• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Misha, biz keldik”. Saakashvilining qaytishi va qamoqqa olinishi qanday qilib Gruziyani ikkiga bo‘lib yubordi?

    Tbilisida oktabr boshidan beri Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini ozod qilish talabi bilan muxolifat namoyishlari davom etmoqda. Saakashvili mamlakat chegarasini yashirincha kesib o‘tib, so‘nggi sakkiz yil ichida birinchi marta Gruziyaga qaytganidan so‘ng hibsga olingandi. U vatanida kamida olti yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Gruziyalik jurnalist Diana Shanava qanday qilib sobiq prezidentning qaytishi gruzin jamiyatini ikkiga bo‘lib yuborgani haqida Meduza uchun reportaj tayyorladi.

    Saakashvilining tarafdorlari Rustavidagi qamoqxona oldida namoyish o‘tkazmoqda.

    Saakashvilining tarafdorlari Rustavidagi qamoqxona oldida namoyish o‘tkazmoqda.
    Foto: AFP / Meduza

    Georgiy bundan to‘qqiz yil avval ham — xuddi hozirgidek — Ozodlik maydonida turib, milliarder Bidzina Ivanishvilining “Gurji orzusi” partiyasi tarafdorlarining mitingida qatnashgan edi. U vaqtda bu partiya muxolifatchi edi, ammo 2012-yilgi saylovlardan so‘ng hukmron partiyaga aylandi.

    2012-yilda Georgiy 18 yosh edi — uning uchun bu birinchi saylov bo‘lgandi. U o‘zgarishlarni xohlardi va, o‘shanda uning nazarida, bu o‘zgarishlarni faqat Ivanishvili taqdim etishi mumkin edi: “Ammo biz xato qildik. Hozir men bu yer (maydon)da turib, Mixail Saakashvilining qamoqdan ozod qilinishini talab qilyapman. O‘tgan to‘qqiz yil ichida ‘Gurji orzusi’ olib borgan siyosat xafsalamni pir qilgani haqida gapirib ham o‘tirmayman. Ammo nahotki ular sobiq prezidentni qamoqqa tiqib qo‘yish mamlakatning G‘arb ko‘z o‘ngidagi nufuzini bir pul qilishini tushunib yetmayapti?”.

    Gruziyadagi eng yirik muxolifatchi partiya — “Yagona milliy harakat” (YaMH, unga 2001-yili Saakashvilining o‘zi asos solgan) tomonidan 14-oktabr kuni tashkil etilgan norozilik namoyishi ishtirokchilarining asosiy talabi sobiq prezidentni ozod etish edi. Namoyishdan ko‘zlangan yana bir maqsad — partiya tarafdorlarini 30-oktabr kuni Gruziyaning bir necha yirik shaharlarida mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bo‘lib o‘tadigan saylovning ikkinchi turiga safarbar etish edi.

    Namoyishchilar mamlakatning turli hududlaridan Tbilisiga oqib kela boshladi. Kutaisidan yo‘lga chiqqan muxolifatchilar avtokarvonini Saakashvilini yoqtirmaydiganlar supurgibo‘ron qildi hatto (bu Tbilisidagi Gldani qamoqxonasida siyosiy mahbuslar supurgilar vositasida qiynoqqa solinganiga ishora edi — 2012-yili qiynoq jarayonlari aks etgan kadrlarning e’lon qilinishi katta shov-shuvga aylangan; o‘sha vaqtda Saakashvili mamlakat rahbari edi).

    Kechga borib Ozodlik maydoni to‘liq, unga tutash ko‘chalarning bir qismi tumonat odam bilan to‘ldi. Namoyishchilar maydonga Gruziya, Yevropa Ittifoqi va Ukraina bayroqlarini ko‘tarib kelgandi.

    Plakat ko‘targanlarning ko‘pida “Misha ozod etilsin!” degan chorlov yozilgandi. Boshqalar esa Saakashvilini hokimiyat tepasiga olib kelgan 2003-yilgi “atirgul inqilobi”ga ishora qilgandek qizil atirgullarni ko‘tarib olgandi. Olomon orasidan: “U siyosiy mahbus” va “Uchinchi prezidentimiz qamoqda qoladigan bo‘lsa, bu sharmandagarchilik” degan chaqiriqlar quloqqa chalinadi.

