Yakunlanayotgan haftada Yevropaning top-5 chempionatlarida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar anonsi bilan tanishing.

APL. “Tulkilar” “qizil iblislar”ga qarshi, “Brentford” “Chelsi”ni mehmon qiladi, yangi investorga ega bo‘lgan “Nyukasl” “Tottenhem” bilan “jang qiladi”

Foto: Getty Images

“Lester” — “Manchester Yunayted”, 16-oktabr, 19:00

Bir muddat tanaffusdan so‘ng klublar futboli yana qaytdi. Tumanli Albionda “Lester” o‘z uyida “Manchester Yunayted” bilan bahs olib boradi.

Ortda qolgan 7 turdan so‘ng “Tulkilar” 13-o‘ringa tushib qolgan. Ushbu mavsum Brendan Rojers shogirdlarining ishi yurishmayapti. Hujum chizig‘i vakillari Jeymi Vardi va Kelechi Ixeanacho ko‘p gol ura olmayapti. Undan tashqari himoya chizig‘ining asosiy figuralaridan biri bo‘lgan Jonni Evansning o‘rni juda bilinyapti. Himoyachi jarohati sabab safdan chiqqandi, uning o‘rnini to‘ldiradigan o‘ziga ishongan himoya vakillari topilmayapti. “Manchester Yunayted” sobiq futbolchisining o‘yinga tushish ehtimoli ham bor. Lekin bu aniq kafolatlanmagan.

Mankunianlar esa 14 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. Musobaqa yetakchisidan ikki ochko ortda qolyapti. Sulsherda ham jarohatlar bilan bog‘liq muammolar mavjud. Harri Maguayr, Markus Reshfordning yo‘qligi yaqqol seziladi. Undan tashqari murabbiylar shtabi yaqindagina terma jamoa safida o‘yin o‘tkazgan Fred va Edinson Kavaniga ham dam bermoqchi. Ushbu o‘yinda Sulsher shogirdlari uchun g‘alaba juda muhim. Jamoa o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarib olishi uchun ham harakat qiladi. Krishtianu Ronaldu esa har doimgidek maydonga gol urish maqsadida tushadi.

Qolgan uchrashuvlar:

16-oktabr, shanba

“Uotford” — “Liverpul”, 16:30

“Aston Villa” — “Vulverhempton”, 19:00

“Manchester Siti” — “Byornli”, 19:00

“Norvich” — “Brayton”, 19:00

“Sauthempton” — “Lids”, 19:00

“Brentford” — “Chelsi”, 21:30

17-oktabr, yakshanba

“Everton” — “Vest Hem”, 18:00

“Nyukasl” — “Tottenhem”, 20:30

18:0ktabr, dushanba

“Arsenal” — “Kristal Pelas”, 00:00

La Liga. Ojiz ko‘rinayotgan “Barselona” “Valensiya” bilan kuch sinashadi, “Real” va “Atletiko” ushbu hafta o‘ynamaydi

Foto: Getty Images

“Barselona” — “Valensiya”, 17/18-oktabr, 00:00

“Barselona” 12 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. Ronald Kuman shogirdlari mavsumni omadsiz boshladi. Bemalol g‘alaba qozonishi mumkin bo‘lgan jamoalar bilan yo mag‘lubiyatga uchradi, yo durang natija qayd etdi. “Ko‘rshapalaklar” ham xuddi shuncha ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi. Barselona shahri jamoasidan farqli ravishda “Valensiya” bitta ko‘p o‘yin o‘tkazgan.

Statistikaga qaraydigan bo‘lsak, o‘zaro uchrashuvlarning oxirgi 30 tasidan 29 tasida “Barselona” gol urib kelmoqda. Undan tashqari oxirgi 8 o‘yinning 6 tasida “Barselona” “Valensiya”ga yutqazmagan.

Janubiy Amerika mintaqasida 15-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan JCh—2022 saralash o‘yinlari sabab “Real” — “Atletik” va “Granada” — “Atletiko” o‘yinlari boshqa sanaga qoldirildi.

