Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oligarxlarning ta’siriga bog‘liq milliy xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: Twitter / @ZelenskyyUa

Foto: Twitter / @ZelenskyyUa

Qonunda “oligarx” ulkan media yoki siyosiy ta’sirga ega, aktivlari qiymati minimum yashash qiymati xarajatlaridan million marta oshgan (2,5 milliard griven yoki 95 million dollar) inson deya ta’riflangan. Ushbu toifaga mos keluvchi shaxslar maxsus reyestrga kiritiladi.

Oligarxlarga siyosiy partiyalarni moliyalashtirish, shuningdek, yirik korxonalarni xususiylashtirishda ishtirok etish taqiqlanadi. Amaldorlar oligarxlar bilan o‘tkazgan har bir uchrashuvi oldidan Ukraina Milliy xavfsizlik kengashiga xabar berishi kerak.

Qonunning amal qilish muddati 10 yil bilan cheklangan.

Zelenskiy mazkur qonunni Oliy radaga iyun boshida kiritgan va u sentabr oxirida qabul qilingan edi. Qonun ikkinchi o‘qishga 1,3 mingta o‘zgartirish taklif etilgani va hujjatning inson huquqlari normalariga mos kelishi borasiagi Vene komissiyasining xulosasiga yo‘qligiga qaramay, tezlashtirilgan tartibda qabul qilingan.

Prezident oligarxlar to‘g‘risidagi qonun loyihasining kiritilishini mamalkatda “oligarxik tizimni yo‘q qilish” zarurati bilan izohlagan.

Avvalroq Zelenskiy Qrim va Donbassni “Yevropa markazidagi ekobombalar” deb atagani, Ukraina prezidenti Rossiya bilan urush ehtimoli borligini tan olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-noyabr kuni 124 kishida koronavirus aniqlandi
Dunyo
Putinning askarlar onalari bilan uchrashuvi feykmi? Ushbu uchrashuvda aslida kimlar qatnashgani ma’lum bo‘ldi