Oynada tayyorlangan kostyum, vaksinaning milliardinchi dozasini olayotgan ayol, dunyodagi eng baland charxpalak. 21-oktabr suratlari
21-oktabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.
Alyaskada fotosuratchi Jim Konington Barter oroli qirg‘og‘ida dengiz o‘tlari bilan o‘ynayotgan oq ayiqni suratga oldi. Ayiq dengiz o‘tini xuddi parik kiyganday boshiga qo‘yib oldi. Fotosuratchi surat izohiga “Tramp? Yo‘q, eshitmaganman”, — deb yozib qoldirgan.Foto: Legion Media
Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati institutida tashkil etilgan saylov uchastkasi.Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov
1750 kishiga mo‘ljallangan dunyodagi eng baland charxpalak Dubayda ishga tushirildi. Kabinalarning tuzilishi atrofni to‘liq ko‘rishga imkon beradi.Foto: EPA
Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga USM Holdings asoschisi, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti Alisher Usmonovning shaxsiy samolyoti kelib qo‘ndi. Bort Sardiniyaning Olbiya Kosta Smeralda xalqaro aeroportidan keldi. Unda Alisher Usmonov bor yoki yo‘qligi haqida ma’lumot yo‘q. Eslatib o‘tamiz, 2017-yil Shavkat Mirziyoyevning uzoq parvozlari uchun ushbu samolyot ijaraga olingandi.Foto: Tashkent Sky News
“Kalmar o‘yini” filmi ishtirokchilarining kiyimini kiygan qo‘riqchi Jakartadagi savdo markazida patrullik qilmoqda.Foto: Reuters
Manila Okean Parkidagi akvarium oynasini tozalayotgan g‘avvos. Pandemiya sabab bir yildan ko‘proq vaqt davomida yopiq turgan okeanarium faoliyatini qayta boshladi.Foto: AFP
Ko‘zgu parchalaridan tayyorlangan kostyum kiygan erkak Tehrondagi moda ko‘rgazmasida qatnashmoqda.Foto: Reuters
Manxettendagi Chrysler binosi orqasida “Ovchi oyi” deb ham ataladigan to‘lin oy ko‘tarilmoqda.Foto: Getty Images
Kemerovoda kuzgi harbiy chaqiruv.Foto: “TASS”
Meksikada Ijtimoiy taraqqiyot kotibiyatining sobiq rahbari Rosario Roblesning qizi Mariana Mogel Robles (o‘rtada) sudning ikki yildan ortiq “Usta firibgarlik” deb nomlanuvchi korrupsiya ishi bo‘yicha qamoqda saqlanayotgan otasini ozod qilishdan bosh tortish haqidagi qarorini eshitib, yig‘lab yubordi.Foto: EPA
Fransiyaning Vilpent shahridagi 22-Butunjahon ichki jamoat xavfsizligi ko‘rgazmasida (Milipol) kameralar va ratsiya moslamasi bilan jihozlangan niqob kiygan maneken it.Foto: AFP
Ispaniyaning Palma orolida vulqon otilishi davom etmoqda.Foto: “TASS”
Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga o‘choqda ovqat pishirayotgani aks etgan suratni joyladi. “O‘choqda pishgan ovqat baribir boshqacha totli bo‘ladi. Ishdan keyin shirin ovqatlar qilib, achchiq choylarni damlab, uyda turmush o‘rtoq va farzandlar bilan vaqt o‘tkazishga hech narsa yetmaydi”, — deb yozadi Mirziyoyeva surat izohiga.Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Ijtimoiy tarmoqlarda Bristol portiga tushib ketgan yuk mashinasining fotosurati tarqaldi. Yuk mashinasi qisman suv ostida qolganidan keyin favqulodda yordam xodimlari chaqirilgan. Haydovchi xavfsiz joyga yetkazilgan.Foto: PA
Sotheby’s kimoshdi savdosi uyida Frida Kahloning “Diego va men” nomli avtoportreti sotuvga qo‘yildi. Surat 30 million dollarga baholanmoqda.Foto: EPA
Rossiyalik Angelina Melnikova Yaponiyaning Kitakyushu shahrida o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi va yakka tartibdagi ko‘pkurash bahslarida g‘olib chiqdi.Foto: Getty Images
G‘arbiy Germaniyaga “Ignaz” bo‘roni yetib keldi.Foto: Getty Images
Yuzlab o‘t o‘chiruvchilar Barselonadagi Sant-Jaume maydonida vafot etgan hamkasbi ruhiga hurmat bajo keltirish uchun yig‘ildi.Foto: EPA
Izoh (0)