• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Muloqot uchun zarur

    1989-yilning 21-oktabrida O‘zbekistonda mamlakat mustaqilligi ramzlaridan biri — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 2020-yildan boshlab bu sana O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanmoqda. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan oktabrni “O‘zbek tili oyligi” deb e’lon qiladi va oy davomida har kuni til masalasida turli yillarda qilingan va hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan chiqishlar, nutqlar, maqolalarni qayta chop etadi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Muloqot uchun zarur

    Jamiyatimizda qayta qurish va uning tarkibiy qismlari bo‘lgan demokratiya va oshkoralikni chuqurlashtirish tufayli bundan bir necha yillar muqaddam aytishga ham cho‘chiydigan muammolar to‘g‘risida ro‘y-rost gapiradigan, bitta masala atrofida turlicha fikrlarni izhor etishga imkon yaratilgan zamon — inqilobiy jarayon yuzaga keldi. Bular hammasi qayta qurish sharofati, albatta.

    Dolzarb muammolardan biri o‘zbek tili va respublikamizdagi boshqa tillar haqidagi munozaralardir. Til — xalqning eng buyuk qadriyati, uning madaniyatining kelajagi. Shuning uchun ham til haqida o‘tkir munozaralar, bahslar ketmoqda. Faqat O‘zbekistondagina emas, boshqa qardosh respublikalarda ham ana shunday jarayon yuz bermoqda.

    Nima sababdan til haqida o‘tkir bahslar yuzaga kelmoqda, uning ildizi nimada, degan savol tug‘ilishi mumkin. SSSRda barcha millatlar tilining birlashib ketishi haqidagi “nazariya” til sohasidagi buzilishlarga olib keldi. Natijada respublikalardagi milliy tillarga, shu jumladan, o‘zbek tiliga ham e’tibor kamaydi, o‘z-o‘zidan uning qo‘llanish doirasi toraya bordi. Oliy o‘quv yurtlarida qator fanlar o‘zbek tilida o‘tilmay qo‘ydi, o‘rta maktablarda o‘zbek tili darslari kamayib ketdi. Partiya komitetlarida o‘zbek tilida hujjatlar deyarli yuritilmay qo‘ydi. Davlat idoralarida ham ahvol shu darajaga tushdi, aksar hollarda majlislar o‘zbek tilida olib borilmaydigan bo‘ldi.

    O‘tgan yili bayramlardan birida Toshkent Teatr va rassomlik san’ati instituti bir guruh studentlari va o‘qituvchilari O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi A. S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti taklifi bilan shu yerga kelib, o‘zlari tayyorlagan sahna asarlarini namoyish etdilar. Uchrashuv oxirida mehmonlar institutimiz kollektiviga murojaat qilib, “Bizda hozir o‘zbek tili kafedrasi tugatilib ketdi. Siz, tilshunos, adabiyotshunos olimlardan iltimosimiz shuki, o‘zbek tili kafedrasini tiklashda bizga yordam beringlar”, deb murojaat etishdi. Teatr va rassomlik san’ati instituti O‘zbekiston teatrlari uchun xodimlar yetishtirib bersa-yu, bu yerda o‘zbek tili kafedrasi tugatilsa! Axir bu insofdan emas-ku! Yoki bo‘lmasa, Toshkent Madaniyat institutida o‘zbek tili kafedrasining tugatilishi mantiqqa to‘g‘ri keladimi? Bu institutda kutubxona, ommaviy-oqartuv ishlari uchun mutaxassislar yetkazib berilsa-yu, unda o‘zbek tili kafedrasi bo‘lmasa? Shuningdek, texnika oliy o‘quv yurtlarida, meditsina institutlarida qator fanlarning o‘zbek tilida o‘tilmasligini hech qanday vaj bilan oqlab bo‘lmaydi. Axir injenerlarning, vrachlarning asosiy qismi respublikamiz qishloqlarida ishlaydi-ku.

