Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 23-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yin 25-oktabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Nasaf” Andijonda mehmon bo‘ldi. Uchrashuvning 26-daqiqasida “Andijon” futbolchisi Vasiliy Sovpel hisobni ochdi. 57-daqiqada Andriya Kaluderovich penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi.
70-daqiqada “Nasaf” jamoasi burchakdan oshirib berilgan to‘pni golga aylantirdi. Ammo bosh hakam hujumchi qo‘l bilan o‘ynadi, deb hisoblab, golni inobatga olmadi. Natijada tortishuv yuzaga keldi, “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev maydonga chiqib, o‘z shogirdlarini olib chiqishga harakat qildi. Qisqa muddatli munozaralardan so‘ng o‘yin davom ettirildi.
87-daqiqada qarshiliklar darvozasi tomon penalti belgilandi. Ammo Farhod Sohibjonov penaltini noaniq amalga oshirdi. Shu tariqa o‘yin 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdan so‘ng “Andijon” ochkolari sonini 19 taga yetkazib, 13-o‘rindan joy oldi. “Nasaf” esa 40 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
23-turdan so‘ng musobaqa jadvali:
Superliga
23-tur bahsi
25-oktabr, dushanba
“Andijon” — “Nasaf” 1:1
Gollar: 1:0 — 26 Sovpel, 1:1 — 57 Kaluderovich (penalti).“Andijon”: 1. Eldor Adhamov, 2. Sardor Xursandov, 3. Azamat Isroilov, 4. Usmonali Ismonaliyev, 5. Abduvohid G‘ulomov, 8. Baxtiyor Qosimov, 9. Pavel Zabelin, 14. Vasiliy Sovpel, 17. Farhod Sohibjonov, 18. Abdug‘ani Kamolov, 49. Plamen Dimov.
“Nasaf”: 1. Umidjon Ergashev, 2. Alibek Davronov (34. Sherzod Nasrullayev, 85), 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Doniyor Narzullayev, 8. Dilshod Saitov, 18. Bahrom Abdurahimov (50. Shohmalik Komilov, 77), 22. Akmal Mozgovoy, 77. Oybek Bozorov (20. Suhrob Nurulloyev, 85), 88. Marko Stanoyevich, 92. Umar Eshmurodov, 99. Andriya Kaluderovich (19. Husayn Norchaev, 77).
Ogohlantirishlar: Qosimov (54), Norchayev (80).
Izoh (0)