Sevib iste’mol qilinadigan ushbu sharqona shirinlik an’anaviy retseptdan ko‘ra tezroq tayyorlanadi.
Kerakli mahsulotlar:
- yong‘oq – 350 gramm;
- shakar upasi – 50 gramm;
- dolchin – 1 soh qoshiq;
- sariyog‘ – 150 gramm;
- qat-qat xamir – 1 kilogramm;
- tuxum – 1 dona;
- asal – 250 gramm;
- suv – 100 ml;
- shakar – 100 garmm.
- Pech 180 darajada oldindan qizdiriladi. Qolipga pergament qog‘oz joylashtiriladi.
- Yong‘oq, shakar upasi va dolchin blender yordamida aralashtiriladi. Sariyog‘ eritiladi.
- Xamir 6-8 bo‘lakka bo‘linadi. Bo‘laklardan ikkitasi qolganlaridan kattaroq bo‘lishi kerak.
- Xamirning bitta katta bo‘lagi qolipga joylashtiriladi, ustidan eritilgan sariyog‘ surtiladi. So‘ngra yong‘oq bir qatlam qilib sepiladi.
- Ustidan kichik xamir qatlam qilib teriladi va har birining ustiga sariyog‘ surtib, yong‘oq sepiladi.
- Eng tepasida xamirning ikkinchi katta bo‘lagi yopiladi va chetidan ortiqcha xamir kesib olinadi.
- Tuxum ko‘piritilib, xamir yuzasiga surtiladi. Pichoq yordamida romb shakli beriladi.
- Paxlava qizargunga qadar 40-50 daqiqa davomida pishiriladi.
- Asal, suv va shakar aralashtiriladi. Qaynatishga qo‘yiladi va quyuqlashgach olovdan olinadi.
- Paxlava pechdan olinib, asalli aralashma surtiladi va yong‘oq bilan bezak beriladi.
- So‘ngra yana pechga 3-5 daqiqaga qo‘yiladi.
- Issiq pahlava xuddi suratdagidek shaklda bo‘linadi va ustidan qolgan sirop quyiladi.
Izoh (0)