 23 ochko to‘plagan holda 4-o‘rinda bormoqda va peshqadam “Real”dan 4 ochkoga ortda. “Valensiya” esa ochkolarini 17 taga yetkazib, 10-pog‘onaga ko‘tarildi.
Top-5 ligalar onlayn jadvallari, o‘yinlar taqvimi, to‘purarlar ro‘yxati — ko‘rish.
La Liga
13-tur bahslari
7-noyabr, yakshanba
“Valensiya” — “Atletiko” 3:3
Gollar: 0:1 – 35 Suares, 1:1 – 50, avtogol Savich, 1:2 – 58 Grizmann, 1:3 – 60 Vrsalko, 2:3 – 90+2 Duro, 3:3 – 90+6 Duro.“Valensiya”: Sillessen, Fulke, Alderete (Valexo, 85), Diakabi, Gayya, Soler (Kuandredi, 85), Gilyamon, Vass (Markos Andre, 65), Rachich (Musa, 65), Gedesh, Elder Koshta (Duro, 85).
“Atletiko”: Oblak, Trippyer (Vrsalko, 8), Savich, Ximenes, Ermoso, Karrasko, Koke, de Paul (Joau Feliks, 87), Suares (Errera, 87), Grizmann, Korrea (Kondogbia, 73).
Ogohlantirishlar: Gilyamon (76), Vrsalko (90).
Izoh (0)