Markaziy bank 20-oktabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 1,67 so‘mga ko‘tarilib, 10 702,31 so‘mni tashkil qildi. Yevro 90,77 so‘mga ko‘tarilib, 12 486,39 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi 4,36 so‘mga pastlab, 10 700,64 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta kursi ikki kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi.