Dimlangani hisobiga yumshoq bo‘lib pishadigan go‘shtning ta’mi sarimsoq va tomat pastasi bilan yanada mazali bo‘ladi.
Kerakli mahsulotlar:
- sarimsoq — 1 dona;
- mol go‘shti — 900 g;
- o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
- tuz, murch;
- tomat pastasi — 1 osh qoshiq;
- quritilgan rayhon — 1 osh qoshiq;
- lavr yaprog‘i — 1 dona;
- bulyon — 600 ml;
- qizil vino — 500 g;
- qovoq — 500 g.
- Piyoz va sarimsoqni maydalang.
- Mol go‘shtini 2 sm qalinlikda kesing.
- O‘simlik yog‘i solingan tovada piyozni qovurib oling.
- Sarimsoq qo‘shib qovurishda davom eting.
- Sabzavotlarga go‘shtni qo‘shib aralashtiring.
- Murch va tuz seping.
- Tomat pastasi qo‘shib aralashtiring.
- Quritilgan rayhon, lavr yaprog‘i, vino va bulyon qo‘shing.
- Qopqog‘ini yopib, ustini dimlang.
- Qovoqni ham go‘sht kattaligida to‘g‘rang.
- Go‘shtli aralashmaga qo‘shing.
Izoh (0)