• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xabar biznesini yaratgan va maxsus xizmatlardan ham ko‘proq ma’lumotga ega Reuters. Axborot sohasi gigantining rivojlanish yo‘li

    Reuters yangiliklar agentligi 1851-yil 14-oktabrdan beri faoliyat yuritib kelayotgan eng mashhur axborot saytlaridan biridir. Agentlik ma’lumotlar kontentini tarqatish bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi. Quyida dunyo bo‘ylab o‘n to‘rt mingdan ortiq xodimiga ega axborot gigantining rivojlanish yo‘li haqida so‘z yuritamiz.

    Pol Yuliy Reyter va Reuters

    Reuters axborot agentligiga asli nemis bo‘lgan Pol Yuliy Reyter tomonidan 1851-yilda asos solinadi. Pol Yuliy Reyter bundan avval ham axborot sohasida ishlagan bo‘lib, yangiliklarni tashish uchun u kabutar va telegrafdan foydalangan. 1848-yil Yevropada boshlangan “Xalqlar bahori” inqilobi sabab u Belgiyadan Fransiyaga ko‘chib o‘tadi. Oradan uch yil o‘tgach Pol Angliyaga keladi va Londondagi Qirollik birjasi binosida o‘z ofisini ochadi. Telegraf xabarlarini yuborish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan Pol dastlab telegraf orqali aksiyalar narxi to‘g‘risidagi ma’lumotlar uzatish bilan shug‘ullana boshlaydi. Reuters asosan moliyaviy yangiliklarga ixtisoslashgan saytga aylanadi. Angliya va Fransiya o‘rtasidagi yangiliklar oqimini tezlashtirish maqsadida Parij va London o‘rtasida dengiz ostidan telegraf liniyasi yotqiziladi. Keyinchalik butun Yevropa bo‘ylab agentlik filiallari ochiladi.

    Pol Yuliy Reyter

    Pol Yuliy Reyter
    Foto: Wikipedia

    Pol Reyterning xizmatlari juda oddiy edi — bir joydan olingan ma’lumotni boshqasiga sotish. 1858-yilda Morning Advertiser gazetasi Reuters’ning birinchi axborot xaridoriga aylanadi. Boshqa ommaviy axborot vositalari ham Reuters xizmatlaridan foydalana boshlagach agentlik yangiliklar mavzusini ko‘paytiradi. Gazetalar Reuters’dan nafaqat moliyaviy, balki tezkor yangiliklar uchun ham foydalana boshlaydi. Misol uchun, 1865-yilda AQSh prezidenti Avraam Linkoln o‘ldirilgani haqidagi xabar Reuters’ga boshqa raqobatchilaridan bir necha soat oldin birinchi bo‘lib yetib keladi. Hozirgi kunda ham deyarli barcha yirik yangilik nashrlari Reuters pochta jo‘natmalariga obuna bo‘lgan.

    1923-yil Reuters xalqaro miqyosda radio yangiliklarni uzatishni boshlaydi, bu o‘sha davr uchun juda katta yangilik edi.

    Qayta tashkil etish

    XX asr boshlarida Reuters’ni Buyuk Britaniya mahalliy matbuot vakillaridan bo‘lmish Matbuot Assotsiatsiyasi sotib oladi. Asta-sekin Reuters gazeta, boshqa axborot agentliklari, radio va televideniyaga yangilik hamda fotolar yetkazib beradigan dunyodagi eng yirik axborot agentliklaridan biriga aylanadi. Agentlik Morze alifbosidan foydalanib, qimmatli qog‘ozlar va valyuta kurslarini uzatuvchi maxsus tizimni ishga tushiradi. To‘g‘ridan to‘g‘ri yoki milliy axborot agentliklari orqali u dunyoning deyarli barcha yetakchi gazetalari va minglab kichikroq gazetalariga yetib boradi.

