Ushbu yegulik nafaqat kattalar, balki bolalar uchun ham sevimli bo‘lishiga shubha yo‘q.
Kerakli mahsulotlar:
- tuxum — 3-4 dona;
- pomidor — 2 dona;
- bodring — 1 dona;
- non — 6 bo‘lak;
- mayonez;
- pishloq;
- kolbasa;
- salat bargi.
- Qaynatilgan tuxumni bo‘laklarga bo‘ling.
- Pomidor va bodringni ham to‘g‘rang.
- Nonni yog‘ solinmagan tovada qovurib oling.
- Nonning bir bo‘lagiga mayonez surting.
- Pishloq bo‘lagi ustidan tuxum keyin kolbasa, pomidor, bodring va ko‘katlar qo‘yib chiqing.
- Yana bir boshqa non bo‘lagining bir tarafiga mayonez surting, ko‘kat qo‘ying.
- Ikkinchi tomoniga ham mayonez surting.
- Yuqoridagi singari mahsulotlarni terib chiqing.
- Ustini uchinchi mayonez surtilgan non bo‘lagi bilan yoping.
- Xuddi shu ketma-ketlikda sendvich tayyorlang.
- Ikkalasini birlashtirib, uchburchak shaklda kesing.
- Mahsulotlar to‘kilib ketmasligi uchun cho‘pli six bilan mahkamlang.
Izoh (0)