• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev 2022-yildan g‘allachilik klasterlari va fermerlarga bug‘doyni bozor narxida to‘liq erkin sotish huquqi berilishini ma’lum qildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-oktabr kuni qishloq xo‘jaligida klaster tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilish avvalida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti saylovida qo‘llab-quvvatlagani uchun o‘zbek xalqiga minnatdorlik bildirib, saylovoldi dasturida aytilgan barcha maqsad va vazifalar, albatta, amalga oshirilishini ta’kidladi.

    Jumladan, qishloq xo‘jaligida ham ulkan rejalar belgilangan. Kelgusi besh yilda hosildorlikni kamida 2 barobar ko‘tarish, xomashyoni chuqur qayta ishlash, soha eksportini 7 milliard dollarga yetkazish, aholi bandligi va daromadlarini yanada oshirish maqsad qilingan.

    Bunda klasterlar asosiy tayanch va yetakchi bo‘ladi. Bu tizim qisqa vaqtda katta o‘zgarishlarga zamin yaratdi. Masalan, birgina paxtachilikda tolani qayta ishlash 2,5 barobarga oshib, 100 foizga yetkazildi. Shuningdek, ip-kalava ishlab chiqarish 2 barobarga, tayyor mahsulot — 3 barobarga ortdi, eksport yil yakuniga qadar 3 milliard dollarga yetadi.

    Paxta xomashyosidan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab olgan 2 milliard dollarlik 125 ta yangi korxona hamda 150 mingta doimiy ish o‘rni tashkil qilindi.

    Klasterlar tomonidan 5 mingdan ortiq yuqori unumli texnikalar olib kelindi, 126 ming gektar maydonda suv tejash texnologiyalari joriy qilindi.

    Innovatsion yondashuv natijasida hosildorlik ham oshib bormoqda. Ko‘p klasterlar bu yil paxtadan 35—40 sentnergacha hosil oldi.

    Davlat rahbari bu ishlarni davom ettirish, qishloq xo‘jaligi va agrosanoatda samaradorlikni oshirish uchun klasterlarga imkoniyatlarni kengaytirish kerakligini ta’kidladi.

    Joylardagi saylovoldi uchrashuvlarida fermer va dehqonlar, klaster rahbarlari o‘zlarini qiynab kelayotgan ko‘plab muammolarni aytgan. Bu masalalar tizimlashtirilib, ularning yechimlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Eng asosiy muammo — amaldagi eskicha moliyalashtirish tartibi. U sohani rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan talablarga mutlaqo javob bermayapti. Paxta-to‘qimachilik klasterlari kredit muddatlarini uzaytirish va miqdorini ko‘paytirishni so‘rayapti. Hozirda klasterlarga kredit 11 oy muddatga ajratiladi. Paxta xomashyosini yetishtirib, uni qayta ishlashga esa kamida 24 oy kerak. Yerni ekishga tayyorlash oktabrda boshlansa-da, kredit 3—4 oy kechiktirib, yanvar—fevral oylaridan ajratiladi. Bu eski tizim endi to‘liq o‘zgaradi”, — dedi Prezident.

    Yig‘ilishda qayd etilganidek, endi paxta hosilini moliyalashtirish shudgor davridan, ya’ni oktabr oyidan boshlanadi. Bundan buyon, klasterlarga kreditlar 24 oy muddatga ajratilib, uning imtiyozli davri amaldagi 11 oydan 18 oygacha uzaytiriladi.

    Lo‘nda qilib aytganda, klaster olgan kreditini, xomashyoni eng kamida ip-kalava va matoga aylantirgandan keyin qaytaradi. Bu tizimni joriy etishga budjetdan 10 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Shu maqsadda Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasiga yil yakuniga qadar qo‘shimcha 100 million dollar ajratiladi.

    Shuningdek, tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish, sug‘orishning yangi texnologiyalariga o‘tish, o‘simliklar himoyasi, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish, fermerlarni o‘qitish kabi tadbirlar uchun har bir gektar paxta maydoniga 1 million so‘mdan moliyaviy grantlar ajratiladi.

    Moliya vazirligi va Markaziy bankka ushbu yangi tizimni amaliyotga joriy qilish vazifasi qo‘yildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Klasterlar tomonidan ip-kalavani qayta ishlash darajasini kelgusi ikki yilda hozirgi 50 foizdan 70 foizga yetkazish mo‘ljallangan. Shundan kelib chiqib, ularga moliyalashtirishning yangi mexanizmlari joriy etilishi ma’lum qilindi.

    Masalan, matoni bo‘yash va aralash mato ishlab chiqaradigan uskunalar xaridi uchun, korxona quvvatiga qarab, davlat hisobidan moliyaviy grantlar beriladi. Bunday loyihalarni kreditlash uchun yana 150 million dollar mablag‘ ajratiladi.

