• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    23-oktabr — Rossiya tarixidagi qora kun. Chechen jangarilari tomonidan Moskva teatrida yuzlab insonlarning garovga olinishi

    2002-yilning 23—25-oktabr kunlari Rossiya tarixidagi eng dahshatli teraktlardan biri bo‘lib o‘tgandi. Portlovchi modda va avtomatlar bilan qurollangan chechen ayirmachilari Moskvadagi teatrni egallab, undagi 912 nafar insonni garovga oladi. Yuzlab insonlar hayotiga zomin bo‘lgan ushbu terroristik akt haqida “Daryo” kolumnisti Muhammadqodir Sobirov hikoya qiladi.

    Sabab

    1999-yili Checheniston kuchlarining Dog‘istonga bostirib kirishiga javoban shu yilning sentabr oyida Chechenistonda federal qo‘shinlar tomonidan aksilterror operatsiyasi o‘tkazilishi e’lon qilinadi. Natijada Ikkinchi chechen urushi boshlanadi.

    2000-yilda Chechenistonning Shatoy viloyati egallanishi bilan faol harbiy harakatlari deyarli tugaydi. Chechenistonning mustaqilligi uchun boshlagan urushi keyinchalik terrorga aylanib ketadi. Mintaqada siyosiy avtoritetlar va harbiylarni o‘ldirish holatlari ko‘payadi. Respublikaga “Al-Qoida” va “Tolibon” jangarilari kelgani haqida xabarlar paydo bo‘ladi.

    Federal qo‘shinlar bo‘linmalari Chechenistonga joylashtiriladi va o‘lkada terrorizmga qarshi kurash rejimi joriy qilinadi. Bunga javoban chechen dala qo‘mondonlari 2002-yil yozida yig‘ilish o‘tkazadi hamda Moskvada terakt o‘tkazishga qaror qiladi. Keyingi oylarda jangarilar kichik guruhlarga bo‘linib Moskvaga kelib joylashadi. Ular, taxminan, qirq kishidan iborat bo‘lib, guruhning teng yarmi xudkush ayollardan iborat bo‘lgan.

    Bosqin

    Dastlab jangarilar uch obyektni nishonga oladi: Moskva davlat estrada teatri, Moskva yoshlar saroyi va Dubrovkadagi teatr markazi. Sig‘imining kattaligi va xonalarning kamligi hisobga olinishi natijasida Dubrovkadagi teatr markazi bosqinga nishon qilib tanlanadi. Dubrovka teatri odatiy teatr zali bo‘lib, bu yerda konsert, teatr tomoshalari va boshqa tadbirlar o‘tkazilardi. 2001-yilda “Nord-Ost” musiqiy ijodkorlari ehtiyojlari uchun inshoot qayta jihozlanadi va nomi o‘zgartiriladi.

    2002-yil 23-oktabr kuni kechki payt moskvaliklar Dubrovkadagi teatr markazida “Nord-Ost” musiqiy filmini tomosha qilayotgandi. Soat 21:15 da uchta mikroavtobus teatr yoniga kelib to‘xtaydi va undan kamuflyaj va qora libos kiygan qurolli odamlar tusha boshlaydi. Binoga bostirib kirgan jangarilar teatrda bo‘lgan jami 912 nafar insonni garovga oladi. Ular orasida tomoshabin, aktyor va teatr xodimlari, shuningdek, “Iridan” irlandcha raqs maktabi o‘quvchilari hamda militsiya generali ham bor edi. Jangarilar zalga bostirib kirganida sahna ortida bo‘lgan aktyorlar derazadan qochib chiqib ketadi va militsiyani chaqiradi.

    Jangarilar yetakchisi, sobiq chechen qo‘mondoni Arbi Barayevning o‘g‘li Movsar Barayev garovga olingan chet el fuqarolariga hech qanday xusumati yo‘qligini aytadi va xorij pasportini ko‘rsatganlarni ozod qilishga va’da beradi.

    Movsar Barayev va jangarilarning videomurojati

    Movsar Barayev va jangarilarning videomurojati
    Foto: “TASS”

    Butun bino bo‘ylab bombalar joylashtirib chiqiladi hamda bir-biriga bog‘lab qo‘yiladi. Tanasiga bomba bog‘langan xudkush ayollar esa butun zal bo‘ylab, garovdagi kishilar orasiga joylashadi.

