• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Shuncha yil ‘qog‘ozda’ ekilgan daraxtlarni hisoblasa, O‘zbekistonda bo‘sh joy qolmasligi kerak edi” — Shavkat Mirziyoyev

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2-noyabr kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bu ikki masala ham Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida belgilangan muhim vazifalardan. Xalq bilan uchrashuvlarda davlatimiz rahbari inson qadrini ulug‘lash, munosib turmush sharoitlari yaratish asosiy maqsad bo‘lishini aytgan edi. Bularning bosh omili esa, avvalo, uyli bo‘lish, obod va fayzli yashashdir.

    So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ipoteka dasturlari doirasida 140 mingdan ortiq xonadonli uy-joylar barpo etildi. Bu undan oldingi yillarga qaraganda 10-martadan ham ko‘p.

    Mamlakatda har yili 300 mingga yaqin nikohlar qayd etilmoqda. Kelgusi besh yilda aholi soni 38 millionga yetishi kutilmoqda.

    Uylar qurilishi ko‘lami shunga muvofiq kengaytirib boriladi. Har bir hududda barpo etiladigan “Yangi O‘zbekiston” massivlari bunda muhim o‘rin tutadi. Kelgusi besh yilda ularda 250 mingdan ziyod oila uy bilan ta’minlanadi.

    Yig‘ilishda shu boradagi bunyodkorlik ishlarining tashkiliy, moliyaviy jihatlari muhokama qilindi.

    Prezident “Yangi O‘zbekiston” massivlari kompleks rivojlanish tamoyili asosida barpo etilishi kerakligini ta’kidladi.

    Ya’ni, har bir massivda sanoat loyihalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari va ijtimoiy infratuzilma bir vaqtda quriladi. U yerda odamlar ham uyli, ham ishli bo‘ladi. Kelgusi yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 40 ta shunday zamonaviy mavze barpo etish mo‘ljallangan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Bag‘dod tumanidagi yangi massivni ko‘rdingiz. Loyiha tayyor, endi tajriba ham bor. Faqat shu loyihani har bir hududga moslashtirish kerak. Ochiq tanlov o‘tkazish juda muhim. Ochiqlik, halollik bo‘lsa, sifat bo‘ladi, xalq oldida yuzingiz yorug‘ bo‘ladi”, – dedi Prezident mutasaddilarga.

    Qurilish vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga, har bir hududda yer maydonlarini aniqlab, ularning bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurish uchun kelgusi yilda 15 trillion so‘m ajratilishi belgilandi. Bu mablag‘ ipoteka krediti berish uchun banklarga yo‘naltiriladi. Qurilish investorlar hisobidan amalga oshiriladi.

    Davlat rahbari ehtiyojmand oilalarga ko‘maklashish, boshlang‘ich badal va foizlar bo‘yicha subsidiya berish muhimligini ta’kidladi.

    Kelgusi yili yangi massivlarda quriladigan uylarning mingtasi ehtiyojmand oilalar va yolg‘iz ayollar uchun davlat tomonidan sotib olinadi. Buning uchun, qurilish tashkilotlariga 220 milliard so‘m oldindan o‘tkazib beriladi.

    Bugungi kunda uylarning bir kvadrat metri narxi o‘rtacha 4 million 500 ming so‘mni tashkil etmoqda. Yig‘ilishda yangi massivlardagi narxni shu miqdorda saqlab qolish vazifasi qo‘yildi. Shu maqsadda, yangi massivlarni ichki va tashqi infratuzilma bilan ta’minlashga budjetdan har yili 1 trillion so‘m ajratilishi belgilandi.

    Kelgusi yildan sement ishlab chiqaruvchilardan foyda solig‘i 20 foizdan 15 foizgacha, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 2 baravarga kamaytirilmoqda. Shuningdek, sement importi uchun imtiyozlar muddati yana bir yilga uzaytiriladi. Bular ham uylar narxi sezilarli tushishiga sabab bo‘ladi.

    Yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari ham ko‘rib chiqildi. Bu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan.

