Kavkaz oshxonasining mashhur qovoqli pirogi takrorlanmas ta’mga ega. Albatta, tayyorlab ko‘rishni tavsiya qilamiz.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

Xamir uchun:

  • xamirturush – 20 gramm;
  • suv – 500 ml;
  • shakar – 1 osh qoshiq;
  • un – 800 gramm;
  • tuz – 2 osh qoshiq;
  • o‘simlik moyi – 3 osh qoshiq;

“Nachinka” uchun:

  • qovoq – 1200 gramm;
  • piyoz – 2 dona;
  • o‘simlik yog‘i – 3 osh qoshiq;
  • tuz – 1 osh qoshiq;
  • shakar – 1-2 osh qoshiq;
  • quritilgan timyan – 1 osh qoshiq;
  • sariyog‘ – 50 gramm.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Xamirturush iliq suvda eritiladi, shakar qo‘shib, aralashtiriladi. Aralashma iliq joyda 10-15 daqiqaga qoldiriladi.
  2. Un, tuz, xamirturushli aralashma, yog‘ va suv bir idishga solinadi. Yumshoq xamir qoriladi.
  3. Xamir usti o‘ralib, 1-2 soatga iliq joyga qo‘yiladi.
  4. Qovoq tozalanib, qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Piyoz mayda to‘g‘raladi.
  5. Piyoz qizdirilgan  o‘simlik yog‘ida 5-6 daqiqa davomida past olovda qizarguncha qovuriladi.
  6. Qovoqqa piyoz, tuz, shakar va timyan qo‘shiladi.
  7. Xamir ikki barobarga ko‘payganda teng uch qismga bo‘linadi.
  8. Har bir bo‘lak dumaloq shaklga keltirilib, yana 15 daqiqaga qoldiriladi.
  9. Pech avvaldan 220 darajaga qizdiriladi.
  10. Xamirning bir bo‘lagi dumaloq shaklda yoyiladi. Ichiga “nachinka” solib, xamir cheti yuqoriga qarata yig‘iladi va qattiq chimchilanadi.
  11. So‘ngra xamir teskarisiga ehtiyotkorlik bilan o‘griladi va pirogning markazida teshikcha hosil qilinadi.
  12. Qolgan ikki xamir ham shu tarzda tayyorlanadi.
  13. Pechga 15-20 daqiqaga qo‘yiladi, yuzasi qizargunga qadar pishiriladi. Tayyor bo‘lgach sariyog‘ surtiladi.

Yoqimli ishtaha!