Markaziy bank 21-oktabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 20,30 so‘mga pastlab, 10 682,01 so‘mni tashkil qildi. Yevro 68,55 so‘mga pastlab, 12 417,84 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi ikki kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 10 702,31 so‘mni tashkil qilgandi.