• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Karyera

    Tokioni dunyodagi eng qimmat shaharga aylantirgan milliarder Taykichiro Mori hikoyasi

    50 yoshdan oshgandan keyin o‘z hayot tarzini tubdan o‘zgartirgan, sport bilan shug‘ullangan yoki biznes boshlagan ko‘plab insonlarning hikoyasini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Ammo quyidagi hikoya ikki barobar hayratlanarli: o‘z biznesini juda kech, 55 yoshida boshlagan va o‘ttiz yil o‘tgach, Forbes’ning yuqori reytingini egallagan odam – Taykichiro Mori faoliyati bilan tanishib chiqing.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Yaponiya professori va qurilish magnati Taykichiro Mori ko‘p yillar davomida Yokogama universitetida savdo nazariyasidan dars bergan va 55 yoshigacha o‘z biznesini yuritish haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. U nazariyachi maqomidan juda mamnun edi. Lekin ba’zida hayot hamma narsani o‘z o‘rniga qo‘yadi.

    Taykichiro Mori qanday qilib milliarderga aylandi?

    Oilaviy biznes

    Taykichiro Mori 1904-yil 1-martda Tokioda tug‘ilgan. Uning oilasi kambag‘al emasdi. Bolaning ajdodlarining bir nechasi guruch sotish bilan shug‘ullangan. Bundan tashqari, Morining ota-onasi tamaki ham sotgan.

    O‘qish va fan

    1928-yilda yigit Tokio savdo kolleji – hozirgi Xitotsubashi universitetini tugatgan. Taykichiro tezda ilmiy izlanishni boshladi. Bitirganidan atigi 4 yil o‘tgach, u Kioto Texnologiya institutining professori bo‘ldi va uni Yokogama Siti universitetiga o‘qituvchilikka taklif qilishdi. 1946-yildan Yokogama universitetida ishlashni boshlagan, 1954-yilda savdo bo‘limi dekani bo‘lgan.

    Ikki bino – biznesning boshlanishi

    Shunday qilib, 1959-yilda, 55 yoshida, Taykichiro Mori o‘z biznesini to‘liq boshlash uchun Mori Building qurilish kompaniyasini tashkil qilib, akademiyani tark etdi. U karyerasini noldan boshlamadi. Professor otasidan ikkita binoni meros qilib olgandi. Taykichiro bu kapitalni shunchaki ko‘paytirmadi – tom ma’noda iqtisodiy mo‘jiza yaratdi.

    U o‘z biznesini nimaga qurdi?

    Muvaffaqiyatli biznes-loyiha – juda hayajonli hikoya. Taykichiro merosdan juda oqilona foydalangan. U kapitalni zamonaviy qurilgan ofislar, savdo markazlari va turar joylarga aylantirish uchun Tokiodan katta yerlar sotib oldi.

    Shahar ichida shahar

    O‘sha paytda Tokio Ikkinchi Jahon urushi qoldirgan vayronagarchilik va zilzilalardan hali to‘liq tiklanmagan edi. Qolaversa, Yaponiya poytaxtida eskirgan, ko‘pincha yog‘och, buzilib ketishiga oz qolgan uylar hali ham turar edi.

    Mori aynan shunday joylarga e’tibor qaratdi. Bundan tashqari, Tokio zamonaviy binolar va qulay infratuzilmani talab qiladigan xorijiy investorlarni qiziqtira boshladi.

    Shundan so‘ng Mori Building me’morlari “shahar ichidagi shahar” deb nomlangan yangi shaharsozlik konsepsiyasini yaratishga kirishdi. Bora-bora Mori Building kompaniyasi nafaqat binolar, balki butun shahar infratuzilmasi, metro bekatlari, bog‘lar, muzeylar, do‘konlar, restoran va mehmonxonalarni o‘z ichiga olgan yangi tumanlarni tiklashni boshladi.

    “Maqsadni ko‘raman va unga intilaman”

    Taykichiro Morida ko‘chmas mulk haqidagi ajoyib sezgi bo‘lib, bu ko‘p yillik ilm-fan sohasidagi mehnat natijasi edi. Qanday bo‘lmasin, Mori har safar Yaponiya poytaxtining eng istiqbolli hududlarini tanlagan.