    Til siyosati borasida uzoq yillar davom etib kelgan bunday xatoliklar, ayniqsa ilmiy nashrlarga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining aniq va tabiiy fanlar institutlarida ilmiy asarlar o‘zbek tilida yozilmay qo‘ydi, agar yozilsa ham barmoq bilan sanarlidir. Buni nashriyotlar planlariga nazar tashlasangiz darhol sezasiz. Agar birorta olimga nima uchun o‘zbek tilida ilmiy asar yozmaysiz, deb savol bersangiz, u “men Butunittifoq miqyosiga, dunyo miqyosiga” chiqishim kerak deydi. To‘g‘ri, bunday miqyoslarga chiqish kerak, lekin olim, avvalo, o‘z xalqi uchun ilmiy asarlar yaratishi, uni fan-texnika yangiliklaridan, kashfiyotlaridan bahramand etishi kerak emasmi?

    Aniq va tabiiy fanlardagi ilmiy nashrlardan ko‘z yumaylik-da, ijtimoiy fanlar nashrlariga bir nazar tashlaylik. Bu borada ham ahvol achinarli darajada. Akademiyaning faqat Til va adabiyot, Sharqshunoslik, Qo‘lyozmalar instituti olimlarigina asarlarini nashrga o‘zbek tilida tayyorlashayotganligining guvohi bo‘lasiz.

    Respublika Fanlar akademiyasining ijtimoiy sohadagi Tarix, Arxeologiya, Ishlab chiqarish kuchlarini o‘rganish kengashi, Iqtisod, Falsafa va Huquq institutlarida ham asosan o‘zbek olimlari ishlashadi-ku? Nega ular asarlarini o‘zbek tilida yozishmayapti? Agar ularning asarini o‘zbek tilida nashr etish rejalashtirilsa, bu ham rus tilidan tarjima bo‘ladi. Masalan, 4 jildli “O‘zbekiston tarixi” kitobining o‘zbekchasi ruscha nashridan 3–4 yil keyin chiqdi. Ikki jilddan iborat “Samarqand tarixi” ham ruschadan tarjima bo‘ldi. Akademiyada 11 ta jurnal chiqadi, shulardan ikkitasigina o‘zbek tilida nashr etiladi, xolos. Xo‘ja ko‘rsin uchun bu jurnallarning ko‘pchiligi o‘zbekcha nom bilan ataladi.

    O‘zbek tiliga e’tibor kamayganligi tufayli kishilarning ism-familiyalari noto‘g‘ri, joy, ko‘cha nomlari buzib yozilmoqda. Maishiy xizmat sohalarini, ma’lumot byurolarini o‘zbek tilini bilmaydiganlar egallab olishgan. Bu rus tilini bilmaydiganlar uchun qiyinchilik tug‘dirmoqda.

    Shunisi achinarliki, ayrim o‘zbek “ziyoli”lari o‘z ona tilini unutish darajasiga yetdi. Yaqinda saylovoldi yig‘ilishlaridan birida SSSR xalq deputatligiga nomzodi qo‘yilgan olimlardan biri “rus tilida, ingliz tilida doklad qilishim mumkin, lekin o‘zbek tilida gapirolmayman”, deb aytdi. Qiziq, bu “olim” mabodo deputat bo‘lib qolsa, xalq bilan qaysi tilda gaplashar ekan. Tilimiz taqdiriga aloqador bu kabi masalalar juda ko‘p. Ana shularni hisobga olib, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining ideologiya komissiyasi qoshida til muammolarini o‘rganish uchun maxsus gruppa ish olib borayotgani g‘oyat quvonarlidir.

    O‘zbek tiliga davlat tili statusining berilishi tilshunoslar zimmasiga juda katta, mas’uliyatli vazifalarni, amaliy ishlarni yuklaydi. Bulardan ayrimlari haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

    Birinchidan, o‘zbek tili ilmiy terminologiyasi prinsiplarini ishlab chiqish, uni tartibga solish — hozirgi kunning dolzarb muammolaridandir. Sir emas, terminologiyamizda hali kamchiliklar juda ko‘p. Bir terminning o‘zi bir necha variantda ishlatiladi — bu hol axborot almashinuvda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Aksar hollarda ilmiy terminlarning o‘zbekcha muqobilini qidirib topishga harakat qilinmasdan ruschada qanday bo‘lsa, shundayligicha qoldiriladi. Qadimdan xalq orasida ishlatib kelinayotgan terminlar kam o‘rganilmoqda va ilmiy sohaga kiritilmayotir. Bu esa o‘zbek tilining boy ichki imkoniyatlarini namoyon etishga to‘sqinlik qiladi. Bunday kamchiliklarga barcha sohalar bo‘yicha terminlar lug‘atini tuzish va nashr etish orqali barham berish mumkin.

