Sirdaryoda 4-noyabr kuni boshlangan chang bo‘roni kechga borib Toshkentga ham yetib keldi. Chang tufayli atrofni ko‘rish darajasi cheklandi. Avtomobillar harakati sekinlashdi. Keyinroq “O‘zgidromet”ning buning oqibatida havodagi chang miqdori belgilangan me’yordan 5 barobarga oshganini bildirdi. Nafas olishda muammolar yuzaga kelgan poytaxt aholisi tibbiyot muassasalariga murojaat qilishni boshladi, 5-noyabr kuni esa Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarga chang bo‘ronida nimalar qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Quyida Toshkentda hamon kuzatilayotgan chang bo‘roni oqibati aks etgan suratlarini taqdim etamiz.
Mavzuga doir:
- “O‘zgidromet” 6-noyabr kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
- Chang bo‘roni sabab yuzaga kelgan nosozlik oqibatida Toshkentning katta qismi ichimlik suvisiz qoldi
- Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarga chang bo‘ronida ko‘chaga kamroq chiqish va niqob taqishni tavsiya qildi
- Qum bo‘roni Peshku hokimligi binosining tomini uchirib yubordi (video)
- Toshkentliklar nafas olishda yuzaga kelgan muammolar tufayli shifoxonalarga murojaat qilmoqda
Izoh (0)