• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Poliglot mashhurlar: O‘zbek shou-biznesining bir nechta tilda erkin gaplasha oladigan vakillari (foto)

    XXI asrda har bir soha vakilining kamida bitta xorijiy tilni bilishi odatga aylanyapti. Dunyo kezish va muvaffaqiyatli karyera orzusi sabab aksariyat odamlar, ayniqsa, yoshlar bir qancha chet tilini o‘rganmoqda. Quyida o‘zbek shou-biznes vakillari orasida uch, to‘rtta xorijiy tilda biyron gapiradigan mashhurlar haqida so‘z yuritamiz.

    Munojot Yo‘lchiyeva

    O‘zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva rus, ingliz va fransuz tilida gaplasha oladi, fors tilida esa qisman muloqot qiladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Ruscha va fransuzchani o‘quvchilik davrimda o‘rganganman. Fransuz tiliga qiziqishim balandligi uchun sinfdoshlarim orasida yaxshi o‘qishga qattiq intilardim. Hatto kelajakda tarjimon bo‘lishni ham orzu qilganman.

    Ingliz tilini katta farzandimning maktabda bu fandan qanday bahoga o‘qiyotgani, qay darajada bilishini nazorat qilish maqsadida birgalikda o‘rganganman. Kunora uyimizga repititor kelib, o‘g‘lim ikkimizga mashg‘ulotlar o‘tardi.

    Fors tilini talabalik yillari o‘rganishga majbur bo‘lganman. Bu til g‘azallarni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega. Fors tilidagi matnlarni o‘qib, tushuna olaman. Ammo forscha muloqot qilishga biroz qiynalaman.

    Vaqt tomonlama imkoniyatim bo‘lganida, rus, ingliz va fors tillaridagi bilimlarimni yanada mustahkamlagan bo‘lardim. Kundalik hayotda asosan, o‘zbek tilida gaplashib, eshitganim uchun mazkur tillardagi ayrim so‘zlar yodimdan chiqib qoladi. Amaliyot, jonli muloqot davomida odamning til borasidagi bilimi, tajribasi shakllanib borishiga amin bo‘ldim”, — deydi Munojot Yo‘lchiyeva.

    Yulduz Usmonova

     

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova rus, ingliz, turk va tojik tillarida erkin so‘zlasha oladi. Bir muddat Turkiyada yashab, ijod qilgan san’atkor ayni paytda arab tili bo‘yicha bilimlarini mustahkamlamoqda.

    Ozodbek Nazarbekov

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov rus va turk tillarida tarjimonsiz gaplashadi. Kasb taqazosi sabab xorij tillarini o‘zlashtirishga majbur bo‘lgan. “Ingliz tilini o‘rganish rejamda bor”, — deydi san’atkor.

    Ozoda Nursaidova

    O‘z repertuarini bir qancha chet tilidagi qo‘shiqlar bilan ham boyitgan xonanda Ozoda Nursaidova to‘rtta tilda bemalol gaplashadi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    “Avvallari til o‘rganishga qiziqishim kuchli edi. Ishtiyoq, qunt va harakatim sabab rus, ingliz, turk hamda fors tillarida tarjimonsiz gaplashadigan bo‘ldim. Arab tilini esa qisman bilaman. Lekin bu tilni ham puxta o‘rganish maqsadim yo‘q emas. Vaqt jihatidan muammo bo‘lmaganida, fransuz tilini o‘rganardim”, — dedi Ozoda Nursaidova.

    Sevara Nazarxon

     

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxonni ham poliglot san’atkorlar safiga qo‘shish mumkin. Oilasi bilan Londonda yashaydigan xonanda rus, ingliz hamda fransuz tillarida bemalol muloqot qiladi.

    Otabek Mahkamov

    Ayni paytda Amerikada yashab, faoliyat yuritayotgan serqirra inson: yurist, aktyor va boshlovchi Otabek Mahkamov o‘quvchilik davrida uchta tilni puxta o‘rganganini ta’kidladi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    “Jahon tillari gimnaziyasida o‘qigan davrimda rus, ingliz va fransuz tillarini yaxshi o‘zlashtirganman. Keyinchalik fors, turk, arab va nemis tillarida oz bo‘lsa-da, gaplashishni o‘rgandim. Hozirgi kunda ispan tili bo‘yicha bilimlarimni oshiryapman.

    Imkon bo‘lib qolsa, yapon, xitoy va dunyoning eng noan’anaviy tillaridan biri hisoblangan Amazoniyaning piraxan tilini o‘rgangan bo‘lardim”, — dedi Otabek Mahkamov.

    Uning aytishicha, u jahon adabiyoti namunalarini orginal tilda o‘qish, kinolarni tarjimasiz ko‘rish, sevimli xorij qo‘shiqlarining ma’nosini tushunish maqsadida chet tillarini o‘rganishga qaror qilgan.