    Talablar

    Movsar Barayev Rossiya hukumatidan federal qo‘shinlarning Chechenistondagi aksilterror operatsiyalarini to‘xtatishini talab qiladi. U, shuningdek, qo‘shinlarning o‘lkadan bir hafta ichida olib chiqilishi kerakligi, agar bu muddat ichida talab bajarilmasa garovdagilarni o‘ldirishni boshlashini aytadi.

    Garovdagilarga oila a’zolari bilan gaplashishga ruxsat beriladi. Ular yaqinlariga butun bino bombalashtirilganini, ularning tanasiga ham portlovchi moddalar bog‘lab qo‘yilganini aytadi. Shu bilan birga ular terroristlar bir-birini arabcha ismlar bilan chaqirayotgani, ayol jangarilar Shimoliy Kavkaz kiyimidan farq qiluvchi g‘ayrioddiy arab kiyimlari kiyganini ham bildirgan.

    Qamal

    Soat 22:00 da Dubrovkaga militsiya, OMON, SOBR, FSB va ichki qo‘shinlarning kuchaytirilgan qismlari yetib keladi. Jangarilar tunda garovdagi o‘n besh bolani qo‘yib yuboradi.

    Militsiya va FSB xodimlari teatr markazi binosi yonida

    Militsiya va FSB xodimlari teatr markazi binosi yonida
    Foto: “TASS”

    Jangarilar bilan muzokaralar 00:15 da boshlanadi. Davlat Dumasining chechenistonlik deputati Aslambek Aslaxanov binoga kiradi. Shundan so‘ng 24-oktabrdan to 26-oktabr tongigacha jangarilar muzokaralarga faol kirishadi, kelishuvlarda ko‘plab rus siyosatchilari: Iosif Kobzon, Irina Xakamada, Grigoriy Yavliniskiy, Boris Nemsov, Ruslan Xasbulatov, shuningdek, jurnalistlar Anna Politovskaya, Sergey Govoruxin, britaniyalik Mark Franketti, savdo-sanoat palatasi rahbari Primakov, Ingushetiya Respublikasining sobiq prezidenti Ruslan Aushev va san’atkor Alla Pugachova ishtirok etadi. Sobiq SSSR prezidenti Mixail Gorbachyov ham jangarilar bilan vositachi bo‘lishga tayyorligini bildiradi. Terrorchilarning o‘zi esa binoga Xalqaro Qizil Xoch va Chegara bilmas shifokorlar tashkilotlarining vakillari kelishini talab qiladi. Shu kuni shifokor Leonid Roshan teatr markaziga kiradi va garovdagilarga dori-darmon topshirib, birinchi yordam ko‘rsatadi. Binodan chiqqan Roshan garovdagilar ahvoli og‘ir ekani, ularga yegulik va suv berilmayotganini ma’lum qiladi.

    Plakatda “Ularga suv va dori bering” va “Insonlar hayoti siyosatdan muhim” deb yozilgan

    Plakatda “Ularga suv va dori bering” va “Insonlar hayoti siyosatdan muhim” deb yozilgan
    Foto: “Sputnik”

    Olib borilgan kelishuvlar natijasida garovga olingan bir necha o‘nlab inson qo‘yib yuboriladi.

    Jangarilar agar Checheniston rahbari Axmat Qodirov teatrga kelsa yana ellik nafar garovdagi insonni ozod qilishlarini bildiradi. Ammo Axmat Qodirov bu so‘rovga javob bermaydi va ozod qilish amalga oshmaydi.

    Shturm

    Putin bilan uchrashuvdan so‘ng Federal xavfsizlik xizmati (FSB) rahbari Nikolay Patrushev jangarilar agar barcha garovdagilarni qo‘yib yuborsa, ularning hayoti saqlab qolinishi hamda Rossiya va Chechenistondan tashqari xohlagan mamlakatlariga ketishga imkon berilishini aytadi. Biroq taklif rad qilinadi, jangarilar federal qo‘shinlar Chechenistondan olib chiqilishi kerakligi haqidagi shartni o‘zgartirmaydi.

    Shundan so‘ng ommaviy talafotlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun FSB maxsus kuchlari tomonidan maxsus operatsiya o‘tkazishga qaror qilinadi. Ammo vaziyat jiddiy bo‘lib, shturm boshlanishi bilan terrorchilar binodagi portlovchi moddalarni portlatib yuborishi, natijada inshoot ichidagi barcha halok bo‘lishi mumkin edi. Qolaversa, bu miqdordagi portlash binoning qulashiga ham olib kelardi.