    Bo‘yalgan mato va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksportini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan past stavkalarda 100 million dollarlik yangi kredit liniyasi ochiladi. Shunday tovarlarning kamida 80 foizini eksport qiluvchi klaster va boshqa to‘qimachilik korxonalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 3 yil muddatga amaldagi 12 foiz o‘rniga 1 foiz qilib belgilanadi. Shuningdek, ularga mol-mulk solig‘ini 3 yilga kechiktirib to‘lash imkoniyati ham beriladi. Buning hisobiga, korxonalar ixtiyorida yiliga kamida 500 milliard so‘m mablag‘ qoladi.

    Yana bir qulaylik — kelgusi yildan ip-kalavani qayta ishlaydigan klasterlarga kredit olishda paxta xomashyosi va tolasini garovga qo‘yish amaliyoti joriy etiladi.

    Yig‘ilishda klasterlar faoliyatining huquqiy kafolatlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.

    Ma’lumki, g‘alla yetishtirish va sotishda bozor munosabatlariga o‘tilmoqda. Prezident kelgusi yildan g‘allachilik klasterlari va fermerlarga bug‘doyni bozor narxida to‘liq erkin sotish huquqi berilishini ta’kidladi.

    Bunda, klaster va fermer xo‘jaliklari 3 yil davomida har gektardan 2,5 tonna g‘allani birja savdolariga chiqarishi talab etiladi. Qolgan hosilni esa to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish huquqi beriladi.

    “O‘zdonmahsulot” tarkibidagi donni qayta ishlash korxonalari g‘alla klasterlari tashkil etish uchun ochiq savdolarga chiqariladi.

    Mutasaddilarga ikki hafta muddatda g‘alla bo‘yicha to‘lovlarni to‘liq amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda meva-sabzavotchilik klasterlari va kooperatsiyalari uchun ham qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish choralari muhokama qilindi. Ularni ham Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi orqali imtiyozli kreditlash muhimligi ta’kidlandi. Jumladan, meva-sabzavotchilik klasterlariga aylanma mablag‘ uchun, jamg‘arma hisobidan 1 yil muddatga 10 foizdan kredit resurslari ajratiladi.

    Kelgusi yildan meva-sabzavot hosilini iqlim xavfidan sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi. Eksport shartnomasi bo‘lgan klaster va fermerlarga sug‘urta mukofotining 50 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

    O‘zbekistonda 200 ming gektar past hosilli paxta va g‘alla maydoni qisqartirilishi rejalashtirilgan. Bu maydonlar aholiga tanlov asosida, uzoq muddatli ijaraga beriladi.

    Davlat rahbari bunda ehtiyojmand oilalarga alohida e’tibor qaratish, ularga dehqonchilik sirlarini o‘rgatish va ko‘maklashish kerakligini ta’kidladi. Buning uchun 100 million so‘mgacha bo‘lgan meva-sabzavotchilik loyihalariga “Har bir oila — tadbirkor” dasturi shartlari asosida kredit berilishi qayd etildi.

    Qishloq xo‘jaligi vazirligiga meva-sabzavotchilik klasterlari va qayta ishlash korxonalarini infratuzilma bilan ta’minlash, davlat-xususiy sheriklik asosida agrologistika markazlari barpo etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Qishloq xo‘jaligi texnikalarini yangilash masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Bu borada fermer va klasterlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, kelgusi yildan boshlab, texnika sotib olish bo‘yicha kreditlarning 10 foizdan yuqori qismi davlat tomonidan qoplab berilishi belgilandi.

    Shuningdek, import qilinadigan texnika, butlovchi va ehtiyot qismlar bojxona to‘lovlaridan 3 yil muddatga ozod etiladi. Buning natijasida klaster va fermerlar texnikani 35 foizgacha arzon xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Bundan tashqari, lazerli tekislash, hosildor va kasalliklarga chidamli yangi navlarni ekish, urug‘chilikni rivojlantirish, suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash uchun ham imtiyozlar beriladi.

    Umuman, ushbu maqsadlar uchun yiliga jami 25 trillion so‘m yo‘naltirilishi kutilmoqda.

    Yig‘ilishda bildirilgan tashabbuslar ijrosi bo‘yicha farmon va qaror loyihalari ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston Rossiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun 1 mln gektar yer ijaraga olmoqchi
    • Shavkat Mirziyoyev Qo‘shtepada g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish texnologiyasini ko‘zdan kechirdi

    27.10.2021, 22:44   Izoh (0)   32724
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston nogironlar, karlar va ko‘zi ojizlar jamiyatlarining Senatga murojaati o‘rganildi

    27.10.2021, 22:12

    Qashqadaryoda Nexia’ga o‘rnatilgan gaz balloni portladi

    27.10.2021, 21:27

    “Afg‘oniston yaqin kelajakda mintaqaviy xavfsizlikning muhim omili bo‘lib qoladi” — Abdulaziz Komilov

    27.10.2021, 21:11

    Katta kamchiligimiz

    27.10.2021, 20:57

    “Bu kabi holatlar dengizdan tomchi”. Saida Mirziyoyeva Toshkentda talaba qizga tegajog‘lik qilingani haqida

    27.10.2021, 20:52

    BMTning Afg‘oniston uchun yuborgan insonparvarlik yuki hali ham Termizda saqlanayotgani ma’lum qilindi

    27.10.2021, 20:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.