Qolgan uchrashuvlar:

16-oktabr, shanba

“Levante” — “Xetafe”, 21:30

“Real Sosyedad” — “Malyorka”, 00:00

17-oktabr, yakshanba

“Rayo Valyekano” — “Elche”, 17:00

“Selta” — “Sevilya”, 19:15

“Vilyarreal” — “Osasuna”, 21:30

18-oktabr, dushanba

“Alaves” — “Betis”, 22:00

“Espanyol” — “Kadis”, 00:00

A Seriya. “Latsio” va “Inter” to‘nashuvi, Eldor Shomurodov “Yuventus”ga qarshi maydonga tushadi, “Torino” musobaqa yetakchisiga qarshi

Foto: Getty Images

“Latsio” — “Inter”, 16-oktabr, 21:00

Ortda qolgan 7 turdan so‘ng “Latsio” musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Terma jamoalar yig‘inidan avval Mauritsio Sarri shogirdlari “Bolonya”ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Jamoa Italiya chempionatining oxirgi 5 turida atigi bitta g‘alaba qozondi.

“Inter” 17 ochko jamg‘ardi va 3-o‘rinni band etib turibdi. Musobaqa yetakchisi “Napoli”dan 4 ochko ortda. “Latsio”dan farqli ravishda “nerazzurilar” A Seriyada hali mag‘lubiyatga uchramadi. Simone Inzagi shogirdlari Italiya chempionatining har bir o‘yinida kamida ikkita gol urib kelmoqda. Hozirda jamoa hisobida 22 ta gol mavjud va bu chempionatdagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

“Yuventus” — “Roma”, 17-oktabr, 23:45

Turinliklar ushbu mavsumni omadsiz boshladi. Krishtianu Ronaldu ketgach, jamoa bir muddat shoshib qolgandek taassurot uyg‘otdi. A Seriyadagi 7-o‘rin Massimiliano Allegrining muammolar girdobida ekanidan darak.

Chempionlar Ligasida esa ikkita g‘alaba, biri “Chelsi”ga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritilganini hisobga olsa, hozircha “Yuventus”ni chetga surishga erta ekanligini ko‘rish mumkin. Undan tashqari, turinliklar barcha musobaqalardagi oxirgi 6 o‘yinda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. Ularning 4 tasida g‘alaba qozongan.

Joze Mourinyo shogirdlari skudetto uchun kurashga kirmoqchi ekanligini ko‘rsatmoqda. Lekin mavsum so‘ngiga qadar kurash olib bora oladimi-yo‘qmi, buni taxmin qilish qiyin. Ushbu bahsda o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. Sababi jamoaning asosiy forvardi Temmi Abraham Angliya terma jamoasi safida jarohat oldi.

Ayni damda “Roma” 4-o‘rinni egallab turibdi. Mourinyo shogirdlari hisobida 15 ochko mavjud va to‘plar nisbati 16:8. Rimliklar oxirgi 4 turda bir marotaba mag‘lubiyatga uchradi va qolgan uchta o‘yinda g‘alaba qozondi.

Qolgan uchrashuvlar: 

16-oktabr, shanba

“Spetsia” — “Salernitana”, 18:00

“Milan” — “Verona”, 23:45

17-oktabr, yakshanba

“Kalyari” — “Sampdoriya”, 15:30

“Empoli” — “Atalanta”, 18:00

“Jenoa” — “Sassuolo”, 18:00

“Udineze” — “Bolonya”, 18:00

“Napoli” — “Torino”, 21:00

18-oktabr, dushanba

“Venetsiya” — “Fiorentina”, 23:45

Bundesliga. Yetakchilar to‘qnashuvi: “Bavariya” “Bayer”ga qarshi, “Borussiya D” esa “Mayns”ni chig‘iriqdan o‘tkazadi

Foto: Getty Images

“Bayer” — “Bavariya”, 17-oktabr, 18:30

“Bayer” 7 turdan so‘ng musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va yetakchi “Bavariya” bilan bir xil — 16 ochko to‘plagan. Faqatgina qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga ortda qolmoqda. “Bayer” Bundesligada 20 ta gol urdi va 7 ta gol o‘tkazib yubordi.

“Bavariya” musobaqa yetakchisi bo‘lsa-da, ta’qibchilari unga juda yaqin. “Bayer”dan tashqari “Borussiya D” va “Frayburg” 15 ochko bilan keyingi o‘rinlarda turibdi.

Yulian Nagelsmann shogirdlari 45 ta gol urgan. Bu qoyilmaqom natija.

Qolgan uchrashuvlar:

16-oktabr, shanba

“Groyter” — “Boxum”, 18:30

“Frayburg” — “Leypsig”, 18:30

“Union” — “Volfsburg”, 18:30

“Ayntraxt” — “Herta”, 18:30

“Borussiya D” — “Mayns”, 18:30

“Borussiya M” — “Shtutgart”, 21:30

17-oktabr, yakshanba

“Augsburg” — “Arminiya”, 20:30

Ma’rufjon Ochilov tayyorladi