    “Shuncha yilda ‘qog‘ozda’ ekilgan daraxtlarni hisoblasa, O‘zbekistonda bo‘sh joy qolmasligi kerak edi. Tizim, qarov bo‘lmagani uchun ekilganining ham ko‘pi qurib ketdi. Bugungi va kelgusidagi ekologik vaziyatni inobatga olib, daraxt ekishni davlat siyosati darajasiga ko‘taryapmiz. Shuning uchun bu umummilliy loyihani puxta tayyorgarlik bilan, puli, egasi, sug‘orish tizimi bilan amalga oshirish kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu bois, birinchi navbatda, mavjud va yangidan barpo etiladigan yashil maydonlarga tuman yoki shahar hokimining qarori bilan mas’ul belgilanadigan bo‘ldi. Ular daraxtlarni parvarishlash bilan birga, ushbu hududni obod saqlashga ham javob beradi.

    Obodonlashtirish bo‘limlari maxsus texnika bilan ta’minlanadi, zarur joylarda sug‘orish tarmoqlari barpo etiladi. Ekologiya, daraxt ekish va parvarishlash masalalariga hokimlarning qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari mas’ul bo‘ladi.

    Davlat rahbari ushbu savobli ishda har bir tashkilot, har bir fuqaro o‘z o‘rnini topishi kerakligini ta’kidladi.

    Ko‘p qavatli uylarga tutash hududlar uy-joy mulkdorlariga yashil maydonlar barpo etish uchun biriktiriladi va u yerda qurilish qilishga ruxsat berilmaydi. Muassasalar hovlisi, mahallalar, yo‘l va dala chetlariga daraxtlar ekiladi.

    Yig‘ilishda 10-dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi.

    O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga hokimlar bilan birga, har bir hududning iqlim sharoitiga mos ko‘chatlarni ko‘paytirish va yetkazib berish vazifasi qo‘yildi. Buning uchun, qo‘mita huzurida “Yashil hudud” unitar korxonasi va har bir viloyatda uning filiallari tashkil etiladigan bo‘ldi.

    Sohadagi ishlarda Ekologiya qo‘mitasining o‘rni ta’kidlanib, uning tuzilmasi, vakolat va vazifalari qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi.

    Yig‘ilishda sug‘orish tizimini yangilash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Hokimlarga irrigatsiya tarmoqlari qurish, quduqlar qazdirish va tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Ko‘chatchilikni rivojlantirish, kam suv talab qiladigan daraxt navlarini ko‘paytirish choralari ham belgilandi.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev 2022-yil uchun soliq tushumlari hamda budjet parametrlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

    02.11.2021, 22:19   Izoh (0)   43119
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Senatning yangi binosi yaqinidagi ko‘cha bir necha kun ketma-ket tig‘iz vaqtda ogohlantirishsiz yopib qo‘yildi

    02.11.2021, 21:46

    Andijonda 5 erkak tomonidan zo‘rlanganini aytgan kelinchakka jinoiy ish ochildi. U tuhmat qilishda ayblanmoqda

    02.11.2021, 21:25

    Ish joyida vafot etgan 33 yoshli prokurorning otasi kafolatlangan nafaqa pullarini to‘lamagani uchun Bosh prokuraturani sudga berdi

    02.11.2021, 20:11

    Toshkentda 8145 dona “Tropikamid” va boshqa kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

    02.11.2021, 19:26

    Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik fikri o‘rganilishini aytdi

    02.11.2021, 19:10

    “Yangi uy-joy mavzelari narxini bu yilgi darajada ushlab qolish zarur” — Shavkat Mirziyoyev

    02.11.2021, 18:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda ko‘prik qulashi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 16 iyun, 10:15

    “O‘zi bilib joyini bo‘shatib qo‘ysin” — Shavkat Mirziyoyev suyultirilgan gaz muammosi bo‘yicha rahbarlarga so‘nggi ogohlantirish berdi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 10:15

    Ko‘zoynak tanlashda eʼtibor qaratish lozim bo‘lgan 7 ta jihat

    Layfstayl | 16 iyun, 10:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Botafoga” ilk turda g‘alaba qozonib, “PSJ” bilan guruhda yetakchilik qilmoqda

    Sport | 16 iyun, 10:00

    “Hokim, vazirlar topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishlashga o‘tishi shart” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 16 iyun, 09:58

    Peruda zilzila oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi

    Dunyo | 16 iyun, 09:53

    “7-bo‘lmadagi mo‘jiza”: Janubiy Koreyaning oila davrasida tomosha qilishga mo‘ljallangan ajoyib filmlari

    Kino | 16 iyun, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.