    Ikkinchidan, o‘zbek tilining ko‘p tomli izohli lug‘atini tuzish. Ma’lumki, o‘zbek tilining izohli lug‘ati 1981-yilda Moskvadagi “Русский язык” nashriyotida chop etildi. Bu, albatta, o‘zbek xalqining madaniy hayotida katta voqea hisoblanadi. Lekin jamoatchilik e’tirof etganidek, mazkur ikki jildli izohli lug‘at kamchiliklardan ham xoli emas. To‘g‘ri, institutimiz lug‘atshunoslari mazkur izohli lug‘at asosida o‘zbek tilining ko‘p tomli izohli lug‘atini yaratishga kirishdilar. Lekin bu boradagi ishni hali qoniqarli, deb bo‘lmaydi. O‘ylaymizki, tilimiz mavqeyining oshishi izohli lug‘atlar tuzish ishining jonlanishiga ham ijobiy ta’sir qiladi.

    Uchinchidan, o‘zbek tili nutq madaniyatiga alohida e’tibor berish kerak. Imlo lug‘atlarini nashr etish, orfoepiya (to‘g‘ri talaffuz) normalarini ishlab chiqish va uning lug‘atini chop etish lozim. Bundan bir necha yil ilgari chiqqan orfoepiya lug‘ati juda kam miqdorda nashr etilgan bo‘lib, hozir uni umuman topib bo‘lmaydi. Ismlar lug‘ati, toponimik lug‘atlar nashrini tezlashtirish hozirgi kunimizning eng muhim masalalaridan biri.

    Ma’lumki, rus tili millatlararo muomala vositasi. U shunday vazifani bajarib kelgan, bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.

    Shunday ekan, o‘rta va oliy maktablarda rus tilini o‘qitishni tubdan yaxshilash kerak, turli qo‘llanmalar, lug‘atlarni ko‘p nusxada chop etish lozim. Rus tilini mukammal o‘rganish manbalaridan biri — ruscha-o‘zbekcha lug‘atlardir. Shu vaqtga qadar bir necha ruscha-o‘zbekcha lug‘atlar nashr etildi. Lug‘atlar ichida avvalgilariga nisbatan so‘zligining ko‘pligi, mukammalligi, zamonaviy yangi so‘zlar kiritilganligi, leksikografik jihatdan puxta ishlanganligi kabi qator afzalliklari bilan ajralib turadigani O‘zbek Sovet Ensiklopediyasi tomonidan nashrga tayyorlangan ikki jildli “Ruscha–o‘zbekcha lug‘atdir” (1983–1984-yillar). Xuddi shu nashriyotda chop etilgan “O‘zbekcha–ruscha lug‘at” (1988-y) o‘zbek tilini o‘rganuvchilar uchun ham zarur manba hisoblanadi. Biroq mazkur lug‘at hajman juda katta. Foydalanish imkoniyati qiyin. Shuning uchun maktab o‘quvchilariga, oliy o‘quv yurtlari studentlariga, ishchilar va xizmatchilarga mo‘ljallab kichik hajmli ruscha–o‘zbekcha, o‘zbekcha–ruscha, o‘zbekcha–tojikcha, o‘zbekcha–arabcha, o‘zbekcha–inglizcha va boshqa lug‘atlar nashr etish kerak. Bu borada muayyan tajribalar mavjud. Bular respublikamizdagi ikki tillilik muammosining bir tomonidir. Ikki tillilik deganda faqat milliy — rus ikki tilliligini emas, balki rus — milliy ikki tilliligini ham tushunish kerak. Busiz masalaga bir yoqlama yondashgan bo‘lamiz. Yaqinda “Pravda” gazetasida (1989-yil 3-aprel) e’lon qilingan davra suhbatida shoira R. Kazakova “Nima uchun Gruziyada yashaydigan ruslar gruzin tilini, O‘zbekistonda yashaydiganlari o‘zbek tilini o‘rganmaydilar? Bunday takabburlik qayerdan kelib chiqdi?”, deb kuyinib yozdi. Haqiqatan ham, mahalliy xalqning tilini bilish uning dilini bilishdir. Axir, O‘zbekistonga kelib ishlagan eski rus ziyolilari o‘zbek tilini sevib o‘rganganlar, bu tilning rivoji uchun hissa qo‘shganlar-ku.

