So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Kino

    “Tutash taqdirlar” serialidagi Ra’no obrazi bilan tomoshabinlar mehrini qozongan aktrisa hozir qayerda? (foto)

    27.10.2021, 15:46 71653

    2009-yil ekran yuzini ko‘rgan “Tutash taqdirlar” seriali o‘z davrining eng shov-shuvli loyihasi bo‘lgandi. Rejissor Zamira Begimqulovaning mazkur serialida raqqosa qiz Ra’no rolini ijro etgan debyutant Nafisa Mamadiyorova ham tomoshabinlar mehrini qozongandi. Lekin aktrisa serialdagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng ko‘rinmay ketdi. Jurnalist Nargiza Murodova Nafisa Mamadiyorova bilan suhbatda bo‘lib, ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob oldi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “San’atni tark etganim yo‘q”

    —  “Tutash taqdirlar” seriali ommaga taqdim etilgach, turmushga chiqdim. Undan keyin ham bir-ikki marta rollarga taklif etishdi. Ammo oilaviy sharoitim sabab ularni rad etdim. Chunki turmushga chiqqan ayolning o‘ziga yarasha shirin tashvishlari ko‘p bo‘ladi. Agar “dekret” ta’tillarini inobatga olmasa, ijodni to‘xtatmaganman. Shunchaki bor e’tiborimni o‘z kasbim — raqqosalikka qaratganman.

    “Serialda suratga tushishni istamagandim”

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — “Tutash taqdirlar” serialida rol ijro etishim juda qiziq kechgan. Hamma qizlar serialda suratga tushishga intilsa, men biror marta ham orzu qilmaganman. Farg‘ona davlat san’at bilim yurtini bitirib, O‘zbekiston Qurolli kuchlar ansamblida raqqosa bo‘lib ishlardim. Bir kuni ustozim Ziyoda Madrahimovaning oldiga rejissor Zamira Begimqulova kelib, rol uchun raqqosa qiz izlayotganini aytibdi. Shunda ustozim “Mayli, qizlarni ko‘ring, mos kelganini aytarsiz”, debdi. Zamira opa ancha vaqt mashg‘ulotimizni ko‘rib, keyin Ziyoda Madrahimovaga mening tashqi ko‘rinishim ma’qul kelganini aytibdi. Ziyoda opa kulib, “Men ham sizga Nafisani tavsiya qilmoqchi edim”, debdi. Rosti, serialda suratga tushishni umuman istamadim. Shunda ustozim, “Men yoningda bo‘laman, raqqosa qizning ichki kechinmalarini ochib berishing kerak”, deb tushuntirgandan keyin rolga rozi bo‘ldim.

    “Otasiz o‘sganim pand berdi”

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Syomka kuni yaqinlashgan sari hayajonim ortgan. Chunki o‘zimni rolda umuman tasavvur qilolmaganman. Zamira Begimqulovaga “Nega meni tanladingiz, sizni uyaltirib qo‘yishdan qo‘rqyapman”, deganimda “Qahramonim xuddi sendek sodda qiz, tashqi ko‘rinishingning o‘zi rol muvaffaqiyatini ta’minlaydi”, degandi. Suratga olish jarayonlari oson kechmagan. Hayotda otasiz o‘sganim uchun ota bilan qiz o‘rtasida qanday munosabat bo‘lishini bilmasdim. Shu bois marhum san’atkor Hoshim Arslonovni biroz qiynab qo‘yganman. Keyin yig‘lash sahnalari qayta-qayta suratga olinishiga to‘g‘ri kelgan.

    “Harbiy insonga turmushga chiqdim”

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Turmush o‘rtog‘im A’zamjon aka harbiy bo‘lsa-da, san’atni hurmat qiladi. U inson bilan serial suratga olinmasidan avval tanishganmiz. Munosabatlarimiz jiddiy bo‘lgani uchun “Serialga taklif etishyapti, suratga tushsam qarshi emasmisiz?” deb roziligini olganman. Ammo serial efirga berilganda rashk qilgan paytlari ham ko‘p bo‘lgan. Ayniqsa, tomoshabinlar tasodifan “Feruzbekka uzukka ko‘z qo‘ygandek mossiz” deyishsa, rosa xijolat bo‘lardim. Qaynanam serialdagi rolimni ko‘rib yoqtirib qolgan. Ba’zilar “Qaynanangiz faoliyatingizga qarshi bo‘lmaydimi?” deb ko‘p so‘rashadi. Baxtim shundaki, qaynanam san’atsevar inson. Ijod qilishim uchun mendan ham ko‘proq qayg‘uradi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Nafisa Mamadiyorova hozirgi seriallarni kuzatasizmi va rejissorlar rol taklif etilsa, qabul qilasizmi, degan savolimizga quyidagicha javob berdi.

