Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Maydonlar hajmi 38,5 dan 475 kvadrat metrgacha o‘zgarib turadi, u yerda ofislar, restoranlar, savdo nuqtalari va shourumlar uchun ham binolar mavjud. Mazkur loyiha Janubiy Koreya tomonidan moliyalashtiriladi.

2021-yilning sentabr oyidan boshlab, KUBC (Korea Uzbekistan Business Centre) biznes markazidagi binolar sotuvi boshlandi. Bozorda yuqori darajadagi premium tijorat ko‘chmas mulk yetishmasligini hisobga olsak, A klassga mansub mazkur obyekt o‘z xususiy biznesingizga foydali sarmoya yoki daromadli investitsiyaga aylanadi.

Koreya Respublikasi tomonidan loyihani Evergreen CEA Tashkent kompaniyasi, O‘zbekiston tomondan esa BIR Capital investitsiya kompaniyasi amalga oshirmoqda.

KUBC biznes markazida ko‘chmas mulkka nima sababdan talab yuqori bo‘lishining 5 ta asosiy sababi

1. Investitsiyalarning ishonchliligi

Bugungi kunda investorlar uzoq muddatga davom etuvchi qurilishdan va developer o‘z majburiyatlarini bajarmasligidan cho‘chishadi. Shu bois ham KUBC biznes markazi loyihasi har ikkala tomondagi hamkor mamlakatlar uchun ham muhim obyektdir. Qurilish ishlari Janubiy Koreyaning Evergreen CEA Tashkent kompaniyasi tomonidan moliyalashtiriladi va Koreya Respublikasi Sanoat, savdo va energetika vazirligi huzuridagi Koreya—O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

Sherzod Kudbiyev, O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi

E’tirof etish joizki, O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar tobora rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda 900 ga yaqin koreys kompaniyalari mavjud bo‘lib, ularning 77 tasi 2020-yilda bozorga kiritilgan. 2021-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bozoriga yana 1000 dan ortiq kompaniya kelib qo‘shilishi kutilmoqda. Toshkentda koreys—o‘zbek biznes markazi qurilishi ushbu haqiqatni tasdiqlaydi. Boisi, mazkur biznes markazi ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

2. Biznes markazi xalqaro standart talablariga javob beradi

KUBC BM A klassga mansub obyektlar uchun xalqaro standartlarga javob beradi. Inshootning qurilishi vaqtida yuqori sifatli qurilish materiallaridan hamda energiyani tejovchi texnologiya vositalaridan foydalaniladi.

Panoramali derazalar shaharning ajoyib manzarasi tomonga qaragan bo‘lib, kishiga kenglik hissini bag‘ishlaydi va xonalarni yorug‘lik bilan to‘ldiradi. Yozning jazirama quyoshi noqulaylik tug‘dirmasligi uchun binoning fasad qismida quyoshdan muhofaza qiluvchi maxsus shishadan foydalaniladi.

Yuqori malakali loyihalashtirish hamda detallarning puxta o‘ylanganligi biznes markazi aholisiga vaqtni tejashda yordam beradi. Shunday qilib, liftni kutish vaqti 30 soniyadan oshmaydi va qulay kutish joylari (lobbi) hisoblangan qabulxona uzoq davom etmaydigan qisqa rasmiy va ishbilarmonlik uchrashuvlari uchun moslashtirilgandir.

3. O‘zingizga moslashtiriluvchi qulay rejalashtirish yechimlari

Biznes markazining rejalashtirish yechimlari binoni istalgan ofis va savdo nuqtalariga aylantirish imkonini beradi. Binoning umumiy maydoni ixcham, 38.5 kvadrat metrdan boshlanadi va kengligi 475 kvadrat metrgacha yetishi mumkin. Katta shtatga ega korxonalar uchun developer butun qavat hajmi (1085 kvadrat metr)ni tashkil etuvchi keng xonalarni individual narxlarda taklif etadi. Barcha qavatlar manzarasi Magic City Park, Oqtepa kanali, Next (Ice Rink), Humo Arena va Tashkent City singari zamonaviy ijtimoiy markazlar tomonga qaragan.