    Tbilisida Mixail Saakashvilini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan norozilik namoyishi. 2021-yil, 15-oktabr.

    Tbilisida Mixail Saakashvilini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan norozilik namoyishi. 2021-yil, 15-oktabr.
    Foto: Irakli Gedenidze / Reuters / Meduza

    Mixail Saakashvilini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan norozilik namoyishi ishtirokchisi.

    Mixail Saakashvilini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan norozilik namoyishi ishtirokchisi.
    Foto: Irakli Gedenidze / Reuters / Meduza

    Namoyishda Mixail Saakashvilini qo‘llab-quvvatlamasa-da, ammo uning hibsga olinishidan norozilar ham bor edi. “Shaxsan o‘zim kelajakda unga ovoz bermagan bo‘lardim, biroq u Gruziya uchun qanchalik ko‘p muhim ishlar qilganini inkor qilib bo‘lmaydi, — deydi Kutaisidan “Mishaga ozodlik!” deb yozilgan plakat bilan kelgan Tamara. — U, “Gurji orzusi”dan farqli o‘laroq, (Gruziyaning o‘zidan avvalgi prezidenti) Eduard Shevardnadzeni afv etgan edi. Vaholanki, biz Shevardnadze zamonida Mishaning davridagiga nisbatan ancha yomon yashaganmiz. U vaqtlar bizda hech vaqo yo‘q edi”.

    Maydondagi sahnada sobiq prezidentni qo‘llovchi siyosatchi va san’atkorlar chiqish qildi. “Saakashvili bizga yoqishi-yoqmasligidan qat’i nazar, u xuddi bayroq va madhiyamiz kabi mamlakatning bir ramzi. Taroziga bugun nimani qo‘ymoq kerak: mamlakat obro‘sinimi yoki bir insondan qasos olish istagini?”, — dedi xonanda Tamriko Choxonelidze.

    Saakashvilining advokatlaridan biri, Mtavari Arkhi telekanali rahbari Nika Gvaramiya sobiqprezident qamoqdan berib yuborgan murojaat matnini sahnadan turib o‘qib eshittirdi. Bu vaqtda Gvaramiyaning ortidagi ekrandan “atirgul inqilobi” vaqtida olingan kadrlar efirga uzatib turildi.

    “Hozir odamlarni hech bir belgisi — na partiyaviy mansubligi, na boshqasi bo‘yicha ajratish vaqti emas. Gruziyani ozod qilish va qutqarish fursati keldi... Men vatanimning yo‘q qilinishini chekkada jim turib kuzata olmayman. Undan ko‘ra o‘lganim afzal. Shu bois ham men Gruziyadaman va tuzumning mag‘lubiyatiga o‘z hissamni qo‘shish uchun shu yerda qolishga qat’iy qaror qildim”, — deya ta’kidlangan edi Saakashvilining murojaatida.

    Mtavari Arkhi kanali xabariga ko‘ra, politsiya namoyishlar boshlanishi bilanoq shahardagi bir necha ma’muriy binoni o‘rab olib, maxsus texnikalarni ishga solgan. Namoyishlarning aksariyat ishtirokilarida uyali aloqa va mobil internet ishlamay qolgan. Keyinroq Saakashvili partiyasi Ozodlik maydonidan bir necha metr naridagi Tbilisi shahar kengashi binosida “signal to‘suvchi va ovoz yozuvchi uskunalar” topilganini ma’lum qildi. Bunga javoban Gruziya Ichki ishlar vazirligi mazkur uskunalar “mexanizm sifatida nafaqat radiosignalni, balki mobil aloqani ham yaxshilashi”ni ta’kidlab, ulardan “politsiya bo‘linmalari o‘rtasida uzluksiz aloqani ta’minlash maqsadida” foydalanilayotganini bildirdi.

    Aksiya oxirida “Yagona milliy harakat” raisi Nika Meliya so‘zga chiqib, Saakashvilining Gruziyaga qaytishini “jon fido qilish”ga tenglashtirdi va bu qaytish “tuzumning g‘azabini qo‘zg‘agani”ni ta’kidladi.

    “Maqsadimiz — o‘zimizni, oilalarimizni, davlat va ovozlarimizni himoya qilishdir”, — dedi YaMH yetakchisi; uning qo‘shimcha qilishicha, 30-oktabrdagi saylovlardan so‘ng Bidzina Ivanishvili “yo mag‘lubiyatga ko‘nikadi”, yoki bo‘lmasa “kurash oxirigacha davom etadi”.