    Ba’zida eskirgan uylar aholisi ulardan ko‘chib o‘tishni xohlamadi. Taykichiro esa taslim bo‘lmadi. U asta-sekin tumandagi barcha uylarni sotib oldi, ularga yuklatilgan vazifani bajaradigan o‘z odamlarini joylashtirdi: vazifa ijarachilarning ishonchiga kirish va ularni Mori Building taklifiga rozi bo‘lishga ko‘ndirishdan iborat edi.

    Yangi Tokio

    Taykichiro kompaniyasi qurgan barcha binolarda o‘zini abadiylashtirdi: ularning har biri o‘z familiyasini oldi va o‘z raqamiga ega edi: “Mori Building birinchi”, “Mori Building ikkinchi” va boshqalar.

    Umuman olganda, Taykichiro Mori Building’ni boshqargan yillari mobaynida kompaniya 78 ta bino qurdi. Yapon matbuotida Taykichiro Morini Tokio qiyofasini o‘zgartirgan odam deb atashgan.

    Tokioning ulkan rivojlanishi poytaxtdagi ko‘chmas mulkning qimmatlashishiga olib keldi. Natijada Tokio ko‘chmas mulk bo‘yicha dunyodagi eng qimmat shaharga va Taykichiro Mori sayyoraning eng boy odamiga aylandi.

    Yer yuzidagi eng boy odam

    Shunday qilib, Taykichiro Mori 1991-yildan keyin tanila boshladi. Uning ismini birinchi marta Fortune jurnali tilga oldi. Va 1992-yildan boshlab Mori ketma-ket ikki yil Forbes ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi, uning kapitali 15 milliard dollarni tashkil qiladi.

    Kamtarlik va oziq-ovqat idishi

    Ajablanarlisi shundaki, milliardlar Taykichironing tashqi ko‘rinishiga ham, xarakteriga ham hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan. Ko‘p yillar davomida u oddiy kichkina kvartirada yashadi va ishga bir idishda ovqat olib ketib yurdi. Faqatgina o‘zining pulidan faqat shaxsiy haydovchi yolladi.

    Meros qilib qoldirilgan imperiya

    Aytish mumkinki, Taykichiro o‘z ortidan haqiqiy imperiyani qoldirdi. Morey 1993-yilda 88 yoshida vafot etdi. Mori Building kompaniyasi uning farzandlariga meros bo‘lib qoldi. Uning oilaviy biznesini Taykichironing nevarasi – Mivako Date boshqaradi. Balki unga ham bobosining ajoyib ishbilarmonligi meros bo‘lib o‘tgandir.

    Mavzuga doir:

    • Zamonamiz Zolushkasi: Bir vaqtlar Apple kompaniyasiga ishga olinmagan Iordaniya malikasi Raniya al-Abdulla hikoyasi
    • Qizlarini bo‘lajak qirolicha va millioner xonim qilib tarbiyalagan sobiq styuardessa — Kerol Middlton hikoyasi (foto)
    • Qatar ayollariga huquqlarini qaytarib bergan birinchi xonim — shayx Moza hikoyasi

    27.10.2021, 10:30   Izoh (0)   17892
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bolaligida duduqligi sabab kamsitilgan, rafiqasi va ikki farzandidan ayrilgan AQSh prezidenti — Jo Bayden hikoyasi

    03.10.2021, 13:57

    Yuz yil ichida katta o‘zgarishlarga uchragan 15 ta kasb (foto)

    20.09.2021, 20:57

    To‘rtinchi qavatdagi kvartira va tvorog uchun navbat: 66 yoshli Germaniya kansleri Angela Merkel qanday yashaydi?

    19.07.2021, 09:59

    Erta tongdan bajonidil uydan chiqishga undaydigan ishxonalarning suratlari (foto)

    17.05.2021, 16:45

    “Avtoservislarda aldanaverib, mashina tuzatishni o‘rganishga qaror qildim”. Stereotiplarni o‘zgartirgan avtomexanik qiz hikoyasi (video)

    19.01.2021, 14:43

    Daun sindromidan aziyat chekadigan ispaniyalik qiz iste’dod va mehnat ortidan muvaffaqiyatga erishish mumkinligini isbotladi (foto)

    10.12.2020, 21:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00

    Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:50

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:30

    “Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va quritilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor” — prezident

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:28

    Tramp AQSHni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga tortishni istamasligini ta’kidladi

    Dunyo | 18 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 iyun, 23:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.