Serbiya poytaxti Belgrad mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining 31-oktabr kungi bahslarida to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi.
Kunduzgi dasturda ikki o‘zbekistonlik o‘z jangini o‘tkazadi. Amaldagi jahon chempioni Shahobiddin Zoirov Yaponiya vakili Tomoya Suboiga qarshi jang qilsa, Lazizbek Mullajonov angliyalik raqib bilan to‘qnash keladi.
Kechki dasturdan ham ikki nafar O‘zbekiston vakilining jangi o‘rin olgan: Abdumalik Halokov va Madiyor Saidrahimov navbatdagi jangini o‘tkazadi.
- -54 kg: Shahobiddin Zoirov — Tomoya Suboi (Yaponiya) – 17:00;
- +92 kg: Lazizbek Mullajonov — Delisius Orye (Angliya) – 19:40 dan so‘ng;
- -60 kg: Abdumalik Halokov — Tadey Chernoga (Sloveniya) – 22:10 dan keyin;
- -92 kg: Madiyor Saidrahimov — Aibek Oralbay (Qozog‘iston) – 00:40 dan so‘ng.
Izoh (0)