• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Saylovoldi uchrashuvlaridagi yangicha yondashuvlar

    2021-yilgi prezident saylovi o‘zining qizg‘in pallasiga kirmoqda. Saylovchi sifatida mazkur jarayonlarni kuzatar ekanmiz, oktabr oyining dastlabki o‘n kunligi davomida nomzodlarning saylovchilar bilan faol targ‘ibot-tashviqot tadbirlar samarali olib borilmoqda. Ularning mazmun-mohiyati jihatdan bir-biridan farq qilishi, ham georafik jihatdan, ham mazmun jihatdan boyligi hamda saylovchilarning faol ishtiroki bilan o‘tkazilganligini qayd etish mumkin.

    Rustam Rashidov.

    Rustam Rashidov.
    Foto: AOKA

    Nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari davomida asosiy e’tibor saylovoldi dasturlarini ma’no-mazmunini saylovchilarga yangicha yondashuv asosida tushuntirishga qaratildi. Uchrashuvlar O‘zbekistonning barcha hududlarini va aholining keng qatlamlarini qamrab olmoqda. Nomzodlarning saylovoldi dasturlari yangicha yondashuv asosida va partiyalar elektorati manfaatlari imkon darajasida kengroq qamrab olingan holda shakllantirilganligi joylardagi saylovchilar bilan bo‘lgan uchrashuvlar chog‘ida namoyon bo‘lmoqda.

    “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirov Xorazm viloyatida uchrashuvlari davomida muzeylar, madaniy meros obyektlari va tarixiy obidalarga tashrif buyurib, “O‘zbekiston dunyodagi kam sonli davlatlar orasida eng ko‘p madaniy merosini saqlab qola olgan mamlakat hisoblanadi. Madaniy merosni, tarixiy obidalarni asramaslik tarixni asramaslik”, — deya fikr bildirdi.

    Nomzodning pedagogika to‘la ravishda davlat tasarrufida bo‘lishi lozimligi xususidagi taklifiga va oliy ta’lim tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqishga qaratilgan rejalariga saylovchilarning ma’lum bir qismi ijobiy munosabat bildirmoqda. Uning fikricha, “bo‘lajak pedagoglarni ruhiy testdan o‘tkazish kerak. U bolani yaxshi ko‘radimi, yo‘qmi — bilish zarur. Surxondaryoda bo‘lgani kabi yig‘layvergan bolani qo‘rqitish uchun pichoq ko‘rsatmaydigan, Qashqadaryoda bo‘lgani kabi jahli chiqib qolgan paytda bolani urib, ko‘r qilib qo‘ymaydigan, darsni qilib kelmagani uchun seva oladigan insonlarni saralab olish lozim”.

    Xalq demokratik partiyasi nomzodi Maqsuda Vorisovaning Andijon viloyatida saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “iqtisodiy siyosatning ijtimoiy samaradorligini ta’minlash, o‘rta muddatli istiqbolda kam ta’minlangan aholi qatlamlari ulushini kamida ikki baravar qisqartirish maqsadida kambag‘allikni bartaraf etish bo‘yicha samarali ishlarni amalga oshirish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega sektorlar va mehnat talab qiladigan tarmoqlarga alohida e’tibor qaratgan holda, iqtisodiyotning innovatsion ilg‘or texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish tarmoqlarini jadal rivojlantirish maqsadida samarali moliyaviy va soliq imtiyozlarini qo‘llash lozim”, — deya ta’kidladi.

    Maqsuda Vorisova uchrashuvlar chog‘ida “olis va chekka hududlarda shifokorlar hamda o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun ‘Qishloq shifokori’ va ‘Qishloq o‘qituvchisi’ dasturlarini amalga oshirish, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimini qonunchilik asosida mustahkamlash, aholining kam ta’minlangan qatlamlariga bepul, sifatli va to‘laqonli birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish” masalalariga ham to‘xtab o‘tdi.

    Narzullo Oblomurodovning targ‘ibot-tashviqot tadbirlari chog‘ida asosiy urg‘u saylovoldi dasturidan joy olgan “yashil iqtisodiyot”ni barpo etish masalalariga qaratildi. Narzullo Oblomurodovning atrof-muhitni asrab-avaylash jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi haqidagi g‘oyalari va bayonotlari elektorat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Shu bilan birga, saylovchilar Ekopartiya va uning nomzodi Narzullo Oblomurodovning faoliyatiga, xususan atrof-muhitga qarshi jinoyatlarga, ayniqsa, daraxtlarning ko‘plab kesilishi bilan bog‘liq masalalarga mutlaqo befarqligiga tanqidiy baholamoqda.

    Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodovning qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuvi samimiy, konstruktiv ruhda o‘tdi. Uchrashuvda u mazkur hudud bilan bog‘liq qator muammolarni sanab o‘tdi. “Insoniyat hayoti uchun eng muhim omil bo‘lgan atmosfera havosini muhofaza qilish, uning sifat ko‘rsatkichlarini ekologik normativlarga muvofiqligini ta’minlash strategik maqsadimiz bo‘lib qoladi”, — dedi Narzullo Oblomurodov. “‘Yashil taraqqiyot’ saylovoldi dasturimizdagi eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Qoraqalpog‘istonlik va mo‘ynoqlik yoshlar bu ulkan vazifalarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatishiga, bizga ko‘makchi bo‘lishiga umid qilamiz”, — dedi Narzullo Oblomurodov.

