Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha JCh—2021 bahslari 26-oktabr, seshanba kuni davom ettirildi.
-80 kg vazn toifasida Odiljon Aslonov 1/32 final doirasida tanzaniyalik Yusuf Changalavega qarshi ringga ko‘tarilishi lozim edi. Ammo uning raqibi noma’lum sababga ko‘ra jangga chiqmaydigan bo‘ldi va Aslonov avtomatik ravishda keyingi bosqichga yo‘l oldi.
25-oktabr kuni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev irlandiyalik raqibini yengib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqaga yangilangan tarkibda yo‘l olgan. 13 ta vazn toifasida mamlakat sharafini himoya qiladigan sportchilar orasidan Hasanboy Do‘stmatov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov hamda Shahram G‘iyosov kabi tajribali bokschilar ham o‘rin olgan.
Izoh (0)