    Birinchi va Ikkinchi jahon urushi davrida Reuters’ga inglizlarga yordam berish hukumat tarafidan uchun bosim uyushtiriladi. Bunga javoban Reuters Avstraliya va Yangi Zelandiya matbuot uyushmalariga sotib yuboriladi hamda o‘zini xususiy kompaniya sifatida qayta tashkil etadi.

    1960 va 1970-yillarda Reuters moliyaviy ma’lumotlarni xalqaro miqyosda efirga uzatuvchi The Stockmaster hamda qimmatli qog‘ozlar, tovarlar va valyutalar haqidagi yangiliklarni yoritib boruvchi Reuter Monitor’ni ishlab chiqadi. Keyinchalik esa agentlik o‘z tarmog‘i orqali elektron tranzaksiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi va elektron savdo hamda brokerlik xizmatlarining keng tanlovini yaratadi. Shuningdek, Reuters kompyuterlar orqali moliyaviy ma’lumotlarni okean orqali uzatgan birinchi axborot agentliklaridan biriga aylanadi.

    Londondagi Reuters ofisi. 1960-yil

    Londondagi Reuters ofisi. 1960-yil
    Foto: Reuters

    Reuters XX asrda

    Reuters 1984-yilda AQShdagi NASDAQ va London fond birjalarida ochiq kompaniya sifatida ro‘yxatga olinadi. Biroq kompaniyaning nazorati keyinchalik yagona aksiyador qo‘liga o‘tadigan bo‘lsa, kompaniyaning obyektiv xabar berish an’anasi buzilishi mumkin degan xavotirlar paydo bo‘ladi. Bu holatga qarshi turish uchun kompaniya aksiyalarni sotish paytida hech kimga kompaniya aksiyalarining 15 foizidan ko‘prog‘iga egalik qilish huquqini bermaslik to‘g‘risidagi qoidani kiritadi. Agarda aksiyador kompaniyaning 15 foizdan ko‘proq aksiyasiga egalik qilishni boshlasa boshqa aksiyadorlar va direktorlar undan aksiyalarini 15 foizdan tushirishni talab qilishi mumkin bo‘ladi. Bu qoida 1980-yillar oxirida qo‘llanilgan bo‘lib, o‘shanda amerikalik magnat Rupert Myordok o‘z ulushidan tashqari Reuters aksiyadori bo‘lgan Avstraliya matbuot vakilini ham sotib oladi. Lekin boshqa hissadorlarning talabidan so‘ng u aksiyasini kamaytirishga majbur bo‘ladi. Agentlik o‘z faoliyati davomida doimo xolislik va aniqlikni ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratadi.

    1985-yildan beri Reuters boshqa yangiliklar agentliklari va foydalanuvchilarga ijtimoiy-siyosiy yangiliklar, sport va ko‘ngilochar fotosuratlarini sotadigan xizmatini ham yuritib keladi. Raqamli kameralar va internet kabi yangi texnologiyalardan foydalanish Reuters agentligining rivojlanishini tezlashtirdi, chunki endi butun dunyo bo‘ylab katta, yuqori sifatli tasvirlarni soniyalarda uzatish mumkin edi.

    Thomson Reuters

    O‘ttiz yillik muntazam o‘sishdan so‘ng, Reuters 2000-yillar boshlarida og‘ir vaziyatga tushib qoladi. Agentlik birgina 2002-yilda 394 million funt zarar ko‘radi va daromadi 8 foizga pasayadi. Tanazzulni bartaraf etish uchun Reuters kompaniya rahbariyatini o‘zgartiradi va uch ming ish joyini qisqartiradi.

    Foto: Reuters

    2008-yili Kanada elektron nashriyoti Thomson Corporation va Reuters Group PLC birlashib, Thomson Reuters’ni tuzadi. Biroq agentlik Reuters nomidan foydalanishni davom ettiradi. Yangi kompaniya London va NASDAQ fond birjalaridan chiqib ketib, Toronto va Nyu-York fond birjalariga qo‘shiladi. 2021-aprel oyida boshqa raqobatchilardan so‘ng Reuters ham o‘z veb-saytining pullik obunasini yaratdi.