    “Rostini aytsam, hozirgi seriallarni umuman kuzatmayman. Sababi men ishlaydigan ansamblda konsert dasturlari va gastrol safarlari nihoyatda ko‘p. Ishdan kelgach, hamma ayollar qatori uy ishlari bilan bo‘lib, serial ko‘rishga vaqt topmayman. Ilgari farzandlarim kichikligi uchun rollarni rad etgandim. Endi takliflar bo‘lsa, o‘ylab ko‘rishim mumkin. Faqat rol raqqosalik faoliyatimga yaqin bo‘lishi kerak. O‘g‘lim Islombek 10 yoshda, qizim Ruxsora 5 yoshda. Demak, endi serialga suratga tushish haqida o‘ylab ko‘rsam bo‘ladi”.

    Foto: Ustozi Ziyoda Madrahimova bilan

    Foto: Ustozi Ziyoda Madrahimova bilan

    Nafisa Mamadiyorova ijtimoiy tarmoqlarda nima sababdan faol emasligi va tashqi ko‘rinishining o‘zgarmasligi siri bilan ham o‘rtoqlashdi.

    —Deyarli internetdan foydalanmayman. Onda-sonda Telegram’dagi xabarlarga ko‘z yugurtirib qo‘yaman, xolos. Qolgan birorta ijtimoiy tarmoqdan foydalanishga zarurat sezmayman. Menimcha, internet vaqtni o‘g‘irlab qo‘yadi. Hayotda oddiylikni yaxshi ko‘raman, go‘zallik saloniga ham deyarli bormayman. Xudo bergan go‘zallikni o‘zgartirishni istamayman. Balki o‘zgarmasligimning siri shundadir.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Ma’lumot uchun: Nafisa Mamadiyorova (Rahmatova) 1986-yil Farg‘ona shahrida dunyoga kelgan. Oilada ikki qizning kenjasi. 2010-yil A’zamjon Mamadiyorov bilan oila qurgan.

            Mavzuga doir: 

    • “Tutash taqdirlar” seriali aktyorlari oradan 10 yil o‘tib uchrashdi (video)
    • “Muhabbat sinovlari”dagi Ruxshona, “Opa-singillar”dagi Nasiba va kinoda “yarq etib”, keyin ko‘rinmay qolgan boshqa qahramonlar hozir qayerda? (foto)
    • “Temir xotin” va “To‘ylar muborak” filmlari yulduzi Dilorom Qambarova hozir qayerda? (foto)
    • 90-yillardagi mashhur aktrisa Kamola Umarxo‘jayeva hozir qayerda va nimalar bilan band?
    • “Tubanlik”dagi Dilroz — aktrisa Ziyoda Xudoyqulova nega kinoni tark etdi? (foto)

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    OCHL. “Nasaf” Qarshida “As-Sadd” ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi

    Bugun, 22:59

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    Bugun, 22:40

    “Al-Ittihod” maydon chetiga qo‘yilgan byust tufayli “Sepahon”ga qarshi o‘ynashdan bosh tortdi

    Bugun, 22:37

    Qozog‘iston mamlakat haqida salbiy gapiradigan xorijliklar reyestrini yuritmoqda

    Bugun, 22:30

    Yevropa Ittifoqi yil oxirigacha Ukrainaga 5 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ajratish bo‘yicha kelishib olishi mumkin

    Bugun, 21:55

    Shavkat Mirziyoyev Qatarga davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi

    Bugun, 21:34

    Xitoy sharqida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

    Bugun, 21:30

    AQSH ikkinchi yangi avlod strategik suvosti kemasi uchun 600 milliondan ortiq mablag‘ ajratdi

    Bugun, 21:20

    Qo‘shtepa kanali qurilishining birinchi bosqichi yakunlanmoqda (video)

    Bugun, 21:05

    Tavsiya etamiz

    AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card’da ishtirok etmoqchi bo‘lganlarga 10 muhim maslahat berdi

    11:00 / 02.10.2023

    Xudosini cho‘miltirayotgan hindlar, mehmonga kelgan ayiq, odamlardan yasalgan minora — hafta suratlari

    22:00 / 01.10.2023

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    22:00 / 02.10.2023

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?

    11:00 / 01.10.2023

    Rossiya Engels aviabazasida Tu-95 samolyotlarini chizishni boshladi — OAV (foto)

    18:00 / 01.10.2023

    Turkiyadagi IIV binosi yonida xudkush-terrorchi o‘zini portlatdi (video) 

    17:00 / 01.10.2023

    Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoni ustidan g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi

    13:00 / 01.10.2023

    “Sen haqiqat deb bilgan narsalar kim uchundir yolg‘ondan boshqa narsa emas…” — “So‘nggi duel” filmi haqida

    09:00 / 01.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.