Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumanida 1,8 milliard so‘mga kurant qurilishi boshlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar berdi.
Taqqoslash uchun, bu mablag‘ Chimboy tumanidagi 26-sonli maktab rekonstruksiyasiga, shuningdek, ikkita maktab filiali qurilishiga yetgan bo‘lardi, deb yozmoqda “Anhor.uz” davlat xaridlari portalida keltirilgan ma’lumotlarga tayanib.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning aprelida Qashqadaryoning Qarshi shahrida 1,3 milliard so‘m mablag‘ evaziga flagshtok bunyod etilishi rejalashtirilgandi. Bu holat jamoatchilik keskin tanqidlariga sabab bo‘lgach, viloyat hokimi bayroq ustuni o‘rnatishdan voz kechdi va shu maqsadda mo‘ljallangan mablag‘ni xaroba yotoqxonaga sarflashini ma’lum qildi. “Yonimizdagi yotoqxona xaroba ahvolda bo‘lsa-yu, biz ustun quramiz, deb xalqning jig‘iga tegib o‘tirsak”, — degan edi o‘shanda viloyat hokimi Zoir Mirzayev.
Izoh (0)