Kuz fasli har yili kelishi tabiiy, ammo havo kutilmaganda sovib ketadi. Hali yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmaganlar esa qanday poyabzal tanlashni bilmay shoshib qoladi. Quyida sovuq va yomg‘irli ob-havo uchun mo‘ljallangan yangi va qulay poyabzal modellari bilan tanishib chiqish mumkin.

Foto: Grazia

Kuzda inson ko‘proq xayol surishga beriladi. Ayniqsa, xiyobonda kitob mutolaasi bilan birgalikda issiq qahva ichish insonga estetik zavq bag‘ishlaydi. Shunday vaqtda qalin kardigan va kiyish juda ham qulay bo‘lgan poyabzalni tanlash mumkin.

Foto: Grazia

Tabiiyki, maktab davri ko‘pchilikning yodidan chiqmaydi. O‘sha davrda kiyilgan issiq va qalin oyoq kiyimlarni keyinchalik ham kiyish mumkin. Ayniqsa, kuni bilan ish stoli oldida vaqt o‘tkazadiganlar uchun juda mos. Qulay, issiq hamda har qanday libos bilan uyg‘unlasha oladi.

Foto: Grazia

Navbatdagi ajoyib model. Ushbu etiklar ham bahoriy nafis ko‘ylaklar, djinsi shim yoki midi yubkalar bilan ajoyib kombinatsiyani hosil qiladi. Shuningdek, ularni nafaqat kuzda, balki qishning quyoshli kunlarida ham kiyish mumkin.

Foto: Grazia

Palto, kurtka va boshqa ustki kiyimlar bilan kiyish tavsiya etiladi. Shuningdek, ushbu etiklar bo‘yi baland qizlar uchun ayni muddao. Odatda tepa qismi uzun etiklar bo‘yni biroz qisqartirishi mumkin. Lekin ozg‘in qizlarda bu holat kuzatilmaydi.

Foto: Grazia

Har qanday qulay krossovkalar ko‘proq piyoda yurishga yordam beradi. Buning uchun faqat krossovka tagligining sifati hamda o‘lchamiga e’tibor qaratish lozim. Bir o‘lchamga kichik yoki aksincha ham noqulaylik keltirib chiqaradi. Shuning uchun sovuq mavsum uchun kattarog‘ini xarid qilish shart emas. O‘lchami oyoqdan katta bo‘lgan har qanday oyoq kiyim muddatidan avval yaroqsiz holatga keladi.