Belgrad shahri mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining 2-noyabr kungi bahslari bo‘lib o‘tdi.
-92 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Madiyor Saidrahimov angliyalik Lyuis Uilyamsga qarshi ringga ko‘tarildi. Madiyor angliyalik raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Saidrahimov bundan avvalgi bosqichlarda belaruslik Vladislav Smyaglikov va qozog‘istonlik Aybek Oralbay ustidan g‘alaba qozongandi.
Shu tariqa 2-noyabr kungi bahslarda ishtirok etgan olti nafar o‘zbekistonlik bokschidan ikki nafari — Abdumalik Halokov va Madiyor Saidrahimov yarim finalga yo‘l oldi. Nodirjon Mirzahmedov, Saidjamshid Ja’farov, Lazizbek Mullajonov va Mujibillo Tursunov chorak finalda musobaqa bilan xayrlashdi.
Izoh (0)