    “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Bahrom Abduhalimov saylovoldi uchrashuvlari chog‘ida jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish hamda yosh avlodni yetuk va bilimli qilib tarbiyalash masalalariga alohida to‘xtaldi. Xususan, u Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuv chog‘ida maktab talimini rivojlantirish va ta’lim sifatini yanada oshirish tarafdori ekani haqida atroflicha fikr yuritdi. Jumladan, “pedagog-muallimlar mehnatini rag‘batlantirish, o‘qituvchilik kasbi nufuzini oshirish, umumta’lim maktablarida ijtimoiy adolat va tenglik tamoyillarining qaror topishini yanada jadallashtirish kerak. Darsliklar sifatini oshirish uchun darsliklarni tayyorlash markazi tashkil etish zarur”, — deya takliflarini ifoda qildi nomzod.

    “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi nomzodi O‘zbekistonda yuzaga kelgan ekologik muammolarga nisbatan O‘zbekiston ekologik partiyasining befarqligi, mazkur muammolarga nisbatan o‘zining faol partiyaviy pozitsiyasini ko‘rsatmayotganligini tanqid qilib o‘tdi.

    Shuningdek uchrashuvda “biz tibbiyot xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, zamonaviy texnologiya va davolash usullarini keng joriy etish kabi muhim masalalarni ilgari suramiz. Dori vositalarining noqonuniy aylanishiga to‘liq chek qo‘yib, qalbakilashtirilgan, sifatsiz dori vositalari sotilishining oldini olish tarafdorimiz. O‘tgan yildan buyon dunyoga chang solib turgan koronavirus pandemiyasi ham jamiyatda tibbiy madaniyatni yuksaltirishning o‘rnini keng namoyon etdi. Shu jihatdan biz jamiyatda tibbiy madaniyat kodeksi ishlab chiqilishini zarur”, — deb o‘z tashabbuslarini ifoda qildi.

    Saylovchilar Shavkat Mirziyoyevning birinchi prezidentlik davridagi yutuqlarni ijobiy baholab, arzon va sifatli uy-joy yetishmasligi, tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda shu kabi muammolarning yechimi masalasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligini qayd etdi va ushbu yangilanishlarning rivojlanish dinamikasini saqlab qolish va davom ettirish zarurligi haqida fikr bildirdi.

    Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda: “Men Qashqadaryo to‘g‘risida o‘ylaganimda, bugungi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rganimda, meni eng ko‘p qiynaydigan masala — bu hudud aholisiga munosib hayot, to‘kin dasturxon va doimiy daromad manbalarini ta’minlab berish”, — deya ta’kidladi. Shuningdek, “joriy yildan boshlab, ‘Bog‘dod tajribasi’ asosida uylar, sanoat korxonalari va ijtimoiy infratuzilmani o‘z ichiga olgan Yangi O‘zbekiston massivlari barpo etiladi”, — deya ma’lum qildi.

    Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan boshqa nomzodlarning saylovoldi tashviqotidagi umumiy yondashuvlari saylovchilar tomonidan salbiy baholanmoqda.

    Prezidentlikka nomzodlarning targ‘ibot-tashviqot tadbirlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishi bilan bir qatorda virtual maydonda ham ancha faol yoritilayotganligi, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘layotganligi joriy saylovlarning o‘ziga xos yangiliklaridan biri deb hisoblash mumkin. Nomzodlarning saylovoldi uchrashuvlari, partiyalarning targ‘ibot-tashviqot tadbirlari siyosiy partiyalarning rasmiy saytlari hamda Telegram, Facebook, YouTube kabi ijtimoiy tarmoqlarda batafsil yoritilmoqda.

    O‘tgan hafta mobaynida mahalliy OAVlar va ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib borish va ularning kontentini tahlil qilish natijasida aytish mumkinki, saylov jarayonlariga bog‘liq “Milliy tiklanish” demokratik partiyasiga tegishli 2890 ta, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga tegishli 200 ga yaqin, Xalq demokratik partiyasiga tegishli 200 dan ortiq, Ekologik partiyaga tegishli 489 ta hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasiga tegishli 6500 dan ortiq turli materiallar va chiqishlar tayyorlangan va tarqatilgan.

    Shunday qilib, yuqoridagi fikrlarga xulosa qilgan holda, barcha nomzodlarning joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlari jarayonlarini kuzatish orqali aytish mumkinki, O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasi yuqori sur’atda olib borilmoqda. Saylovlar jarayonida partiyalararo bahslar qatorida nomzodlar o‘rtasida ham bahs-munozaralar, o‘zaro replikalarning namoyon bo‘layotganligi saylovoldi jarayonida haqiqiy kurash ketayotganligini bildiradi.

    Saylov jarayonining barcha ishtirokchilari, shu jumladan, siyosiy partiyalarning nomzodlari va saylovchilar o‘z huquq va majburiyatlariga munosib tarzda o‘z pozitsiyalarini namoyon etishlariga ishonamiz.

    Rustam Rashidov, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

    15.10.2021, 16:13   Izoh (0)   20621
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BMTning Afg‘oniston uchun gumanitar yordami ortilgan samolyotlaridan biri Termizga kelib qo‘ndi

    15.10.2021, 15:26

    Uchtepa hokimligi tumanda 3,7 trln so‘mga maktablar emas, “siti” qurilishi to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    15.10.2021, 14:27

    Toshkentda qoidabuzar haydovchilarni tasvirga olishda gumon qilingan shaxsni “samosud” qilganlar javobgarlikka tortildi

    15.10.2021, 14:14

    Rustam Azimov bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ketganidan keyin birinchi marta OAVda chiqish qildi

    15.10.2021, 13:18

    O‘zbekistonda ayrim shaxslarga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni beriladi

    15.10.2021, 12:32

    O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo quyoshli va iliq bo‘ladi

    15.10.2021, 11:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Millatlar Ligasi. Ronalduning goli Portugaliyani finalga olib chiqdi (video)

    Sport | 5 iyun, 07:16

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.