    Albatta, tilni o‘rganish qiyin ish. Lekin shunday bo‘lsa-da, harakat qilish kerak. Joylarda tashkil etilayotgan o‘zbek tilini o‘rganish kurslari bu ishning debochasidir. Rus va o‘zbek tili asoslarini o‘rganishda o‘quv lug‘atlari, qo‘llanmalarning roli kattadir. Chunki bunday lug‘at va qo‘llanmalarga muloqot uchun zarur bo‘lgan so‘zlar tanlab kiritiladi hamda tarjima qilinadi. Ana shunday lug‘atlar sirasiga 3. Ma’rufov va G. Mixaylovning “Ruscha—o‘zbekcha so‘zlashgich” (“Русско — узбекский разговорник”. 1988-y.), V. Krasnix va S. G‘oyibovning “O‘zbekcha — ruscha va ruscha — o‘zbekcha so‘zlashuv kitobi” (1988-y.), T Aliqulovning “Ruscha–o‘zbekcha o‘quv lug‘at”larini (1982-y.) kiritish mumkin.

    Respublikamizda yashovchi boshqa millat bolalarining o‘zbek tilini o‘rganishi asosan maktabdan boshlanishi kerak. Rus maktablarida o‘zbek tilining o‘qitilishi esa shunchalik e’tiborsiz qoldirilganki, hatto biror oliy o‘quv yurtida rus maktablariga o‘zbek tilidan dars beradigan mutaxassis tayyorlanmaydi, darsliklar, qo‘llanmalar yetishmaydi. Bundan tashqari, rus maktablarida o‘zbek tili dars soatlari ham juda kam. O‘zbek tilini o‘rganish haqida gapirar ekanmiz, o‘zbek maktablarida rus tili dars soatlari qancha bo‘lsa, rus maktablarida ham o‘zbek tilidan o‘shancha dars soatlari ajratish; o‘zbek tilidan davlat imtihonlari topshirishni joriy etish adolatli ish, bo‘lardi, deb hisoblaymiz.

    Shuning uchun biz o‘zbek tiliga respublikaning davlat tili statusi berilishi bilan birgalikda til haqida maxsus qonun loyihasi ishlab chiqilishini, uning umumxalq muhokamasiga qo‘yilishini istaymiz. Matbuotda, ayrim rahbarlarimizning nutqlarida uzoq muddatga mo‘ljallangan “Rus tili kompleks programmasi”, “O‘zbek tili kompleks programmasi” kabi programmalar tuzilganligi haqida xabar berilmoqda. Bu programmalar ham, avvalo, keng muhokamaga qo‘yilsa maqbul bo‘lardi.

    H. Yusufxo‘jayeva, H. Bektemirov, filologiya fanlari kandidatlari

    “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 1989-yil 16-iyun

    25.10.2021, 07:45   Izoh (0)   9686
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sharq siyosati

    25.10.2021, 07:24

    Xorazmda simob va platinani 530 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

    24.10.2021, 23:59

    Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini mukofotladi

    24.10.2021, 23:38

    O‘zbekiston prezidenti saylovining dastlabki natijalari 25-oktabr kuni e’lon qilinadi

    24.10.2021, 22:41

    Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlarining 30 yilligi munosabati bilan soha xodimlari va faxriylarini tabrikladi

    24.10.2021, 22:16

    Foto: To‘y kuni saylovda ishtirok etgan Qashqadaryo, Surxondaryo va Namangandagi kelin-kuyovlar

    24.10.2021, 21:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.