    “Kameram yaxshi yopilgan bo‘lsin-da, deb iltijo qilsin”

    Saakashvilining qaytishidan so‘ng gruzin jamiyati aniq-tiniq ikki qutbga ajralib qoldi. 16-oktabr kuni mamlakatda sobiq prezidentga bag‘ishlangan ikkita bir-biriga zid namoyish o‘tkazildi.

    Birinchisi — Saakashvili saqlanayotgan Rustavi shahridagi 12-son qamoqxona oldida bo‘lib o‘tdi. Namoyish ishtirokchilari siyosatchini ozod qilish talabiga qarshi chiqdi. Namoyishchilar qamoqxona oldiga olib kelgan ulkan plakatda qon dog‘lari qurshovidagi Saakashvili tasvirlangan edi, surat yuqorisiga esa: “Jallod — qamoqxonaga” deb yozilgandi.

    Namoyishchilar o‘zlarini Saakashvili davrida qatag‘onga uchragan siyosiy mahbuslar deb atagan. Sobiq prezidentning muxoliflari uni qonunbuzarlarga nisbatan haddan ortiq, mamlakat qamoqxonalarini to‘ldirib yuboradigan darajada shafqatsizlikda ko‘p bora ayblagan. “Gurji orzusi” hukmronligi davrida afv etilgan mahbuslar ular faqat va faqat siyosiy qarashlari sabab sudlanganini ta’kidlagan.

    “U qo‘rquvdan dag‘-dag‘ titrashi kerak, — namoyish ishtirokchilaridan biri Zaza Davitaya. — Bugun biz bu yerda to‘rt-besh ming kishimiz. Ammo bu yerga hali butun Gruziya keladi. Yaxshisi, u kamerasining eshiklari yaxshilab yopilgan holda turishini so‘rab iltijo qilsin. Misha, biz keldik!”.

    Shu kunning o‘zida bir qator faollar va bir necha nodavlat tashkilotlarning vakillari “Mishaning ozodligi uchun” harakati tashkil etilganini e’lon qildi. Ushbu faollarning so‘zlariga ko‘ra, Saakashvilining ozod qilinishigina Gruziyadagi siyosiy inqirozni yumshatish va siyosiy qatag‘onlarni to‘xtatish imkonini beradi.

    Gruziyada oxirgi ikki yilda muxolifat vakillarini qamoqqa olish bilan bog‘liq bir necha shov-shuvli holat yuz berdi. Masalan, 2020-yil fevralida Tbilisining sobiq meri va Saakashvilining tarafdori Gigi Ugulava korrupsiyada ayblanib, ushlandi. Oradan bir yil o‘tib Saakashvili partiyasining raisi Nika Meliya 2019-yil 20-iyunidagi namoyishlarda ishtirok etish va ularni tashkillashtirishda ayblanib, hibsga olindi. Hozirda ularning har ikkisi ham ozodlikda: Ugulavaning Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili afv etgan, Meliya esa garov evaziga qo‘yib yuborilgan.

    “Mishaning ozodlishi uchun” harakati asoschilaridan biri Irakliy Pavlenishvilining tushuntirishicha, faollar sobiq prezidentni qo‘llab-quvvatlab, deyarli har kuni norozilik namoyishi o‘tkazish niyatida.

    “Mishaning ozodligi uchun” harakatining birinchi namoyishi 16-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi — “Gurji orzusi” partiyasi asoschisi, milliarder Bidzina Ivanishviliniki deb hisoblanadigan qarorgoh oldida bir necha o‘n kishi to‘plandi.

    Namoyishni politsiyachilar kuzatib bordi — ularning soni namoyishchilarnikidan ham ko‘proq edi. Faollar binoga olib boruvchi avtotonnel devorlariga Saakashvilini ozod qilish talabi bitilgan stikerlarni yopishtirishga urindi. Oqibatda politsiya bilan to‘qnashuv kelib chiqdi. Shundan so‘ng Mixail Saakashvilining tarafdorlari u saqlanayotgan qamoqxona tomon yo‘l oldi. Namoyish shu yerga kelgandan so‘ng tugadi.

    Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining Tbilisida qo‘lga olinishi jarayoni. 2021-yil, 1-oktabr.

    Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining Tbilisida qo‘lga olinishi jarayoni. 2021-yil, 1-oktabr.
    Foto: AFP / Meduza

    Bir vaqtning o‘zida faollar Free Misha saytini ishga tushirib, u yerda Gruziyaning uchinchi prezidenti ozod etilishi uchun imzo yig‘ishga kirishdi. Saakashvilining Facebook’dagi sahifasida ta’kidlanishicha, petitsiyani allaqachon 100 mingga yaqin odam imzolab bo‘lgan. Ayni damda boshqa bir platformada Saakashvilinini sud qilish kerak deb hisoblovchilar alohida imzo yig‘ishga kirishgan. U yerda taxminan 5—6 ming ovoz to‘plangan. E’tiborga molik tomoni, ushbu saytlarning birortasida ro‘yxatdan o‘tish yoki shaxsni tasdiqlash talab etilmaydi.

    * * *

    Saakashvilini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha namoyishlar davom etmoqda. 18-oktabr kuni uning bir necha o‘nlab tarafdorlari hukumat binosi oldida to‘plandi. Namoyish — faollardan biri bo‘yoqli balloncha bilan asfaltga “Mishaga ozodlik!” deb yozmoqchi bo‘lguniga qadar — tinch o‘tdi. Oxir-oqibat vaziyatga politsiya aralashdi, ikki faol qo‘lga olindi.

    Namoyishlar davom etayotgan bir vaqtda Gruziya 30-oktabrdagi saylovlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. YaMH va “Gurji orzusi” bir-birini qonunbuzarlikda ayblamoqda, yirik hukumatparast telekanallardan biri hisoblangan “Imedi” esa “favqulodda holat tartibi”ga o‘tayotgani va “‘Yagona milliy harakat’ partiyasiga qarshi kurash boshlayotgani”ni haqida bayonot bergan. Telekanal endi har kuni Saakashvili davrida jabr chekkan odamlar hayoti haqida hikoya qilishini bildirgan. Ushbu telekanal Gruziya prezidentligi uchun 2018-yilgi saylovlarning ikkinchi turida ham shunday amaliyotni qo‘llagan edi. O‘shanda “Gurji orzusi” tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va yakunda mamlakat prezidentiga aylangan Salome Zurabishvilining raqibi YaMH partiyasi a’zosi Grigol Vasadze edi.

    “Saylovlarning ikkinchi turiga qadar bizning tahrir siyosatimiz davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda yuritiladi. Har kuni yarim tunga qadar yangiliklar dasturlarimiz, siyosiy tok-shoularimiz Saakashvili tuzimidan ma’naviy zarar ko‘rgan odamlarga bag‘ishlanadi, — deyiladi xolding bayonotida. — “Imedi” sizga mamlakatimizning eng og‘ir o‘tmishini yana shunday holga qaytmaslik uchun eslatadi”.

    20.10.2021, 20:45   Izoh (0)   34735
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Facebook kompaniyasi o‘z nomini o‘zgartirishi mumkin

    20.10.2021, 15:51

    Yaponiyada zilziladan keyin Ikkinchi jahon urushi davridagi kemalar suv yuzasiga qalqib chiqdi (video)

    20.10.2021, 15:10

    Sitsiliyaning Kataniya shahrida cho‘qintirgan otalar vaqtinchalik taqiqlandi. Bu qisman mafiya bilan bog‘liq

    20.10.2021, 12:41

    Britaniyada koronavirusning delta shtammdan ham yuqumliroq yangi turi tarqalmoqda. U Isroilda ham aniqlandi

    20.10.2021, 10:39

    Shifokorlar qamoqxonada ochlik e’lon qilgan Saakashvilini kasalxonaga yotqizishni tavsiya qildi

    20.10.2021, 10:09

    Rossiyada koronavirus tufayli dam olish kunlari e’lon qilinadi. Moskvada bir kunda qariyb 1600 kishi kasalxonaga yotqizilgan

    20.10.2021, 09:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00

    Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:50

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:30

    “Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va quritilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor” — prezident

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:28

    Tramp AQSHni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga tortishni istamasligini ta’kidladi

    Dunyo | 18 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 iyun, 23:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.