    Maxsus xizmatlarda keyinroq yangi qurol, opioid — asab gazidan foydalanish fikri paydo bo‘ladi. Bu inson markaziy asab tizimi va nafas olish yo‘llariga ta’sir qiluvchi modda bo‘lib, hali biron marta harbiy qurol sifatida qo‘llanilmagandi.

    Foto: “TASS”

    26-oktabr soat 05:00 da bino devoridan ochilgan kichik teshiklar va ventilyatsiya tizimi orqali yuborilgan bu gaz yordamida jangarilar xavfsizlantiriladi. Shturm soat 06:00 da boshlanadi. Maxsus kuchlar (Alfa va Vimpel guruhlari) teatr markaziga kirganda binoning yorug‘lik tizimi o‘chiriladi. Gaz ta’siriga tushgan jangarilar ko‘r-ko‘rona o‘q uza boshlaydi. Garovdagilar va terrorchilarning ko‘pchiligi hushidan ketadi, ba’zi jangarilar “protivogaz” kiyishga ulguradi.

    Soat 06:30 da FSB rasmiy vakili jangarilar yo‘q qilingani va bino maxsus kuchlar nazorati ostida ekanini xabar qiladi. Dubrovkaga o‘nlab tez yordam mashinalari olib kelinadi. Soat 07:25 da esa prezident yordamchisi Sergey Yastrjembskiy operatsiya yakunlanganini rasman e’lon qiladi.

    Qurbonlar

    Keyinroq Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Vasiliy operatsiya natijalari haqida birinchi ma’lumotlarni taqdim etadi. Unga ko‘ra shturm davomida 36 jangari yo‘q qilinib, garovdagilarning 750 nafari ozod qilinadi, 67 kishi esa halok bo‘ladi. Keyingi kunlar ichida yana bir necha o‘nlab garovdagi insonlar Moskva kasalxonalarida vafot etadi. Terakt qurbonlarining umumiy soni 130 kishini tashkil qildi. Ulardan 10 nafari yosh bolalar edi.

    Foto: “Kommersant”

    Keyingi voqealar

    Terakt aybdorlariga nisbatan 2002-yil 23-oktabrda jinoiy ish ochiladi. Terakt uchun javobgarlikni chechen dala qo‘mondoni Shamil Basayev o‘z zimmasiga oladi. 2003-yil iyun oyida Moskva prokuraturasi bosqinchilarning o‘limi munosabati bilan ishni to‘xtatadi. Tergov doirasida terroristik aktni uyushtirish ayblovlari Shamil Basayevdan tashqari Zelimxon Yandarbiyev va Ahmad Zakayevga ham qo‘yiladi.

    Ushbu terakt butun dunyo tomonidan qattiq qoralanadi. AQSh hukumati bu voqeadan keyin Aslan Masxadov rejimi qonuniyligini butunlay yo‘qotganini va tinchlik jarayonlarida ishtirok eta olmasligini bildiradi. Iroq prezidenti Saddam Husayn chechen jangarilarining begunoh insonlarni garovga olishini qoralab, ular bu bilan “islomga bo‘lgan ishonchni sindirgani”ni aytib o‘tadi.

    Dubrovka teatr markazidagi terakt zamonaviy Rossiya tarixidagi eng katta terror aktlaridan biri hisoblanadi. 2002-yil 28-oktabr “Nord-Ost” terakti qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab motam kuni e’lon qilinadi. Keyingi yil 23-oktabrda Dubrovka teatr markazi oldida “Terrorizm qurbonlari xotirasi” yodgorligi ochiladi.

    23.10.2021, 14:18   Izoh (0)   84191
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” futbolchisi: “‘Real’ — butun dunyo tan olgan klub”

    Sport | 2 iyul, 15:55

    Toshkentda Rohat aylanma yo‘li vaqtincha yopilgani sabab tirbandliklar yuzaga keldi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyul, 15:48

    Eron rasman MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatdi

    Dunyo | 2 iyul, 15:45

    Malida “Al-Qoida”ga aloqador hujum sabab 80 nafar jangari o‘ldirildi

    Dunyo | 2 iyul, 15:35

    Hayot uchun xavfli: nima uchun tor kelib qolgan kiyimlardan qutulish kerak?

    Maslahatlar | 2 iyul, 15:20

    HAMAS Trampning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga javob qaytardi

    Dunyo | 2 iyul, 15:05

    Bolgariya va Ruminiya chegara nazoratini bekor qildi

    Dunyo | 2 iyul, 14:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.