    Munisa Rizayeva

     

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Xonanda Munisa Rizayeva to‘rtta: rus, ingliz, fransuz va ispan tillarida erkin muloqot qilishini qayd etdi. Tojik tilida so‘zlashishga biroz qiynaladi.

    O‘n yilcha Londonda yashab, Angliya davlat konservatoriyasi hamda Mehmonxona tijorati va turizm yo‘nalishida tahsil olgan ijodkor yana ikkita tilni o‘rganish niyati borligini aytdi.

    “Vaqt topib, arab va xitoy tillarini o‘rganish rejamda bor. Bu ikki til har doim ommaviy muloqot vositasi hisoblangan. Shuningdek, Qur’oni Karimni ham, albatta, o‘rganmoqchiman”, — deydi qo‘shiqchi.

    Nilufar Usmonova

     

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Ustazoda san’atkor Nilufar Usmonova ham uchta: rus, ingliz va turk tillarida erkin gaplashadi. Bolaligida ma’lum vaqt Angliyada tahsil olgan xonanda til o‘rganishga juda qiziqadi. U hozirda koreys tilini o‘rganmoqda.

    Alixan

     

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    O‘n yildan ortiq vaqt okean ortida yashab, hatto Golivvud filmlarida rol o‘ynagan aktyor Alixanning ta’kidlashicha, chet tilini bilgan odamning imkoniyatlari ancha kengayadi.

    “Rus tilini bolaligimda, ingliz tilini AQShda yashagan davrimda o‘rganganman. Aslida, Amerikaga borishimga ingliz tilini o‘rganish orzum ham bir sabab bo‘lgan. ‘Mendirman Jaloliddin’ serialining suratga olish jarayoni tufayli salkam bir yil Turkiyada yashadik va turkcha o‘rganishga majbur bo‘ldik. Hozir turk tilida ham erkin gaplashaman.

    Ingliz tilini bilganim uchun Xitoyga borsam ham, Dubayda ham muloqotga kirishishga qiynalmayman. Til bilgan odam hech narsa yutqazmaydi, balki ko‘plab imkoniyatlarni qo‘lga kiritadi.

    Vaqtim bo‘lganida, fransuz va ispan tillarini o‘rganardim. Bu ikki til menga yoqadi va juda qiziqarli”, — dedi Alixan.

    Shahzoda Matchonova

     

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Kitobxon aktrisa sifatida ko‘pchilikka tanish Shahzoda Matchonova rus, ingliz va turk tillarini biladi. Qayd etish kerakki, u Instagram sahifasidagi postlarining aksariyatini rus tilida yozadi.

    Mirolim Isajonov yozib oldi

    Mavzuga doir:

    • Poliglot yulduzlar: bir necha tilda bemalol so‘zlasha oladigan mashhurlar (foto)
    • Foto: Bollivudning bir nechta tilda gaplasha oladigan yulduzlari

    22.10.2021, 14:41   Izoh (0)   113604
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ilk mashinasi — “Jiguli”, 5 ta tilni biladi, ikki marta to‘yi buzilgan, prokurorning nevarasi Munisa Rizayeva 35 yoshda (foto)

    21.10.2021, 18:33

    Xalq artisti bo‘lgunicha ko‘rgan qiyinchiliklari, onasining qarshiligiga qaramay rus qiziga uylangani haqida Muhammadali Abduqunduzov bilan intervyu (video)

    20.10.2021, 17:23

    Taniqli jurnalist Lola Zunnunova nima sababdan Milliy TV rahbarligidan ketganini ma’lum qildi (video)

    08.10.2021, 18:58

    Foto: Toshkent xalqaro kinofestivalining yopilish marosimi qanday o‘tdi?

    06.10.2021, 12:33

    “Musiqa maktabiga qatnashga imkonim bo‘lmagani uchun eshik tirqishiga qulog‘imni qo‘yib, darsni tinglardim”. Ozodbek Nazarbekov va boshqa mashhurlarning ustozlari

    01.10.2021, 15:56

    “Saraton — hammasi tamom, degani emas”. Qo‘rqinchli kasallikni yenggan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)

    29.09.2021, 14:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda vazn tashlagan xodimlarga pul beriladi

    Dunyo | 15 avgust, 11:23

    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi

    Reklama | 15 avgust, 10:30

    “Manchester Siti” “Tottenhem”ning Savinyo bo‘yicha taklifiga rad javobini berdi

    Sport | 15 avgust, 11:01

    “Isroil xalqaro jurnalistlarga G‘azoga kirishga ruxsat berishi lozim” — Tramp

    Dunyo | 15 avgust, 10:55

    Meksika ko‘chalarida 4 ming dollarlik robot it sayr qilmoqda (video)

    Dunyo | 15 avgust, 10:43

    Buyuk Britaniyada chivin orqali yuqadigan kasallik holatlari ikki barobar ko‘paydi

    Dunyo | 15 avgust, 10:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.