Birinchi qavatda turli yutuqli o‘yinlar hamda shourumlar uchun mo‘ljallangan joylar mavjud: uch tomonli ochiq kenglik ko‘cha tomondan hamda lobbidan juda yaxshi ko‘rinib turadi, yuqori darajadagi o‘tkazuvchanlik esa mijozlarning barqaror oqimini ta’minlaydi.

Biznes markazning tom qismida joylashgan restoranni poytaxt aholisini o‘ziga jalb etuvchi ajoyib maskan desa bo‘ladi. Turli gullar va o‘simliklar bilan qurshab olingan terrasalar va stollar, shuningdek, ajoyib oshxona va poytaxt tomonga qaragan maftunkor manzaraning chiroyli panoramasi KUBC restoranini sevimli hordiq chiqarish va ishbilarmonlik uchrashuv joylariga aylantiradi.

4. Maxsus ehtiyojga ega kishilar uchun infratuzilma

KUBC biznes markazi barcha mehmonlar, shuningdek, ishchi xodimlarning talab va ehtiyojlarini hisobga oladi. Egiluvchan burchakli panduslar va 2, 3 metr kenglikdagi yo‘laklar bino atrofida nogironlar aravachasida ham erkin harakatlanishda qiyinchilik tug‘dirmaydi. Har bir qavatda imkoniyati cheklangan odamlar uchun hammom, alohida ehtiyoji yuqori kishilar uchun avtomashinalar to‘xtash joylarida alohida maxsus joylar mavjud.

5. Investitsiyalar rentabelligi

BIR Capital tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, investitsiyalarni qaytarishning prognoz ko‘rsatkichi (ROI) 18 foizga yetadi, bu esa O‘zbekiston banklaridagi valyuta omonatlari bo‘yicha joriy stavkadan ancha yuqori (o‘rtacha = 4 foiz). Mazkur loyiha uchun investitsiyalarning minimal qaytarilish muddati — 5,5 yil.

Bunda poytaxtdagi A klassga mansub ko‘chmas mulk O‘zbekistonda tobora soni jihatdan ortib borayotgan yirik biznes korxonalar, xalqaro tashkilotlar va vakolatxonalar tomonidan yuqori talabga ega bo‘ladi. Turar joy ko‘chmas mulk bozoridan farqli o‘laroq, tijorat binolarini ijaraga berish shartnomalari uzoq muddatga tuziladi va egasiga barqaror daromad keltiradi.

KUBC biznes markazining rejalashtirish yechimlariga qarang, shu bilan birga lakonik dizayn va qulay joylashuvini munosib baholang. Hozirda biznesingiz uchun foydali takliflardagi binolarning turli xil ko‘rinishlari mavjud.

Joylashuv

Mo‘ljal: Next savdo ko‘ngilochar markazi, Magic City xiyoboni

Sayt: kubc.uz

Facebook: facebook.com/koruzbc

Instagram: www.instagram.com/koruzbc

Telefon: +99855 500 88 11

Ma’lumot uchun

Evergreen Cea Tashkent — bosh qarorgohi Inchxonda (Koreya Respublikasi) joylashgan Evergreen Motors Group xalqaro korporatsiyasining O‘zbekistondagi tarkibiy bo‘linmasi. Ushbu kompaniya Markaziy Osiyodagi Kia Motors va Hyundai kompaniyalarining rasmiy distribyutori, shuningdek, ko‘chmas mulk bilan shug‘ullanib, biznes konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.

BIR Capital — tijorat ko‘chmas mulk sohasiga ixtisoslashgan investitsiya kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya xususiy kapitalni jalb qilish, uning vakolatli boshqaruvi va investorlarining daromadlarini oshirish bilan shug‘ullanadi.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda aholining qaysi qatlamiga ko‘proq kredit ajratilayotgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Masjidun Nabaviyda ikki rakat namoz o‘qidi (video)
Madaniyat
“Sharoitni ko‘rib yig‘laysiz”. Vazirlar borolmaydigan ijodkorlarning ijara yotoqxonasiga sayohat (foto va video)