“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
09:21, 27.10.2021 22931

Olimlar emlanganiga qaramay, kimlarning COVID-19 dan vafot etish xavfi yuqori ekanini aniqladi

Italiya sog‘liqni saqlash milliy instituti olimlari emlanib turib koronavirusdan vafot etgan odamlarning o‘rtacha yoshi 85 bo‘lgan, shuningdek, ularda 5 ta surunkali yondosh kasallik bo‘lgani ham aniqlangan, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “RIA Novosti”

Emlanmaganlar orasida vafot etganlarning o‘rtacha yoshi 78 bo‘lib, ularning 4 ta yondosh kasalligi bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.

Tadqiqot doirasida 2021-yilning 1-fevrali va 5-oktabrigacha bo‘lgan, 671 nafar emlanmagan va 171 nafar to‘liq emlangan kishilar o‘limi o‘rganilgan. Bu vaqt ichida barcha mamlakatlarda jami 38 ming kishi vafot etgan.

Ulardan 33,6 ming nafari emlangan, 2130 nafari birinchi dozaning o‘zini olgan yoki vaksinadan keyin antitana paydo bo‘lishidan avvalroq virus bilan zararlangan.

1440 nafari esa to‘liq emlangan. Bir qancha surunkali kasalligi bor, yoshi keksa odamlarning COVID-19 dan vafot etish xavfi bor. Shu bilan birga, emlanganlarning kasallikdan omon qolish imkoniyati hali ham yuqori, deyiladi xabarda.