Belgrad shahri mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining 31-oktabr kungi janglari start oldi.
Kunduzgi bahslarni o‘zbekistonlik bokschi Shahobiddin Zoirov va Yaponiya vakili Tomoya Suboi o‘rtasidagi jang ochib berdi. Dastlabki ikki raundni Zoirov 3:2 va 4:1 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Biroq o‘zbekistonlik bokschi uchinchi raundda tempni tushirib yubordi. Hal qiluvchi raundda barcha hakam yaponiyalik bokschining g‘alabasini qayd etdi va yakunda Suboi 3:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa Zoirov musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Avvalgi bosqichda Shahobiddin serbiyalik Tamir Galanovdan ustun kelgandi.
31-oktabr kuni yana uch nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazadi.
- +92 kg: Lazizbek Mullajonov — Delisius Orye (Angliya) – 19:40 dan so‘ng;
- -60 kg: Abdumalik Halokov — Tadey Chernoga (Sloveniya) – 22:10 dan keyin;
- -92 kg: Madiyor Saidrahimov — Aibek Oralbay (Qozog‘iston) – 00:40 dan so‘ng.
Izoh (0)