    An’anaviy axborot agentligi biznesini saqlab qolish bilan bir qatorda Thomson Reuters hozirda butun dunyodagi korxona, hukumat va shaxslar uchun moliyaviy hamda tarixiy ma’lumotlarning asosiy provayderidir. Agentlik to‘qson to‘rtta mamlakatning ikki yuzta shahrida faoliyat olib boradi va 19 ta tilda yangiliklar yetkazib beradi. Garchi Reuters har qanday mavzudagi yangiliklar yetkazib berish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarda tursa-da, agentlikning asosiy xaridorlarini tijorat banklar tashkil qiladi, chunki Reuters barcha birja va valyuta bozorlari haqida eng tezkor axborot beruvchi saytlardan (Bloomberg va Dow Jones bilab birgalikda) biri hisoblanadi.

    Kompaniyaning bosh ofisi dastlab Londondagi One Canada Square minorasi yaqinida joylashgan bo‘lib, keyinchalik ushbu ofis oldidagi maydon Reuters Plaza deb nomlanadi. Hozirgi kunda esa Thomson Reuters’ning bosh shtab-kvartirasi Kanadaning Toronto shahrida joylashgan.

    Reuters oilasining so‘nggi a’zosi Margarita baronessa de Reyter 2009-yili 96 yoshida vafot etadi.

    Reuters'ning Londondagi bosh ofisi

    Reuters'ning Londondagi bosh ofisi
    Foto: Wikipedia

    Hayot evaziga olinuvchi axborotlar

    Reuters dunyodagi boshqa yirik axborot gigantlari singari turli davlatlarda o‘z muxbir va jurnalistlariga ega. Agentlik o‘z xabarlarining tezkorligi va o‘zgachaligiga e’tibor qaratarkan, jurnalistlarini dunyoning turli qaynoq nuqtalariga yuboradi. 1993-yildan 2021-yilga qadar Somali, Iroq, Checheniston, G‘azo sektori, Tailand, Suriya va Afg‘onistondagi voqealarni yoritish davomida Reuters’ning o‘ndan ortiq jurnalistlari halok bo‘ladi. Ba’zilari hukumat yoki jangarilar qo‘lida bir necha yil tutqunlikda saqlanadi.

    Masalan, Myanmadagi Rohinjalar qirg‘inini haqida surishtiruv olib borayotgan Reuters’ning ikki jurnalisti hukumat sirlarini olganlikda ayblanib, qamoqqa olinadi. Bu harakat xalqaro tashkilotlar tomonidan matbuot erkinligiga qilingan hujum sifatida qoralanadi. Besh yuz o‘n bir kunlik qamoqdan so‘ng jurnalistlar Va Lon va Kya Su Oo ozod qilinadi hamda xalqaro reportajlar uchun Pulitser mukofoti bilan taqdirlanadi.

    Muhammadqodir Sobirov tayyorladi

    14.10.2021, 20:26   Izoh (0)   25143
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Maosh 1000 dollar: o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 21 iyun, 10:10

    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

    Reklama | 21 iyun, 09:00

    Donald Trampning nabirasi qahvaxonada ishlamoqda

    Layfstayl | 21 iyun, 09:55

    Isroil mingta ko‘chma boshpana qurish rejasini ma’qulladi

    Dunyo | 21 iyun, 09:50

    Toshkentda fuqaro harakatlanayotgan mashina oynasidan mushukni uloqtirdi (video)

    O‘zbekiston | 21 iyun, 09:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” kutilmaganda Braziliya klubiga mag‘lub bo‘ldi, “Bavariya” qiyinchilik bilan “Boka Xuniors”ni mag‘lub etdi

    Sport | 21 iyun, 09:20

    Pokiston Trampni Tinchlik Nobel mukofotiga nomzod etib ko‘rsatdi

    Dunyo | 21 iyun, 09:10

    Xyu Jekman muxlislardan qochib notanish kishining mashinasiga o‘tirib oldi

    Layfstayl | 21 iyun, 09:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.